121
zahiralari va boshqa aktivlar hamda o’z va qarz mablag’larini yoppasiga tekshiruv
o’tkazmasligi bois xulosaning ishonchliligi yuzasidan risk yuzaga keladi. Bu riskni
aniqlash va baholash, uning kritik va maqbul chegarasini aniqlash auditorlar
oldidagi asosiy muammo hisoblanadi.
Auditorlik riskini baholash muammosi ko’p qirralidir. Risk-bu qarorlarni
qabul qilish natijasida belgilangan maqsadga qisman yoki to’liq erisha olmaslik
ehtimolidir. Ya’ni risk belgilangan maqsadga erishish uchun qabul qilingan
qarorlar samaradorligini baholovchi ko’rsatkichdir. Ushbu mulohazadagi ta’kidni
auditorlik faoliyatiga qo’llasak, risk ko’rsatkichi auditorlik xulosasi turi bo’yicha
noto’g’ri qaror qabul qilish xavfidir.
Xorij olimlaridan U.Messier Auditorlik riski – moliyaviy hisobotda muhim
buzib ko’rsatishlar mavjud bo’lgan holda auditor tomonidan ungga muvofiq
bo’lmagan auditorlik xulosasini taqdim etishdir deb ta’rif bergan.
E.Arens va J.Lobbeklar esa auditorlik riski –moliyaviy hisobotda haqiqatda
muhim buzib ko’rsatishlar mavjud bo’lganda, moliyaviy hisobot to’g’ri va ob’ektiv
tuzilganligi to’g’risidagi auditorning ijobiy fikri(xulosasi) deb e’tirof etishgan.
Auditorlik riskini aniqlash va baholash “Muhim buzib ko’rsatishlar risklarini
tadbirkorlik sub’ektini va uning muhitini bilish asosida aniqlash va baholash”
nomli 315-sonli, “Baholangan risklarga javoban auditorning harakatlari” nomli
330-sonli auditning xalqaro standartlarida ko’rib chiqilgan, bizning mamlaktimiz
auditorlik faoliyatida esa “Muhimlik va auditorlik riski” deb nomlangan 9-sonli
standartdagina ko’rib chiqilgan
.
Auditorlik tekshiruvida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan risklarni quyida
keltirilgan jadvalda ko’rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: