n – tip yarim o’tkazgichda ortiqcha va oson harakat qila oladigan elektronlar
boshlaydi. Natijada kristallning yuza qismi manfiy, yuza osti qismi esa musbat
zaryadlanadi va donor elektronlarning yuzaga o’tishi qiyinlasha boradi; bu esa
zona chegaralarining egilishiga olib keladi. Egilish qismining kengligi donor
elektronlarining konstentrastiyasiga bog’liq bo’ladi. Donor elektronlarining
chunki bu elektronlar qancha ko’p bo’lsa, shuncha tez va qisqa masofada
Tammning bo’sh sathlarini to’ldirishga ulguradi (16, b – rasm). r – tip yarim
o’tkazgichda ortiqcha teshiklar mavjud bo’lganligi uchun ular Tamm sathlaridagi
elektronlarni o’ziga qabul qila boshlaydi. Yuza musbat yuza osti esa manfiy
zaryadlanib qoladi (16, v – rasm).
Shunday qilib yuzada zonalar egilishining vujudga kelishi yarim o’tkazgich n
– tip bo’lsa, elektronlarning chiqish ishini kattalashtiradi, r – tip bo’lsa –
kamaytiradi. Rasmdan ko’rinadiki, yarim o’tkazgichlarda termoelektron chiqish
ishi sirtdagi (yuzadagi) Fermi sathining holati bilan aniqlanadi va uning qiymati
yarim o’tkazgichga qanday aralashma kiritilishidan qat’iy nazar (p – tipdan n –
tipga o’tsa ham) deyarli o’zgarmaydi, hamda quyidagi formula bilan aniqlanadi:
g
E
2
1
(9)
Bu yarim o’tkazgichlarning yuzasida Fermi sathi holati o’zgarmaydi, ammo
xajmdagi Fermi sathi o’zgaradi. Bunday yarim o’tkazgichlar yuzasidagi Fermi
sathining holati fiksastiyalangan (muvofiqlashgan) yarim o’tkazgichlar deb ataladi:
agar u elektronli (donorli, ya’ni n – tip) yarim o’tkazgich bo’lsa, uning yuzasi har
doim «manfiy», agar kovakli (aksteptorli, ya’ni r – tip) bo’lsa – «musbat»
zaryadlanadi.
Ko’rib o’tilgan yarim o’tkazgichlarda fotoelektronlarning chiqish ishi (valent
zonasining eng yuqori sathidan hisoblanganda) aralashmaning turiga qarab sezilarli
darajada o’zgaradi. Bu o’zgarishning eng maksimal qiymati yarim o’tkazgichning
taqiqlangan zonasi kengligiga yaqin bo’ladi (masalan, Si uchun
1 eV, GaAs
uchun
1,4 eV).
Agar yarim o’tkazgich yuzasida zonalar egilishi yo’q deb faraz qilinsa, Fermi
sathi fiksastiyalanmagan bo’ladi. Bunda yarim o’tkazgich n – tipdan r – tipga
o’tganda (yoki aksi) fotoelektronlar chiqish ishi o’zgarmaydi va aksincha
termoelektronlar chiqish ishi o’zgaradi. Ammo deyarli hamma yarim
o’tkazgichlarda (ayrim ion bog’lanishli birikmalardan tashqari) zonalar egilishi
kuzatiladi.
Zonalar chegaralarining egilishi toza va aralashmali kremniyda yaqqol
ko’rinadi. GaAs va GaP kabi ikki komponentli yarim o’tkazgichlarda yuzadagi
atomlarning joylashishi hajmdagi joylashishga juda yaqin bo’ladi, ya’ni 1
1
tuzilish hosil bo’ladi. Ammo real holda hattoki qisman ion bog’lanishga ega
bo’lgan kristallarda ham ma’lum bir miqdorda relaksastiya yoki rekonstrukstiya
ro’y beradi. Natijada yuzada bitta qatorda turishi kerak bo’lgan atomlar bir oz
siljiydi (17–rasm). Tajribalarning ko’rsatishicha siljish natijasida hosil bo’lgan
burchak –
25
30
atrofida bo’lishi mumkin. Natijada GaAs ning yuza
qismidagi elektron tuzilish hajmnikidan sezilarli farq qiladi. Bu farq 8–rasmda aks
ettirilgan.
Dostları ilə paylaş: