A. Q. Samyayev, Q. S. Yarashev, B. B. Eshquvvatov



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/51
tarix13.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#129566
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51
Samyayev

Materik orollari — bir zamonlar materiklarning tarkibiy, qismi bo`lib, 
keyinchalik quruqlikning cho`kishi, tektonik yoriqlar natijasida ulardan uzilib 
qolgan quruqliklar. Bunday orollar geologik va tektonik tuzilishiga ko`ra 
materiklarga o`xshagan bo`ladi. Materik orollarining ba`zi birlari juda katta. Mas., 
Grenlandiya, YAngi, Gvineya, YAngi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Novaya 
Zemlya, Madagaskar. 
Materik sayozligi, shelf—1 materiklarning dengiz va okeanlar qirg`oqlari 
bo`ylab cho`zigan suv osti davomi. Eni bir necha km dan 1200—1500 km gacha 
etadi. M. s. dengiz cho`kindilari (shag`al, qum, qumoq, loyqa) ko`p to`planadigan 
joy, yorug` va iliq bo`lganidan organizmlar, jumladan baliq ko`p. Materik 
sayozligida ko`plab neft, gaz konlari va boshqa foydali qazilmalar topilmoqda. 
Musson iqlimi — musson shamollari ta`sirida tarkib topadigan iqlim. Yil 
odatda ikki faslga bo`linadi: Sernam issiq yoz, quruq salqin qish. Iqlim yozda 
dengizdan keladigan sernam havo, qishda quruqlikdan esadigan quruq havo 
ta`sirida hosil bo`ladi. Janubiy, janubi-sharqiy Osiyo iqlimlari M. i. ga eng yaxshi 
misol bo`ladi. 
Musson shamollari (arabcha mavsum so`zidan)— fasldan-faslga o`z 
yo`nalishini o`zgartiradigan shamollar. Qarang. Marsumiy shamollar
Mutloq balandlik — yer yuzasidagi muayyan nuqtaning dunyo okeani 
o`rtacha sathidan tik balandligi yoki pastligi. Okean sathidan baland nuqtalar 
musbat ishorasi ( + ), past nuqtalar manfiy ishorasi (—) bilan belgilanadi. Musbat 
ishorasi ko`pincha qo`yilmaydi. Mas., Jomolungga cho`qqisining M. b. 8848 m, 
To`rfon botig`iniki — 154 m. 
Mutlaq namlik — 1 m
3
havodagi suv bug`i mikdori. O`lchov birligi g/m
3

ya`ni 1 m
3
havoda necha gramm suv bug`i borligi bilan belgilanadi. 
Mo``tadil iqlim — mo``tadil mintaqalar iqlimi. Mo``tadil mintaqalarda 
Quyosh hech qachon qoq tepaga kelmaydi va uning ufqdan balandligi katta farq 
qiladi. SHu sababli iqlim ham juda har xil. YAnvar oyining o`rtacha harorati 
shimoliy qismida—20°, —25° bo`lsa, janubiy qismida 0° atrofida, shimolda 
iyulning o`rtacha harorati 10° atrofida bo`lsa, janubida 27°. YOg`in ham turli 
miqdorda yog`adi. M. i. asosan 3 xilga bo`linadi: 1) mo``tadil dengiz iqlimi, 2) 
mo``tadil kontinental iqlimi va 3) mo``tadil musson iqlimi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin