67
yoyga o`rnatilgan ko`rsatkichlar (bo`linma-lar) shamolning sekundiga necha metr
esganligini bildiradi.
Xionosfera (yunoncha
xion — qor va
sfera-kura, shar) — troposferaning qor
va muz to`planishi mumkin bo`lgan qatlami. SHartli tushuncha,
chunki troposfe-
raning bu qatlamida qor to`planishiga sharoit (iliq o`lkalarda baland tog`lar)
mavjud bo`lsagina to`planadi. X. qutblar atrofida er yuzasida pastda joylashgan.
Siklon (yunoncha
siklon — aylanuvchi)—atmosferaning past bosimli
qismlari. Ko`pincha ikki xil havo massasi chegarasida (havo frontida) hosil bo`ladi.
S. markazida havo bosimi kam, atrofda yuqori bo`ladi. SHamol atrofdan S markazi
tomonga esadi. Lekin Erning o`z o`qi atrofida aylanishi ta`sirida shamollar
shimoliy yarimsharda o`ngga, janubiy yarimsharda chasha buriladi. Natijada S.da
shamollar quyundagiga o`xshab esadi. Aslida S. katta quyundan iborat, S. larning
diametri 1000 – 3000 km ga. Soatiga 30 - 40 km, ba`zan 80
km gacha tezlik bilan
siljiydi., S. da ob-havoo bulutli yog`inli bo`ladi. O`zbekiston Atlantika okeanidan
keladigan S. lar qishda iliq, yomg`irli, qorli havo keltiradi.
Sunami (yaponcha)—dengiz ostida yer qimirlaganda dengiz tagining
ko`tarilishi va pasayishi natijasida hosil bo`ladigan juda uzun to`lqinlar. Soatiga 50
km dan 1000 km gacha tezlik bilan tarqaladi. To`lqin balandligi hosil bo`lgan
joyda, ochiq dengizda 0,1 m dan 5 m gacha etadi, lekin dengiz qirg`og`iga
kelganda
10 m dan 50 m gacha etadi va undan ham ortib ketib, katta halokatlar keltiradi.
Asosan Tinch okean qirg`oqlarida kuzatiladi.
SHamol — havoning yuqori bosimli joylardan past bosimli joylarga tomon
oqishi, harakati. Muayyan masofadagi havo bosimi orasidagi farq qancha katta
bo`lsa, shamol shuncha kuchli esadi. SHamolning yo`nalishi va tezligi maxsus
asboblar (Qarang.
Flyuger va Anemometr) yordamida
aniqlanadi va Bofortning
xalharo shkalasi bo`yicha 0 dan 12 gacha ballar bilan baholanadi. SH. esayotgan
tomon ufq tomonlari nomi bilan ataladi. Mas., shimoliy, g`arbiy, janubi-sharqiy
SH. lar va h. k.
SHarq—1) ufqning to`rtta asosiy tomonlaridan biri. Tush paytida Quyoshga
qarab turgan kuzatuvchining chap tomonida bo`ladi; 2)
matematik ufq tekisligi
bilan osmon ekvatori kesishgan nuqta; 3) Quyosh chiqadigan tomon.
SHimol — ufqning to`rtta asosiy tomonlaridan biri. Tush chizig`i bilan
haqiqiy ufq doira chizig`i kesishgan nuqta. CHiqayotgan quyoshga qarab
turganingizda chap tomoningizda bo`ladi.
Ekvator (latincha
ekuator — tenglashtiruvchi) — Yer yuzasida qutblardan
barobar uzoqlikdan o`tkazilgan aylana chiziq. Ekvator Er kurasini ikki yarim
sharga — shimoliy va janubiy yarim sharlarga bo`ladi.
Geografik kengliklar
ekvatordan boshlab qutbga tomon hisoblanadi. Ekvator uzunligi (Krasovskiy
ma`lumotiga ko`ra) 40075696 m, 1°yoyining uzunligi, 111321,4 m. Ekvatorda
kecha bilan kunduz doimo teng bo`ladi. Quyosh ekvator ustida har yili ikki marta
21 mart va 23 sentyabrda qoq tepadan o`tadi.
Dostları ilə paylaş: