Keng bargli o`rmonlar—qishda bargini to`kadigan shapaloq bargli daraxtlar
o`sadigan o`rmonlar: buk, eman, zarang, juka, grab va boshqa daraxtlar o`sadi. K
.b. o`. shimoliy yarimsharning mo``tadil minataqasi tarkibiga kiruvchi keng bargli
o`rmonlar zonasini hosil qiladi. O`zbekistan tog`larida balandlik mintaqasi sifatida
uchraydi. Bu yerda zarang, terak, mevali daraxtlar — yovvoyi olma, yong`oq,
o`rik, do`lana, pista, qoraqat va boshqalardan iborat.
Krater (yunoncha krater — katta tovoq)—yer yuzasida yoki dengiz ostida
uchraydigan tovoqsimon yoki voronkasimon chuqurliklar. K. diametri bir necha
o`nlab m dan bir qancha km gacha, chuqurligi bir necha m dni yuzlab m gacha
bo`ladi. K. vulkanlar otilishi, yirik meteoritlar tushishi natijasida hosil bo`ladi, Vul-
kan K. lari tagida lava va boshqa jinslar, gazlar chiqadigan bo`g`iz bo`ladi. Ba`zan K, Lar
tagi suv bilan to`lib, K. ko`llarini hosil qiladi. K-lar Oy va Mirrihda ham juda ko`p.
Kriklar — mavsumiy qurib qoladigan daryo yoki vaqtincha oqim. Asosan
Avstraliyada qo`llaniladigan atama, geografik nomlar tarkibida ham ishlatiladi.
Mas., Kupers-Krik.
Kriologiya (latincha kruos— sovuq, muz va logos — bilim) umumiy
muzshunoslik, muz haqidagi fan. K. qor qoplami, muzlik, muzlar, muzloqlarning
fizikaviy, kimyoviy, mineralogik xususiyatlarini o`rganadi.
Kriosfera (latincha kruos— sovuq, muz va speyra — kura) Yer yuzasining
atmosfera, gidrosfera va litosfera o`zaro tutashib turgan hamda muzlar bo`lgan va
muz hosil bo`ladigan sovuq qobigi.
Ko`l— quruqlikdagi chuqurliklarni to`ldirgan suv havzalari Ko`llar hosil
bo`lishiga ko`ra tektonik (Issiqko`l, Baykal va b.), vulkan ko`llari (vulkan
kraterlarida — og`zida), muzlik ko`llari (muzlik o`yib hosil qilgan chuqurliklarda,
morenalar to`sib qo`ygan vodiylarda), karst ko`llari, liman ko`llari, o`zan ko`llari,
sun`iy ko`llar (suv omborlari) bo`ladi. Suv holatiga ko`ra oqar va oqmas ko`llar
bo`ladi. Suvida erigan tuzlar miqdoriga qarab, sho`r (mineralli) va chuchuk suvli
61
ko`llarga bo`linadi. Eng katta ko`llar O`rta Osiyoda Kaspiy, Orol, Issiqko`l va b.
K.-lar Er yuzida quruqli maydonining 1,4%ini (2,1 mln. km
2
) egallagan.
Lava (latincha labes — ko`chki)—vulkanlar og`zidan yoki er po`stidagi
yoriqlardan yer yuzasiga oqib chiqib, gazlarning bir qismini yo`qotgan magma. Yer
yuzasida lava harorati 1000—1200° bo`ladi. Lavaning qotishidan vulkan tog`
jinslari, mas., bazalt hosil bo`ladi.