BOLALIKNI DAVRLARGA AJRATISH MUAMMOLARI
REJA:
1. Bolalikni davrlarga ajratish muammolari
2. Chaqaloqlik davri xususiyatlari
3. Chaqaloqlik davri asab tizimi xususiyatlari hamda psixikasining o‘sishi.
Bolalikni yosh davrlarga ajratish, uni tabaqalash bolalar psixologiyasida juda qadimiy muammolardan biridir. Bolaning aql-idroki, fe’l-atvori, voqelikka munosabati, jismoniy va psixik o‘sishi, rivojlanish xususiyatlari uning taraqqiysi bilan o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarish uning faoliyati va hayot kechirishidagina emas, balki yoshiga ham bog‘liqdir. Masalan: Hozir tug‘ilgan bola bilan undan bir xafta ilgari tug‘ilgan bola orasida ham farq bor. Yangi tug‘ilgan bola gavdasining sondan bo‘yingacha bo‘lgan qismi uzun, oyoqlari kalta, boshi nisbatan katta, bo‘yni qisqa, bosh suyagi esa hali qotmagan bo‘ladi. U shartsiz reflekslar bilan dunyoga keladi va vaqt o‘tgan sari u ham jismoniy, ham psixologik tomondan shakllanib boradi. Bunday o‘zgarishlar turli oy va turli yoshlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘sib ulg‘ayish bolaning jismoniy taraqqiyoti bilan bo‘lsa, sifat o‘zgarishlari bolaning psixik tarqqiyoti bilan bog‘liqdir. Bolada yuz beradigan sifat o‘zgarishlari birdaniga sodir bo‘lmaydi, asta –sekin yuzaga keladi. Bolalarni turli yosh davrlarga ajratishda ularning hayotida yuz beradigan sifat o‘zgarishlari, ya’ni uni psixik taraqqiyoti jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishlari asos qilib olinadi. Bolalarni turli yosh davrlarga ajratishda turlicha fikrlar juda qadim zamonlardan beri fanga ma’lumdir. Ko‘pchilik olimlar bolalarni turli yosh davrlarga ajratishda faqatgina jismoniy o‘sishni asos qilib, uni:
1) chaqaloqlik davri,
2) balog‘atga erishish davri,
3) balog‘atga erishgandan keyingi davr deb tabaqalangan bo‘lsalar, ba’zi birlari esa:
1) emish davri
2) emaklash davri,
3) ikki oyolab yurish davri deb davrlarga ajratishgan yana ba’zi olimlar masalan P.P. Blonskiy
1) tishsiz bolalik davri
2) sut tish davri
3) doimiy tish davri
4) doimiy tishni tushish davri (qarilik) deb ajratganlar. Bunday bolalikni davrlarga ajratishda faqat ularni fiziologik va biologik belgilarigagina suyanib, pisixik xususiyatlar hisobga olinmagan.
Sharq mutafakkiri Abu Ali ibn Sino ham bolalikni quyidagi davrlarga ajratgan:
1) podsholik davri 5 yoshgacha
2) qullik davri (6-12 yoshgacha)
3) O‘rtoqlik do‘stlik davri deb bolaning keyingi taraqqiyoti davrini nazarda tutgan.
Podsholik davrida bolaning yoshligi uni aytganini kattalar tomonidan bajarilishini, bola o‘zini “shirin” qiliqlari, gaplari bilan kattalarni o‘ziga rom qilishni e’tiborga oladi. 6-12 yoshgacha bo‘lgan davrni qullik davri deb bejiz aytmagan, albatta Chunki bu davrda bolani xulq atvorga o‘rgatish, kishilar bilan o‘zaro munosabatlarda qoida –qonunlarga bo‘ysunish, mehnatga o‘rgatish, unga nisbatna ijobiy munosabatni shakllantirish, bilim olish o‘qish, o‘rganish, mehnat qilishda qiyinchiliklarga bardosh berish, milliy an’analarimizga sadoqatli bo‘lish, kattalarni, mehnatini qadrlash kabilarga muhabbat ruhida tarbiyalashda bolaga nisbatan e’tibor qaratgan.
Do‘stlik davri esa bolaga do‘stlarga munosabatda bo‘lish ularni xurmat qilish, qilgan ishlarini qadrlash, munosbatalarda samimiy bo‘lish lozimligini nazarda tutadi.
Chet el psixologlari ham bolalikni davrlarga ajratish masalasiga katta e’tibor berilgan. Jumladan Shveysariyalik psixolog J. Piaje bolaning aql idrokiga xos bo‘lgan xususiyatlariga qarab : 1) sensomotor intellekti (0-2 yoshgacha); operatsiyalardan ilgari tafakkur davri (2-7 yoshgacha) 3) aniq operatsiyalar davri (7,8-11,12 yoshgacha); 4) rasmiy operatsiyalar davri deb ajratadi. Fransuz olmi, psixolog A.Valon bolaning jismoniy rivojlanishga qarab (xomilaning ona qornidagi davri, impulsiv harakat davri- 0-6 oygacha, xis-tuyg‘u davri -6 oydan-1 yoshgacha sensomotor davri -1-3 yoshgacha; shaxsga aylanish davri -3-5 – yoshgacha; farqlash davri -6-11 yoshgacha; jinsiy yetilish va o‘spirinlik davri (12-18 yoshgacha) deb ajratgan. Shuningdek chet el psixologiyasida bolani psixik rivojlanishi tomonidan davrlarga ajratish to‘g‘risida ko‘pgina materiallar to‘plagan. Bu materiallar asosida bolalikni 2 keskin davrga ajratilgan.
1) go‘daklik davridan maktabgacha tarbiya davriga o‘tishdagi inqiroz davri (3 yoshlik inqiroz davri deb ataladi);
2) kichik maktab davridan o‘smirlik davriga o‘tishi (balog‘atga yetish inqirozi davridir)
Bu ikki davr o‘rtasida juda katta farq va o‘xshashliklar mavjud. Jumladan xar ikkala davr ham o‘zining mustaqilligi va kattalar bilan o‘zaro munosabati jihatidan farqlanadi.
Rus psixologlari P.P. Blonskiy va L.S. Vigotskiylar bolalikni davrlarga ajratishda bolaning yashash sharoitini o‘zgarishi, ta’lim-tarbiya mazmuni va usullarini o‘zgarishini ham taraqqiyotga ta’sir etishini alohida e’tiborga olish lozimligini ko‘rsatadilar. Ular har bir yosh davr psixik rivojlanishda alohida sifat o‘zgarishlariga, bola shaxsining tuzilishida turli xususiyatlarning shakllanishi bilan farqlanishiga asoslanadilar. Shuningdek L.S. Vigotskiy aqliy taraqiyotni ikki bosqichini: aktual o‘sish bosqichi va eng yaqin o‘sish bosqichini ajratadi. U yosh davrlarga ajratishning ilmiy manbai rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruxiy yangilanishlarga tayanib deb bolalikni quyidagi bosqichlarga ajratadi.
Chaqaloqlik davri -2 oygacha bo‘lgan davr inqirozi.
Go‘daklik davri -2 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan inqiroz davri.
Ilk bolalik davri 1-3 yoshgacha bo‘lgan inqiroz davri.
Maktabgacha davr -33 yoshdan 7 yoshgacha inqiroz bo‘lgan davr.
Maktab yoshi davri -8-12 yoshgacha inqiroz bo‘lgan davr.
Pubertat (jinsiy yetilish) davri -14-18 yoshgacha bo‘lgan inqiroz davri.
D.B. Elkoninning yosh davrlarni tabaqalash haqidagi ta’limoti bolalar psixologiyasida muhim o‘rin egallaydi. Bolalar psixologiyasi fanining yana bir namoyondasi A.A. Lyublinskaya ijodida ham yosh davrlarni tabaqalash malakasiga katta o‘rin berilgan. Olima bola kamolotini uning faoliyatiga qarab davrlarga ajratadi.
1. Chaqaloqlik davr (0-1 yoshgacha).
2. Kichik maktabgacha davri –(1 oydan -1 yoshgacha).
3. Maktabgacha tarbiyadan avvalgi davri 1 yoshdan 3 yoshgacha.
4. Maktabgacha tarbiya davri (3-7 yoshgacha).
5. Kichik maktab yoshi davri (7-11-12 yoshgacha).
6. O‘rta maktab yoshi davri (13-15 yoshgacha).
7. Katta maktab yoshi davri (15-18 yoshgacha ).
Pedagogik psixologiya fanining namoyondasi V.A. Krutetskiy ham bola kamolotini quyidagicha ta’kidlaydi:
Chaqoloqlik (0-10 kungacha).
Go‘daklik (10-kundan -1 yoshgacha).
ILK bolalik (1-3 yoshgacha).
Bog‘chagacha davr (3-5 yoshgacha).
Bog‘cha yoshi (5-7 yoshgacha).
Kichik maktab yoshi (7-11 yoshgacha).
O‘smirlik (11-15 yoshgacha ).
Ilk o‘spirinlik yoki katta maktab yoshi (15-18 yoshgacha).
Yuqorida keltirilgan ko‘pchilik olimlarning bola kamolatini davrlarga ajratish muammolari o‘zlariga xosligi bilan ajralib turadi. Biz ularni ham fiziologik va ham psixologik taraqqiyoti, faoliyat turlarining o‘zgarib turishi va organizmdagi sodir bo‘ladigan xusussiyatlarni hisobga olib bolalikni quyidagi davrlarga ajratishni tavsiya etamiz.
Chaqaloqlik davri (0-1 oygacha );
Go‘daklik davri (1 oydan -1 yoshgacha);
Ilk bolalik davri (1-3 yoshgacha );
Bog‘cha yoshi davri (3-7 yoshgacha );
Kichik maktab yoshi davri (7-11 yoshgacha );
O‘rta maktab yoshi yoki o‘smirlik davri (12-15 yoshgacha );
Ilk o‘smirlik (kollej, litsey ) davri (15-18 yoshgacha );
Albatta bu davrlarni bir-biridan qat’iyan bir yosh bilan chegaralab qo‘yish mumkin emas. Bola o‘zining o‘sishda shu davrlarni ertaroq yoki kechroq kechiradi, ammo bu davrlar bir-biriga tabiiy bog‘lanib boradi va oldingisi keyingisiga zamin hozirlaydi. Har bir davrda bolaning ayrim ruhiy tomonlarigina emas, balki uning umumiy siymosi, afti angori ham boshqacha ko‘rina boshlaydi va ularning yosh belgilariga qarab ta’lim tarbiya muassasalariga qabul qilinadi.
Bolaning yosh belgisi uning taraqqiyoti darajasini ko‘rsata olmaydi. Chunki 2 ta bir yoshdan bola belgisi jihatidan bir xil bo‘lsa ham, taraqqiyot darajasi har xil bo‘lishi mumkin.
Shunga binoan biz bola shaxsining individual xususiyati va yoshlik xususiyati deb ularni bir-biridan farq qilamiz.
Har bir ota-ona, tarbiyachi va o‘qituvchilar bola shaxsining xususiyatlarini bilishi va uning ko‘ngliga yo‘l topa olishi lozim
Go‘daklik davri bolaning tug‘ilgandan 1 yoshgacha bo‘lgan davrini o‘z ichiga oladi. Uning dastlabki 1-oyi chaqaloqlik davri deb yuritiladi. Bolani dunyoga kelishini o‘zi bir mo‘’jiza, bu esa oilada homilador ayolga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishni talab qiladi.
Oilada farzand dunyoga kelishi sezilishi bilanoq xomilador ayolga qulay sharoit yaratish atrofdagilar uchun shartdir. Chunki ayol homiladorlikning 2-3 oyligida muhitda va o‘zida o‘zgarishlar seza boshlaydi. Ayoldagi jismoniy o‘zgarishlardan tashqari uning ruhiyatida ham bir qancha psixik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, ayolning ruhiy holati tug‘ilajak farzandning psixik rivojlanishiga, jismoniy rivojlanishiga ta’sir qiladi. Homilador ayol psixik holatiga qarab farzand rivojlanib boradi. Shuning uchun farzand har jihatdan sog‘lom o‘sishi uchun ota –onaning sog‘ligi va atrof muhitning sofligi, oila tinchligi katta ahamiyatga ega. Buyuk bobomiz Amir Temur ham ayollari homilador bo‘lsalar, ularni tog‘li, xavosi musaffo joylarga olib borib turarkanlar. Ayolni turli jiddiylik xolatlaridan saqlash va manzarali tabiati go‘zal joylarga ko‘proq sayr qilishni ta’minlash, tinch sokin bo‘lishni ta’minlash kerak.
Bu tavsiyalar avvalo homilador ayollarni o‘zlariga tegishlidir, chunki eng mas’ul shaxs ayolning, onaning o‘zidir.
Shunday qilib, bunday tadbirlar vositasi ila bola dunyoga keldi deylik, endi ota –ona zimmasida bu go‘dakni har jihatdan sog‘lom qilib voyaga yetkazishdek ulkan vazifa turibdi, chunki yangi tug‘ilajak chaqaloq ham jismoniy, ham psixik jihatdan juda zaif bo‘ladi. Chaqaloqning barcha hayotiy funksiyalari ovqatlanish, nafas olish, nafas chiqarish, xavoning o‘zgarishiga, moddalar almashinuviga moslashishi va boshqalar uni organizmi orqali amalga oshiriladi.
Chaqaloqning tug‘ilishi sifat o‘zgarishlari daqiqasi, ijtimiy rivojlanishning yangi ko‘rinishi boshlang‘ich nuqta ekanligi bilan ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |