Modellashtirishning mohiyati - obyektni boshqa soddaroq obyekt (model) bilan almashtirib, modelni xususiyatini tadqiq qilish orqali original obyektni o‘rganishdan iborat.
Real obyekt va uning matematik modelining muvofiqligi - obyekt va uning matematik modeli dinamikalari sifat va miqdor jihatdan o‘xshashligi.
Avjoluvchi rejimlar - vaqtning chekli qiymatida qandaydir miqdor cheksizlikka aylanuvchi jarayonlar.
Konseptual model- bu modellashtiruvchi tizimning tuzilishini, tizimga xos va modellashtirish maqsadiga erishish uchun axamiyatli bo‘Igan uning elementlari xususiyatlari va sabab-natijaviy bog‘lanishlari aniqlaydigan abstrakt modeldir.
Matematik modellashtirish(kengaytirilgan ta’rif) - bu real obyekt, jarayon yoki tizimni o‘rganib bilmoq uchun ularni matematik modeli bilan almashtirgan holda kompyuterda eksperimental tadqiqot uchun qulayroq bo‘lgan vositasidir.
Analitik modellashtirish- algebrayik, differensial va boshqa tenglamalar shaklidagi real obyektning matematik (abstrakt) modellari o‘rganiladi, shuningdek, ular aniq yechimga olib keladigan aniq hisoblash jarayonini amalga oshirishni ta’minlashi kerak.
Imitatsiyali modellashtirish- algoritm(lar) shaklidagi matematik modellar tadqiq qilinadi, unda tadqiq qilinayotgan tizimning ishlashi katta hajmdagi bir qator elementar amallarni bajarish orqali amalga oshiriladi.