Farg‘ona davlat universiteti
san’atshunoslik Fakulteti
tsmg yo‘nalishi 2-bosqich
21.21-guruh talabasi
Sobirov Sirojiddinning
Umumiy pedagogika fanidan
tayyorlagan mustaqil ta’lim
Keys-stadi
A Q L I Y H U J U M M E T O D I
Reja:
1. Aqliy hujum metodining mohiyati
2. Aqliy hujum metodini tashkil qilish yuzasidan qo’yiladigan talablar,
qoidalar
3. Shu metod asosida tashkil qilingan dars ishlanmasi taqdimoti, uning tahlili
4. Erishilgan natijalar
Tayanch tushunchalar: Aqliy hujum, dars bosqichlari, chaqiriq bosqichi,
fikrlash bosqichi, xulosalar berish, muammolarni hal etish
Bu metod biror mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng
qo’llanadi. Mazkur metod o’quvchilarni muammo xususida keng va har
tomonlama fikr yuritishga undaydi. «Aqliy hujum» metodi yordamida qo’yilgan
muammo yuzasidan bir necha echimlarni topish imkoniyati yuzaga keladi. “Aqliy
hujum” metodidan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
1. Berilgan muammo yuzasidan o’quvchilarning atroflicha va chuqur
mulohazalar yuritishga undash va shunga erishish.
2. O’quvchilarning fikrlari va g’oyalarini rag’batlantirib borish tanqid ostiga
olinmaslik, ularning erkin fikrlashlariga sharoit yaratish.
3. Har bir o’quvchi fikrlariga va g’oyalariga asoslanishi mumkin, ularni
o’zgartirishi mumkin.
4. O’quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar va g’oyalarni baholamaslik.
Bunday yo’l tutilsa, ya’ni fikr va g’oyalari baholansa, o’quvchilar
fikrlashdan to’xtab qolishlari mumkin.
«Aqliy hujum» metodi asosida tashkil qilingan mashg’ulotlar quyidagi
tartibda o’tkaziladi. Muammo aniqlanadi va o’quvchilarning muammo yuzasidan
fikrlarini yozuv taxtasiga yoki varaqlarga yozib boriladi. Bildirilayotgan
g’oyalarning mualliflari tomonidan asoslab berilishiga erishiladi.
Ona tilidagi ko’plab mavzularni shu metod yordamida o’rganish mumkin,
jumladan, ayrim matnlarni o’rgatishni shu metod asosida tashkil qilish mumkin.
Ona tili darsliklariga ko’plab ilmiy, ma’rifiy va ilmiy-ma’rifiy matnlar
kiritilgan. Matnlar ustida ishlash o’qituvchidan katta mehnat va mahorat talab
qiladi. VIII sinf darsligida ham ko’plab matnlar berilgan bo’lib, shulardan biri
«Alisher Navoiy» matnidir. Matn badiiy va ilmiy uslubda berilgan. Mashq shartida
matnlarni taqqoslab, ularning o’xshash va farqli tomonlarini aniqlash topshirilgan.
Mazkur matnni «Aqliy hujum» metodi yordamida o’rganish ko’zlangan maqsadga
erishish imkoniyatini yaratadi. Bu metod asosida matn bilan ishlash bir necha
bosqichda olib boriladi.
1-bosqich. O’quvchilarni mavzuni tushunishga tayyorlash. O’tgan
mashg’ulotlarda berilgan nugq uslublariga oid ma’lumotlar esga olinadi va
takrorlanadi, har bir nutq uslubining o’ziga xos xususiyatlari yodga olinadi. Chunki
matnlarni taqqoslash uchun o’quvchilarda nutq uslublariga oid ma’lumotlar etarli
bo’lishi kerak. Nutq uslublariga oid bitimlar yodga olingandan so’ng
har ikki matn o’quqchilar tomonidan mustaqil o’qib chiqiladi. O’quvchilar
matn mazmunini tushunishga harakat kiladilar.
2-bosqich. Berilgan matnlarning o’xshash tomonilarini aniqlash. Buning
uchun o’qituvchi o’quvchilarga quyidagi savolni beradi: Har ikki matn qaysi
jihatdan bir-biriga o’xshaydi? O’quvchilar mazkur savolga shunday javob
beradilar:
— har ikki matn ham Alisher Navoiy haqida;
— matnlarning mazmuni bir xil;
— har ikki matnda ham Navoiy ijodi haqida fikr bildirilgan;
— har ikkala matnda ham shoirning ustozlari nomlari keltirilgan;
— Navoiyning turkiy tilda ijod qilganligi aytilgan;
— Navoiyning jahonga tanilgan shoir ekanligi aytilgan;
— forsiygo’y shoirlarning Navoiy ijodiga munosabati ifodalangan.
O’qituvchi o’quvchilarning fikrlarini umumlashtiradi va o’z munosabatini
bildiradi.
3-bosqich. Matnlarning farqli tomonlarini aniqlash. O’qituvchi quyidagi
savolni o’rtaga tashlaydi:
- Berilgan matnlar bir-biridan qaysi jihatlariga ko’ra farq qiladi?
O’quvchilar berilgan savolga javob topishda turlicha fikrlar bildiradilar,
bahs-munozaraga kirishadilar. Shu asosda quyidagicha javoblar beradilar.
— birinchi matn epigraf bilan boshlangan, ikkinchi matnda esa epigraf yo’q;
— birinchi matnda Navoiy asarlarining nomi berilgan, ikkinchi matnda esa
ularning nomi berilmagan;
— birinchi matnda Navoiy ijodiga forsiygo’y shoirlarning munosabati umumiy
ravishda berilgan, ikkinchi matnda esa Jomiyning fikri aynan keltirilgan;
— birinchi matnda Navoiyning ijodi xaqida umumiy fikrlar aytilgan, ikkinchi
matnda esa Navoiynnng hayoti va ijodiga oid aniq dalillar keltirilgan;
— birinchi matnda Navoiyning ijodi butun jaxonga mashhurligi aytilgan
bo’lsa, ikkinchi matnda shoir asarlarining Evropa, Osiyo davlatlari tillariga
tarjima qilinganligi ta’kidlangan;
— birinchi matnda his-tuyg’u kuchli ifodalangan, ikkinchi matnda esa aniq
fikrlarga asoslanilgan.
Shu bosqichdan so’ng o’quvchilar o’qituvchi yordamida
o’rganilayotgan matnlar yuzasidan xulosa chiqaradilar. Xulosa quyidagicha:
- birinchi matnda his-tuyg’u kuchli, so’zlar ko’chma ma’noda ham qo’llangan. Bu
matn badiiy uslubga xosdir. Ikkinchi matnda aniq- dalillar keltirilgan, so’zlar o’z
ma’nosida qo’llangan. Unda adabiyot faniga xos atamalar ham qo’llangan. Bu
matn ilmiy matn hisoblanadi.
4-bosqich. Har ikki matn asosida badiiy va ilmiy uslubga xos xususiyatlarni
aniqlash.
Bu bosqichda har bir uslubning o’ziga xos xususiyatlari aniqlanadi. Birinchi
matnda badiiy uslubga xos quyidagi xususiyatlar qo’llangan: tasviriy ifoda
(zanjirband sher), ko’chma ma’noli so’zlar (she’riyat osmoni, yulduzlari xira
tortdi, shuhratiga soya soldi), o’xshatish (g’azallari - porloq quyosh singari), badiiy
uslubga xos so’zlar (maftun etib kelyapti, nazm, she’riyat, bunyod etilgan,
forsiygo’ylar, turkiy til, shukronalar aytdilar). Ikkinchi matnda ilmiy uslubga xos
quyidagi xususiyatlar qo’llangan: raqamlar (1441 yil tug’ilgan, XV asr, 60-yillar),
aniq dalillar (Evropa va Osiyo davlatlari, Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz
She’roziy, Abdurahmon Jomiy kabi tarixiy shaxs nomlari, A.Jomiyning Navoiy
haqidagi fikri keltirilgan).
“Alisher Navoiy” matni shu metod yordamida o’rganilsa, o’quvchilar matn
mazmunini yaxshiroq anglaydilar, ularniig mazmuniga chuqurroq kirib boradilar,
matnlarni qiyoslash orqali ularning mohiyatini teran idrok etadilar. Bu metod
o’quvchilarni fikrlashga, darsda faol ishgirokchi bo’lishga, hozirjavob va
mulohazali bo’lishga o’rgatadi.
Dostları ilə paylaş: |