Yoʻq, hali olamda mavjuddir shafqat,
Yoʻq, hali tebranar mehr beshigi.
Tavba qil, tavba qil, tavba qil faqat Senga ochiq faqat tavba eshigi.2 ( 68-bet)
A.Oripov oʻz lirikasida ana shunday fonetik vositalardan mahorat bilan foydalanganligini guvohi boʻlamiz. Masalan, Bu ishq sirrin kitob etding, kitobing ichra men borman, Oʻqurman deb xitob etding, xitobing ichra men borman. (Gʻazal) Ushbu parchada “sirrin” soʻzidagi r undoshining takrori bir tomondan belgining ortiqligini ifodalasa, ikkinchi tomondan boʻrttirish, kuchaytirish, oʻzidagi emotsional boʻyoqni ikki karra oshirib koʻrsatishga xizmat qilgan. Rus va Yevropa filologik an‘anasida bu hodisa geminatsiya nomi bilan yuritiladi.«Tilshunoslik terminlarining izohli lugʻati»da mazkur hodisa «qoʻsh undoshlik – ikki aynanbir xil undoshli holatning yuzaga kelishi» sifatida izohlanadi.3 Alliteratsiya. Badiiy nutqning ohangdorligini va ta’sirchanligini ta’minlashda alliteratsiyaning oʻrni beqiyosdir. She’riy nutqda misralar, undagi soʻzlar hamda boʻgʻinlar boshida yoki oxirida bir xil undosh tovushlarning takror qoʻllanishiga alliteratsiya deyiladi. Tovushlar zamiridagi musiqiylikka asoslangan bu usul qadimdan Sharq she’riyatida keng qoʻllanilib kelingan. Koʻhna badiiyatshunoslik («ilmi bade)da alliteratsiya «tavzi’ san’ati»deb yuritilgan. A.Oripov ham oʻzining benazir ijodi davomida alliteratsiyadan unumli foydalangan.
Yoʻllarda yeldirim misoli yeldim,
Yellar vodiysiga boshladi havas. 4 (“Yurtim shamoli” 213-bet)
Ber, onajon, ber otamning
Koʻylagini qoʻlimga.
Bergil mayli, chiqsin yana
U muqaddas yoʻliga.
Ber, koʻylakni bayroq etib
Qadab qoʻyay quyoshga.
Tongda balqib qoni bilan,
Koʻrinsin qari-yoshga.5 (Qonli koʻylak 8-bet)
Assonans. Badiiy nutqqa intonatsion butunlik, ohangdorlik va emotsional –ekspressivlik bagʻishlash maqsadida qoʻllaniladigan fonetik usullardan biri assonansdir. Adabiyotlarda assonans aynan yoki yaqin unlilarning takrorlanib kelishidan hosil boʻladigan ohangdoshlik ekanligi bayon qilingan. Baxt kutmasman oʻzgadan zinhor, Birovga baxt berolmasman ham. Sen baxtimsan, demagil, dildor Baxt berolmas odamga odam. Koʻryapsanmi, gavjum butoqdan, Chirt uzilib tushdi bir yaproq. Barglar yigʻlasa-da firoqdan, Qutqarolmas doʻstini biroq. (“Koʻryapsanmi” 1963) Ushbu parchada assonans qofiyadosh soʻzlar tarkibida kelib, she’riy nutqqa koʻtarinki ruh va oʻziga xos musiqiylik baxsh etgan. Adib oʻzining benazir ijodida fonetik vositalardan anafora, epiforalarni ham mahorat bilan qoʻllagan. Bizga ma’lumki, anafora she’r yoki banddagi misra, gaplarning boshidagi soʻz yoki soʻz birikmasining boshqa misralar boshida aynan takrorlanib kelishidir. A.Oripov ijodida bunga ko‘plab misollar topiladi.