A. N. Sulaymanov arxivshunoslik (O’quv uslubiy qo’llanma) Guliston – 2016 y



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə50/53
tarix10.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#128081
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
portal.guldu.uz-ARXIVSHUNOSLIK

Arxiv hujjatlari ko’rgazmasi – arxiv hujjatdaridan foydalanishni tashkil etish turi bo’lib, ma’lum mavzudagi hujjatlar ( asl nusxasi yoki ko’chirilgan) ning ommaga namoyish etishga moslab badiiy bezatilgan shakli.
Arxiv xujjatlari to’plami – turli jamg’arma tuzvchilar faoliyati jarayonida paydobo’lgan va bir yoki bir necha belgilarga ko’ra birlashgan alohida hujjatlar yig’indisi( MAJ hisob birligi) .
Arxiv xujjatlarini kataloglash – bir turdagi arxiv hujjatlarini ma’lum alifbo tartibida tuzish va uni yuritish jarayoni.
Arxiv hujjat saqlash xonalarida havo namligini tartibga solib turish – arxiv hujjatxonalarida muayyan namlikdagi mikroiqlimini barpo etish maqsadida avtomatik ravishda ( konditsioner yordamida) yoki xonalarni shamollatish, quritish va havoni namlash yo’li bilan ularning havo muhitiga ta’sir etish.
Arxiv hujjatxonasi – arxiv hujjatlarini saqlash uchun moslab qurilgan maxsus bino yoki xona.
Arxivni jamlash – yo’nalishi va darajasi bo’yicha kerakli hujjatlar bilan arxivni muntazam to’ldirib borish.
Arxivning doimiy katalogi – arxiv katalogining turi; unda arxivlarning ikkilamchi hujjatlari axboroti bilimlar hamda jamiyat amaliy faoliyati tarmoqlari bo’yicha guruhlanadi, so’ngra mantiqiy izchillikda joylashtiriladi.
Arxivchi – arxivda hujjatlarni yig’ish, hisobini olish, tavsiflash, saqlash va ulardan foydalanish bilan shug’ullanuvchi hodim, mutaxassis olim.
Arxivshunoslikarxiv ishining nazariy, amaliy, huquqiy va metodik masalalarini ishlab chiquvchi fan tarmog’i.
Vaqf – musulmon qonun-qoidalariga muvofiq, davlat va ayrim kishilar tomonidan diniy muassasa, masjid, madrasa, xonaqo va mozorlar ixtiyoriga sotmaslik sharti bilan o’tkazilgan yoki vasiyat qilib qoldirilgan mulk ( er-suv, bino va shu kabilar).
Geografik arxiv katalogi – arxivlarning jo’g’rofiy va er sathi mavjudotlari haqidagi ikkilamchi hujjat axborotini o’z ichiga olgan predmetli arxiv ro’yxatining bir turi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin