A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   189
АУдит дарслик

Asosiy vazifalari 
- O’zbekiston Respublikasida buxgalter va auditor kasbining rivojlanishi va 
ularning malakasini Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi(IFAC)ning a’zoligi 
mezonlariga javob beradigan xalqaro standartlarga yaqinlashtirish; 
- O’zbekistonda bozor islohotlarini o’tkazishda faol qatnashish; 
- buxgalteriya hisobi va audit sohasida me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda 
qatnashish va ularni takomillashtirish uchun takliflar taqdim etish; 
- Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi(IFAC) talablariga muvofiq sertifikat 
olish uchun malaka imtihonlarini o’tkazish, buxgalter va auditorlarga qo’yilgan 
malakaviy talablarni ishlab chiqish; 


54 
- Sertifikatlangan buxgalter va auditorlar Ahloq Kodeksiga rioya qilinishi 
ustidan nazorat; 
- Buxgalteriya hisobi va auditni rivojlantirish maqsadida hududiy, respublika 
va xalqaro simpozium, konferentsiya va seminarlar tashkil etish; 
- Buxgalter va auditorlarga professional huquqlarini himoya qilish 
maqsadida uslubiy, maslahat va axborot yordamini ko’rsatishga ko’maklashish; 
- Xalqaro maqomga ega bo’lish maqsadida buxgalter va auditorlarning 
xalqaro professional tashkilotlari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish. 
 
Nazorat uchun savollar: 
1.
O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tashkil etishning 
me’yoriy tizimi va uning elementlari xakida nimalar bilasiz? 
2.
O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi 
Qonunning mohiyati va uning ahamiyati qanday?
3.
O’zbekiston buxgalterlar va auditorlarining milliy assotsiatsiyasi 
(O’BAMA) va uning faoliyat yo’nalishlari to’g’risida nimalar bilasiz? 
4.
O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP) va uning faoliyati to’g’risida 
nimalar bilasiz? 
5.
Qaysi xalqaro auditorlik tashkilotlarini bilasiz? 
6.
Auditorlik tashkilotining huquqlari nimalardan iborat? 
7.
Auditorlik tashkilotining majburiyatlari nimalardan iborat? 
8.
Auditorlik tashkilotining javobgarligi nimalardan iborat? 


55 
3-BOB. PROFESSIONAL AUDIT STANDARTLARI 
3.1.Auditning professional standartlari 
Amerika Qo'shma Shtatlarida auditorlar Amerika institutining diplomli 
buxgalterlar jamiyati (AICPA), Aktsiyadorlik jamiyatlarida Buxgalteriya nazorat 
kengashi (PCAOB) va Xalqaro auditorlik va professional standartlar kengashi 
(IAASB) tomonidan chiqarilgan standartlar asosida faoliyat yuritadilar. Bu turli 
tashkilotlar tomonidan chop etilgan auditorlik standartlari umumiy maqsadga 
qaratilgan bo’lib, auditni sifatli tarzda amalga oshirishga xizmat qiladi. Auditorlik 
standartlari asosida auditorlar moliyaviy hisobot bo`yicha auditorlik xulosasini 
tuzish va taqdim etishda dastur sifatida foydalanib hamda kompleks audit doirasida 
mijozning moliyaviy hisobotlari bo`yicha ichki nazoratini baholaydi.
Audiorlik standartlari nafaqat kompaniylarning audit tekshriuvlarida, balki 
(barchasida) tashkiliy huquqiy tuzilishi, mulkchilik shaklidan qat`iy nazar barcha 
sub`ektlarga ham qo`llaniladi. Misol uchun, AQSH AJlari Qimmatli qog'ozlar va 
birja komissiyasi (SEC) tartibiga bo'ysunadi va PCAOB auditorlik standartlariga 
muvofiq audit amalga oshiriladi AJlari bo’lmagan tashkilotlar AICPA tomonidan 
tashkil etilgan umumiy qabul qilingan audit standartlari asosida audit o’tkazilishi 
lozim. Bundan tashqari, yuridik manzil bo`yicha eng muhimi qaysiki ochiq 
aktsiyadorlik jamiyatlarida (mavjud bo'lsa) audit qilinganda auditor PCAOB yoki 
AICPA yoki IAASB tomonidan ishlab chiqilgan standartlar asosida olib borishini 
aniqlashtirib olishi shart.
2004 yilda AICPAning Auditorlik standartlar kengashi (ASB) standartlar 
tushunarli bo'lishi uchun qayta loyihani boshladi. AICPAning standartlarni 
yangilash loyihasi, standartlarni o'qishni engillashtirish, tushunish va qo'llash 
uchun mo'ljallangan. Loyiha doirasida, ASB Auditning Xalqaro Standartlari (ISAs) 
bilan bir vaqtda ishladi. ASB uning standartlarini bir joyga jamlagan holda 
tushunarli formatda tayyorladi. Har bir standart bo`yicha quyidagi bo'limlar taqdim 
etiladi: 


56 
● Standartning 
kirish
izohi maqsadi va ko'lamini tushuntiradi. 
● Mavzuga doir talablardan 
maqsad
belgilanadi. 
● Standartlardagi aloqador o’ziga hos ma’noli jumlalarning 
ta'riflari
● Auditorning standartining maqsadiga yetishi uchun 
talablarni 
aniqlasitirish. Talablar "auditor qilishi kerak" yoki “auditor bajarishi shart” 
so’zlaridan foydalangan holda ifoda etiladi. 
● 
Ilova va boshqa izoh materiali
, standart talablarini qo'llash uchun 
talablarga mos manbalar va kelgusidagi yo'l-yo'riqni o'z ichiga oladi.
ASB 2012 yilda uning eng mukammal standartlari bo`yicha Auditorlik 
yagona Hisobotini (SAS sonli 122) nashr qildi. Bu mukammal standartlar 2012 yil 
15 dekabrdan keyingi davrlaridagi moliyaviy hisobotlarga tadbiq etildi.
IAASBning maqsadi professional xizmatlar va boshqa shunga aloqador 
standartlar asosida, xalqaro va mahalliy audit va professional standartlarni 
birlashtirish orqali yuqori sifatli auditorlik xizmatini ko’rsatish, shu tariqa butun 
dunyo bo'ylab amalda audit sifatini mustahkamlash va kuchaytirish va shu orqali 
global auditorlik va professionallik kasbini ishonchini mustahkamlashdir. 
IAASB standartlari tushunarli, aniq va izchil bo'lishi kerakligini talab etadi. 
Shunga ko'ra, 2004 yilda, IAASB uning xalqaro standartlar aniqligini oshirish 
uchun dastur boshladi. IAASBning standartlarni yangilash loyihasi 2009 yilda 
tugallandi, va 2013 yilning, IAASBning aniqlanishi standartlari 36 xalqaro 
standartlar va Sifat Nazorati Xalqaro Standarti 1 to’plamidan tashkil topdi. Xalqaro 
standartlar quyidagi alohida bo'limlarda keltirilgan axborotni o'z ichiga oladi, bu 
esa AICPA ning standartlari formatiga juda o'xshaydi: 

Kirish
auditorlar majburiyatlaridan va boshqalardan tashqari maqsadi, 
ko'lami va Xalqaro standartlar mavzusi matnlari haqida ma'lumotlarni o'z ichiga 
oladi. 

Maqsad 
- auditorning maqsadli aniq bayonini o'z ichiga oladi. 

Amaldagi jumlalar 
ta`riflari 
kiritilgan. 


57 

Har bir maqsad uchun 
talablar
taqdim etilgan. Talablar "auditor 
bajarishi kerak" so’zlaridan foydalangan holda ifoda etiladi . 

Ilova va boshqa izoh materiali
, standart talablarini qo'llash uchun 
talablarga mos manbalar va kelgusidagi yo'l-yo'riqni o'z ichiga oladi.
PCAOB 2002 yildan vujudga kelgan, u AQSH aktsiyadorlik kompaniyalari 
amal qiladigan auditorlik standartlarini chop etadi. 2013 yilda , PCAOB o'n oltita 
audit standartlarini chop etdi. Bundan tashqari, PCAOB 2003 yil 16 aprelda 
AICPA o’rniga standartlar chiqardi (PCAOB muvaqqat standartlar deb ataladi). 
Shunday qilib, PCAOB aktsiyadorlik kompaniyalari uchun PCAOB standartini 
AICPA standarltari o’rniga talab qildi. 2003 yil 16 apreldan so'ng AICPA 
tomonidan chiqarilgan standartlar, PCAOBning muvaqqat standartlari qismi emas. 
Audit standartlari orasida katta o`xshashlik mavjud. Barcha standartlarda 
audit ishini rejalashtirish va qay tariqa amalga oshirish va natijalari qanday bo'lishi 
kerak kabi yagona tamoyillar mavjud. Auditorlik standartlarini umumiy solishtirish 
ko'rsatilgan.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin