A. K. Xusanov


  Mashg’ulot haqida ma’lumot



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

 


21 
Mashg’ulot haqida ma’lumot. 
Yashil yevglena chiriyotgan o’simlik 
qoldiqlariga boy bo’lgan ko’lmaklarda, iflos suvlarda yashaydi. Tanasi duksimon, 
keyingi uchi o’tkirlashgan bo’ladi. Sitoplazmasi ektoplazma va endoplazmadan 
iborat. Uning usti yupqa qavat pellikula bilan qoplangan. Tanasining oldingi 
uchida bitta xivchini bor bo’lib, u harakatlanish organidir. Uning asosida esa 
harakatlarni boshqaruvchi bazal tanacha joylashgan. Unga yaqin joyda yorug’likni 
sezadigan qizil dog’simon «ko’zcha» stigma joylashgan.
Evglena sitoplazmasidagi vakuolalarining atrofida bir nechta qisqaruvchi 
vakuolalari bo’lib, vakuola qisqargan paytida suv va qoldiq moddalar tashqi muhit 
bilan tutashgan rezervuariga o’tadi va tashqariga chiqariladi. Bu bir hujayrali 
organizmning tanasida xromotoforlari bor. Shu tufayli ular fotosintez yo’li bilan 
oziqlanadi. Evglena autotrof organizmdir. Biroq u qorong’u joyda saqlansa, 
rangsizlanib pellikulasi bilan suvda yurgan moddalarni shimib, saprofit 
ovqatlanishga o’tadi, bunday ovqatlanish miksotrof ovqatlanish deb ataladi. 
Sitoplazmasida bitta yadro bo’lib, u tananing keyingi uchida joylashgan. U 
bo’linish yo’li bilan ko’payadi. 
Evglenasimonlardan tashqari hayvonsimon xivchinlilar bo’lib, ularning 
ko’pchiligi dengiz suvlarida chuchuk suv havzalarida uchraydi. Ko’pchilik turlari 
odam, hayvonlar va o’simlik to’qimalarida parazitlik qiladi. Kinetoplastidlar 
turkumi vakillari – leyshmaniya, trixomonas, triponozoma shular jumlasidandir. 
Bu turkumga oid hayvonlarda xivchinlar bilan bog’langan maxsus organi - 
kinetoplastlari bo’ladi. 
Volvoks chiriyotgan o’simlik bor bo’lgan suv havzalari, ba’zida sholi 
poyalarida uchraydi. Uning shar shaklidagi tanasining kattaligi 2 mm gacha 
bo’ladi. Yirik koloniya 2 mingga yaqin individni o’ziga birlashtirishi mumkin. U 
koloniyalar tarkibidagi individlarning har biri ikkitadan xivchinga, yadroga, 
xromotoforga, qisqaruvchi vakuolalar va stigmaga egadir. Shuning uchun ham 
koloniya tarkibidagi har bir individni alohida bitta organizm deb qarashimiz 
mumkin. Biroq, bularning ko’pchiligi bo’linish xususiyatiga ega bo’lmaganliklari 
tufayli somatik hujayralar deb ataladi. Ko’payish xususiyatiga egalarining soni 
atigi 4-10 tagina bo’lishi mumkin. Bular «ko’payuvchi vegetativ hujayralar» - 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin