A. Q. Samyayev, Q. S. Yarashev, B. B. Eshquvvatov



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/51
tarix13.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#129566
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   51
Samyayev

 Proterozoy (yunoncha proteros — ilk, eng qadimgi, zoe hayot) — Er 
tarixining kembriy davridan oldin o`tgan vaqtniig katta qismini o`z ichiga oladigan 
geologik era va shu erada vujudga kelgan tog` jiislari.
2 mlrd. yildan ko`proq vaqtni o`z ichiga oladi. Ikki davrga — yuqori va quyi. 
P. ga bo`linadi. P. tog` jinslari orasida temir, mis, marganets ma`danlari, fosforit, 
grafit, nodir metallar uchraydi. 
Psixrometr (yunoncha psixros— sovuq, metreo—o`lchayman) — havo 
namligi o`lchanadigan asbob. Ikkita termometrdan iborat: biri quruq, ikkinchisining 
simobli uchiga mato o`rab suvli idishga tiqib qo`yiladi. Xo`l termometr haroratni 
pastroq ko`rsatadi. Ana shu termometrlar ko`rsatkichidagi farq asosida havo 
namligi maxsus jadvaldan aniqlanadi. 
Relef — (franduzcha «relef» — ko`taraman) — yer yuzasi shakllari: tog`lar, 
tekisliklar, pasttekieliklar, adirlar, yassi tog`liklar, tepaliklar, qirlar, vodiylar, 
botiqlar, soyliklar, jarlar va boshqalar majmui. Relef ikki xil kuch — ichki 
(endogen) va tashqi (ekzogen) kuchlarning birgalikda hamda muntazam o`zaro 
ta`siri natijasida vujudga keladi. 
Savanna (ispancha sabana)— har er-har erda yakka holda yoki to`p-to`p 
daraxtlar o`sadigan quruq tropik o`t o`simliklari. O`tlar orasida bo`yi 1—3 m ga 
etadigan g`allagulli qurg`oqchil o`simliklar ko`p. Daraxtlar va butalar 
soyabonsimon ko`rinishga ega. Jan. Osiyo, Jan. Amerika, Afrika va Avstraliyada 
keng tarqalgan. 
Seysmik mintaqa — Er qimirlash markazlari joylashgan va zilzilalar bo`lib 
turadigan mintaqa. Hozirgi zamon tektonik harakatlari, tog`lar hosil bo`lishi ro`y 
berayotgan, chuqur okean botiqlari paydo bo`layotgan joylarni o`z ichiga oladigan 
uzun cho`zilib ketgan hududlar kiradi. Ikkita katta S. m. mavjud. Evropa Osiyo 
(Alp-Himolay) va Tinch okean halqasi. 
Seysmologiya (yunoncha — seysmos — er qimirlash, logos — fan)— er 
qimirlash va u bilan bog`liq hodisalarni o`rganuvchi fan: Zilzilalar sabablarini
ularning tektonik jarayonlar bilan aloqalarini, oldindan aytib berish imkonlarini, 
Yer yuzasida tarqalish geografiyasini, er qimirlash oqibatlariga qarshi kurash 
yo`llarini o`rganadi. 
Sinekliza (yunoncha sin – birgalikda va engilisis – egilish) – er po`stining 
platformalarida salginabotiq qismi. Eni bir necha yuz km ga etadi. SHakli 
ko`pincha noto`g`ri yumaloq bo`ladi. S. Botig`i cho`kindi jinslar to`ldirib, yer 
yuzasi yassi yoki salgina botiq tekislikka aylangan bo`lishi mumkin. Mas., Liviya 
S. si Moskva S. si va h. k. 
Sinklinal (yunoncha— sinklit — egilaman)— tog` jinslari qatlamlarining 
qabariq tomoni pastga qaragan burmasi. S. antiklinal bilan yonma-yon joylashgan 
bo`ladi. 
Stratosfera (latppchm stratum — qatlam, sfera-— kurra, shar) — 
atmosferaning troposfera bilan mezosfera oralig`ida Er yuzidan 8—16 km dan 45 – 


65 
55 km balandlikkacha bo`lgan qatlami. Strosferada balandlik oshgan sari harorat ham 
o`zgaradi, 25 km dan yuqorida ko`tarila boradi. Havoning gaz tarkibi troposferadagi 
kabi. Lekin suv bug`i kamayadi, ozon miqdori oshadi. Bulut deyarli yo`q. SHamol 
tezligi katta, sekundiga 800—1000 m ga etadi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin