61
hisobotlarni ustidan ichki nazorat integratsiyasini amalga oshirish mumkin.
Kompleks audit AQShda yirik aktsiyadorlik kompaniyalari uchun talab qilinib,
uning asosiy tamoyillari har qanday moliyaviy hisobotlar auditi uchun amal qiladi.
"Kompleks auditning ijobiy tomoni” amaliy auditda ko'rsatilishicha, moliyaviy
hisobot auditi va ichki nazorat integratsiyasi auditda samaradorlikka olib keladi.
Audit xulosasini shakllantirish jarayoni asosan moliyaviy hisobot auditi va
kompleks audit uchun bir xil bo'ladi. Biroq, kompleks auditda auditor moliyaviy
hisobot ustidan ichki nazorat tizimining samaradorligi fikrini beradi va moliyaviy
hisobotlar bo`yicha xulosa berishda qo'shimcha audit ishini amalga oshiradi.
Xususan, mijozning balans sanasidagi ichki nazorat tizimida jiddiy xatolik mavjud
bo’lganda auditorning amalga oshiradigan ishi ortadi.
Audit xulosasini shakllantirish jarayonining muhim
jihati mijozning ichki
nazorat tizimi va moliyaviy hisobotlar bilan bog'liq majburiyatlari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: