Reja: Bolalikni davrlarga ajratish muammolari 2


Chaqaloqlik davri xususiyatlari



Yüklə 79,59 Kb.
səhifə2/18
tarix31.12.2021
ölçüsü79,59 Kb.
#49503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Reja Bolalikni davrlarga ajratish muammolari 2

Chaqaloqlik davri xususiyatlari

Bolaning ilk yosh  davrni 3 davrga ajratamiz.  



  1. Tug‘ilgandan  1 oylikkacha chaqaloqlik davri.

  2. Bir oylikdan 1 yoshgacha go‘daklik davri.

  3. Bir yoshdan 3 yoshgacha ilk yosh davri ya’ni bog‘chagacha yosh  davridir.

Bolaning  chaqaloqlik davri jismoniy jihatdan juda tez  rivojlanish davridir. Yangi tug‘ilgan bola organizmining 75 % suvdan, 25 %  qattiq moddalardan iborat bo‘ladi uning  bo‘yi 48-52 sm,  vazni 2800-3500 gr bo‘ladi. uning suyaklari tog‘aysimon moddadan iborat bo‘lib,  u bolaning o‘sishi bilan rivojlanadi.Yangi tug‘ilgan  bolaning og‘irligi yarim yilgacha 600-700 gr dan, ikkinchi  yarim yilda 400-500 gr dan qo‘shiladi. Bo‘yiga har  oyda  2-3 smdan qo‘shiladi. Bir yoshli bolaning og‘irligi 10-10,5 kg ga yetadi,   bo‘yi  esa 74-75, 5 sm ga yetadi. Yangi tug‘ilgan bola hatto   o‘zidan bir hafta oldin tug‘ilgan  boladan  farq qiladi,  shuning  uchun ham har  bir davrning  o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib ular  bilan  munosabatda bo‘lishi kerak. 

Bu davrda bola deyarli faqat ona suti bilan ovqatlanadi, u xali gapira olmaydi va mustaqil  harakat qila olmaydi. Yangi tug‘ilgan  bolaning boshi gavdasiga nisbatan katta, bo‘yni deyarli yo‘q darajada qisqa,  gavdasi  uzun oyoq – qo‘llari gavdasiga nisbatan  qisqa bo‘ladi. Chaqaloq bola  1 minutda 50-60 marta nafas oladi. Agar chaqaloq bola o‘ringa o‘ng‘ay xolatda yotqizilmasa, siqib yo‘rgaklansa va ochiq xavoga olib  chiqilmasa, nafas olishida qiyinchiliklar  bo‘ladi.

            Chaqaloq bolaning yuragi 1 minutda 120 marta uradi. Bundan tashqari chaqaloq bolalar yuragining nisbatan  tez  urishi ular organizmida moddalar  almashinuvi  intensivligi bilan  ham bog‘liqdir. Bu yoshdagi bolalarning har odatlari o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bular  bolaning  ortiqcha harakati, ovqat yeyishi ham har odatiga ta’sir  qiladi.  Shuning  uchun kun  tartibining ahamiyati kattadir. Chaqaloqning ovqat  hazm qilish  a’zolari juda kichkina, oshqozon va ichak muskullari rivojlanmagan,  juda zaif bo‘ladi. Shuning uchun bolalarning eng yaxshi ovqati ona sutidir.

            Yangi tug‘ilgan bolaning suyaklari deyarli yumshoq tog‘aydan iborat bo‘ladi. Keyingi taraqqiyot  davrida,  ya’ni 1 yoshga to‘lguncha skeleti suyakka aylana boshlaydi. Unda bolaning terisi  ham yumshoq bo‘ladi. Agar qattiqroq joyga yotqizilsa yoki ta’sir o‘tkazilsa muskul  yumshoqligi va o‘ta nozikligi uchun terida iz  qoladi. Shuning  uchun yangi tug‘ilgan  go‘dak ehtiyotkorlik bilan  yuvintiriladi va ehtiyotkorlik bilan ushlanadi. Chaqaloqning 20 kun o‘tgach terisi taranglasha boshlaydi. Go‘dakning  yashash  sharoitiga qarab  suyak va muskullari o‘sib  boradi.  Agar go‘dak ko‘p yotsa,  bosh suyagi hamshunga mos ravishda rivojlana boshlaydi. Shuning uchun  go‘dak uxlaganda bir maromda uxlashi kerak. Agar go‘dak ovqatlanish  jarayonida noto‘g‘ri ushlansa yoki  yotsa suyak sistemasi noto‘g‘ri rivojlanib  qolishi mumkin. Chunki  go‘dak suyagida mineral  moddalar unchalik ko‘p bo‘lmaydi.

            Bolaning  suyak va muskullari bilan uning suyak sistemasi uning  uxlash  jarayoniga bog‘liq. Bola yurishni o‘rganayotganda ham goh o‘ng, goh chap qo‘lidan ushlab  unga yordam berish kerak. Shundagina suyak sistemasini nuqsonlardan  saqlash mumkin. Bolaning  suyak va muskullari uning barcha organlari,  shu jumladan  bolaning og‘irligi 2800 gr dan 3500 gr gacha,  uning  bo‘yi  48 sm dan 52 sm gacha bo‘ladi,  bu xususiyatlar faqat  yaxshi tug‘ilgan  bolalarga xosdir. Yangi tug‘ilgan  bolaning  suyagini ohak va boshqa tuzlar kam bo‘lib,  u asosan tog‘ay to‘qimalaridan iborat  bo‘ladi, bosh suyaklar 2-3 oylik bo‘lgandagina tutashadi. Yangi tug‘ilgan  bolani kalla suyagi ham yaxshi qotmagan  bo‘lib,  u asosan tog‘aydan iborat bo‘ladi, uning  oldingi qismida peshona liqildog‘i va orqa  qismida ensa liqildog‘i bo‘ladi. Liqildoqlarning  biri 2-3 oy mobaynida,  2 –si 12-14 oylik bo‘lganda tutashib  bitib  ketadi.

            Go‘dak har  oyda 2-3 sm dan o‘sib boradi. U 8 oylik bo‘lganda bo‘yi 2 baravarga,  9 oylik bo‘lganda 14 martaga oshadi. Bola yoshiga to‘lib  yurib  ketsa, u jismoniy jihatdan sog‘lom bo‘ladi.

Bola psixik taraqqiyotining anatomik va fiziologik asosini tashkil  etuvchi nerv sistemasining rivojlanishi bolaning bir yoshgacha bo‘lgan davrida jadal bo‘ladi. Chaqaloqning bir sutkasini 75 % i uyquda o‘tadi (keyinchalik bu narsa kamayib  boradi). Yangi tug‘ilgan bolaning 15-20 kunga qadar eshitmasligi mumkin, chunki  uning  qulog‘iga suyuqlik to‘lib  qolgan bo‘ladi, bir necha kundan  keyin bu suyuqlik yo‘qolib  quloq ochiladi va bola yaxshi eshitadigan  bo‘ladi, ko‘rish  analizatorlari ham murakkab yo‘l  bilan  rivojlanadi. Yangi tug‘ilgan  bolada ko‘rish analizatori mavjud bo‘lib, u yorug‘likni,  qorong‘ulikni sezadi. Lekin uning ko‘rish sezgisi mukammal  bo‘lmaydi.          


Yüklə 79,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin