Reja: Bolalikni davrlarga ajratish muammolari 2



Yüklə 79,59 Kb.
səhifə8/18
tarix31.12.2021
ölçüsü79,59 Kb.
#49503
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Reja Bolalikni davrlarga ajratish muammolari 2

Kichik guruh bolalari hali hayot tajribalari kam bo‘lganligi uchun tashqi muhit bilan yaxshi tanish  o‘lmaydilar. Ularga hali narsalarning rangini, hajmini ajrata olishga o‘rgatuvchi o‘yinchoqlar zarur. Shuning uchun ularga qo‘g‘irchoq, yumshoq o‘yinchoq bilan birga har xil rangli matolar ham berishi kerak. O‘z qo‘girchoqlarini har xil rangli matolarga o‘rab, o‘ynaydilar. Bolalarga beriladigan qo‘g‘irchoq chiroyli va sinmaydigan bo‘lishi juda muhimdir (ularga ko‘proq plastmassadan yoki rezinadan qilingan qo‘g‘irchoq berish kerak. Ular qo‘g‘irchoqni kiyintiradilar, yechintiradilar, cho‘miltiradilar va hokazo). Kichik guruh bolalari qo‘g‘irchoqlarni yuvintirayotganlarida uning qanday materialdan qilinganiga ahamiyat bermaydilar. Shuning uchun ularga pishiq yasalgan, tezda buzil maydigan qo‘g‘irchoqlarni berish kerak. Nozik qo‘g‘irchoqlarni katta guruh bolalariga berish mumkin. O‘g‘il bolalarga esa har xil rangdagi bir-birining ichiga sig‘adigan quticha, piramida kabi o‘yinchoqlarni berish foydalidir. Kichik guruh bolalariga o‘ynash uchun fil, yo‘lbars, bo‘ri, jirafa kabi o‘yinchoq-hayvonlarni berish yaramaydi. Chunki bu yoshdagi bolalar hali bunday yovvoyi va yirtqich hayvonlar bilan tanish emaslar. Ularga yaxshisi o‘zlari kundalik hayotlarida kuzatgan va kuzatishlari mumkin bo‘lgan tanish hayvonlarning obrazlarini ifodalovchi o‘yinchoqlarni berish maqsadga muvofiqdir. Masalan, ot, qo‘y, it, sigir, echki, mushuk kabi.


Yüklə 79,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin