A oripov lirikasida fonetik vositalarning ishlatilishi


Senga bu dunyoning guli, ne’mati, Senga



Yüklə 58 Kb.
səhifə3/3
tarix22.08.2023
ölçüsü58 Kb.
#140176
1   2   3
Dilrabo Matnazarova. A.ORIPOV LIRIKASIDA FONETIK VOSITALARNING ISHLATILISHI

Senga bu dunyoning guli, ne’mati,
Senga, ey qay bir dam yaralgan san’at.
Senga oshufta bu dilning ragʻbati,
Senga oxista bu arzi muhabbat. (Toʻrtlik, 1982, 68-bet)
O‘zbek she’riy nutqida, jumladan, she’riyatida so‘z birikmasi, hatto gap shaklidagi anaforalar ham kuzatiladi.
Bir qadam qoʻysang bas naryogʻi o‘lim,
Bir qadam qoʻysang bas shaksiz halokat.
Odamzod boshida turibdi shu zum
Qazoyi muallaq, mudhish falokat. (“Soʻnggi urush”, 497- bet)
Mazkur misralardagi “bir qadam qoʻysang bas” gapi ma’noni kuchaytirib, kuchli emotsiya hosil qilib, she’rning gʻoyaviy-estetik hamda lingvopoetik xossalarini yoritishga xizmat qilmoqda.
Bir qarasam, doʻstu yordan koʻnglim toʻqday,
Bir qarasam, atrofimda hech kim yoʻqday.
Bir qarasam, suyanchiqday bolalarim,
Bir qarasam , ular siniq lolalarim.6 (“Bir qarasam” 3-b)
Epifora asli yunoncha so‘z bo‘lib, qo‘shimcha degan lug’aviy ma’noni bildiradi, takrorning xususiy ko‘rinishlaridan biri, she’rdagi bir necha misra oxirida bitta so‘z yoki so‘z birikmasining takrorlanishidir.
Oʻkinma, ona-yurt, oʻkinma xalqim,
Desalar, dilingda zorlaring bordir.
Aslida, qoʻyningga sirgʻalib kirib,
Zaharlar sochguvchi morlaring bordir…
Bugun yolgʻizman deb boshingni egma,
Tegrangda doʻst ila yorlaring bordir.
Balli istiqbolga koʻzni tikibsan,
Axir haqqa muhtoj xorlaring bordir. (Oripov, 1984 170 -bet)
Yuqoridagi tahlillardan Abdulla Oripov she’rlari uslubining oʻynoqiligi, ravonligi, timsollarning kuchli va ta’sirchanligi, takrorlanmasligi bilan xarakterlanishiga guvoh boʻldik. Shoir oʻzbek tilining fonetik, lug‘aviy, sintaktik, stilistik vositalaridan mukammal foydalanib, uni badiiy va uslubiy imkoniyatlarini amalda namoyon etdi.

1 Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Talqin, 2005. – B. 18-19

2 Орипов А. Кўзтумор. – Тошкент: Маьнавият, 2005.

3 Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энсклопедияси. 2002.Б. 143.

4 Орипов А. Йиллар армони. –Тошкент. 1987.

5 Орипов А. Митти юлдуз. –Тошкент “маьнавият” 2002

6 Орипов А. Кўзтумор. – Тошкент: Маьнавият”, 2005.

Yüklə 58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin