Suyakchalar sistemasi richag kabi ishlab, odamda ichki quloq tom onidan
kauchdan 1,3 m arta yutuq beradi sxema-tik tasviri 8.11-
rasmda berilgan, shu
sababli quyidagicha yozish mumkin:
h l h - h l h
(
8
-
11
)
(8.9)ni (8.10)ga bo‘lib, uni (8.11) bilan tenglashtirib, quyidagini hosil qilamiz:
F\ _ P \S
I _
h
h
P2S 2
h
bundan
P2
_ *Vi -2 0-1,3 = 26
P\
yoki logarifmik birliklarda (1.1- §ga qarang)
LdB
= 20 lg(/?2 /
P2
) = 20 lg 26 = 20-1,415 = 28
dB .
O lrta quloq tashqi tovushning bosimini ichki quloqqa shunday darajad a
oshirib uzatar ekan.
O i ’ta quloqning vazifalaridan biri tovush intensivligi katta bo‘lganda
uzatilayotgan tebranishlarni kuchsizlantirishdir. Bu esa o‘rta quloq suyakchasi
m uskullarinnig reflektorli b o ‘shashi tufayli amagla oshiriladi. 0 ‘rta quloq
atm osfera bilan eshitish (yevstaxiyev) nayi orqali birlashtiriladi.
Tashqi va o ‘rta quloq tovush o‘tkazuvchi sistemalarga kiradi. Ichki quloq
tovush qabul qiluvchi sistema hisoblanadi.
Ichki quloqning asosiy qismi spiral shaklida buralgan chig‘anoq b o ‘lib,
mexanik tebranishlarni elektr signallariga aylantirib beradi. Ichki qu loq qa
chig‘anoqdan tashqari eshituv funksiyasiga taalluqli bo‘lmagan vestibular apparat
kiradi (6.4-§ ga qarang).
O dam chig‘an o g ‘i
suyak m odd asid an iborat, uzunligi 35 mm k onu s
shaklidagi spiral b o ‘lib, 23/4 o‘ram ga ega, asosining diametri 9 mm, balandigi
taxm inan 5 mm.
Chig‘anoq qurishga qulay b o isin uchun ochiq holda sxematik ko ‘rinishda
8.8- rasmda ko‘rsatilgan. Chig‘anoq bo ‘ylab uchta kanal o‘tadi.
Ularning oval
teshikcha 8 dan boshlanadigan vestibular zina deyiladi. Ikkinchi kanal aylana
teshik 9 dan boshlanib, u nog‘ora zinasi 10 deyiladi. Vestibular va nog'ora zinalari
juda kichik teshikchali gelekotremlar 11 yordamida chig‘anoq gumbazi sohasida
birlashtirilgan. Shunday qilib, bu ikki kanal biror ko‘rinishdagi perelimfa bilan
toldirilgan yagona sistemani tashkil yetadi. Uzangicha 6 ning tebranishlari oval
teshikcha 7 ning m em branasiga, un dan perelimfaga uzatiladi va aylana teshik
membranasi 9 ni oldinga tortib chiqaradi. Vestibular va nog‘ora zinalari orasidagi
12 fazoga chig‘anoq kanali deyiladi. U endolimfa bilan toldirilgan. Chig‘anoq
kanali bilan n og‘o ra zinasi orqasidan chig‘anoq b o‘ylab asosiy (bazilyar)
m em brana 13 o ‘tadi. T a ’sirni qab ul qiluvchi hujayralar eshitish retseptorlari
bo'lgan, kortiyev organi mavjud bo‘lib, chig‘anoqdan yana eshitish nervi ham
o ‘tadi (8.9- rasmda bular ko‘rsatilmagan).
Kortiyev a ’zosi (spiral a ’zo) mexanik tebranishlarni elektr signallariga
aylantirib beruvchi organning o‘zidir.
Asosiy mem brana uzunligi taxm inan 32 mm bo'lib,
oval teshikchadan
chig‘anoq tepasiga yo'nalish bo'ylab kengayadi va torayib boradi (0,1 mm dan
0,5 mm gacha). Asosiy membrana fizika uchun juda qiziqarli struktura bo'lib, u
chastota tanlash xossalariga ega. Bunga Gelmgolts o'z diqqatini qaratib, u
asosiy
membranani pianinoning sozlangan torlari qatoriga o'xshash tasawur qildi. Nobel
mukofo ti laureati Bekeshi bunday rezonans nazariyasining noto'g'ri ekanligini
ko'rsatdi. Bekeshi o'z ishlarida asosiy m em brana mexanik uyg'onishlarni
uzatuvchi bir jinsli bo'lmagan uzatish liniyasi ekanini isbotladi. Asosiy membranaga
akustik ta ’sir ko'rsatilsa, to'lqin tarqala boshlaydi. Bu to'lqinlar chastotasiga
qarab turlicha so'na boshlaydi. C hastota qancha kichik bo'lsa, uning so'na
boshlashidan oldin membrana bo'ylab oval teshikdan shuncha uzoq masofaga
to'lqin tarqaladi. Masalan, chastotasi 300 Gs bo'lgan to'lqin so'na boshlagunga
qadar oval teshikchadan taxminan 25 mm masofaga tarq aladi, chastotasi 100
Gs bo'lgan to'lqin o'zining maksimumiga 30 mm ga yaqin oraliqda erishadi.
O'tkazilgan bunday kuzatishlar asosida yaratilgan nazariyaga muvofiq qabul
qilinadigan tonlar yuksakligi asosiy m em brana tebranishlari m aksim umining
vaziyati bilan aniqlanadi. Shunday qilib, ichki quloqda aniq bir funksional zanjir
mavjudligi kuzatiladi, oval teshik membranasining tebranishi — perilim faning
tebranishi— asosiy membrananing murakkab tebranishlari— sochsimon tolalar
hujaryasini qitiqlash (kortiy organi retseptorlari) — elektr signalini generatsiya
qilish.
Tovush eshitmaslikning (karlikning) ayrim shakllariga chig'anoq retseptor
apparatining jarohatlanishi sabab bo'ladi. Bunday hollarda chig'anoq mexanik
tebranishlar ta ’sirida elektr signallarini generatsiyalamaydi. Bunday karlarga
yordam berish mumkin. Buning uchun chig‘anoqqa elektrodlar kiritiladi va ularga
elektr signallari beriladiki, bu signallar mexanik ta’sirlar tufayli hosil bo‘ladigan
stimulga mos bo'lsin.
Chig‘anoq asosiy funksiyasi protezlash (almashtirish). Koxlear protezlash
bir necha mamlakatlarda ishlatilib ko‘rilmoqda.
Koxlear protezlash usuli 2- Moskva meditsina institutida ishlab chiqilib, amalga
oshirilgan. Koxlear protezlash 8.12- rasmda ko'rsatilgan, bu yerda 1 — asosiy
korpus, 2 — quloq orqasiga qo‘ygich mikrofoni bilan, 3— implantatsiyalanuvchi
elektrod bilan ulovchi vilkadan iborat.
8.6-§. ULTRATOVUSH VA UNING TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI
Chastotalari 20 kGs dan ortiq bo‘lgan tebranishlar va to‘lqinlarga ultratovush
(UT) deyiladi.
Ultratovush chastotalarining yuqori chegarasini taxminan 10 9-1 0 10 Gs deb
hisoblash mumkin. Bu chegara molekulalar orasidagi masofa orqali belgilangani
sababli ultratovush tarqalayotgan moddaning agregat holatiga bog‘liq boladi.
Ultratovushni generatsiyalashda nurlantirgichlar deb ataladigan qurilmalardan
foydalaniladi. Teskari pyezoelektrik effektga asoslanib ishlaydigan elektromexanik
nurlantirgichlar juda keng tarqalgan (14.7- §ga qarang). T eskari pyezoeffekt —
jism larning elektr m aydon ta ’sirida mexanik deform atsiyalanishidir. Bunday
nurlantirgichning asosiy qismiga (8.13-
Dostları ilə paylaş: