A. Q. Samyayev, Q. S. Yarashev, B. B. Eshquvvatov



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/51
tarix13.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#129566
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   51
Samyayev

Dunyo okeani — Yer yuzidagi barcha okeanlar birgalikda Dunyo okeani 
deyiladi. Umumiy maydoni 361,1 mln: kv. km. Yer yuzasi maydonining 70,8 % ini 
tashkil etadi. SHimoliy yarimsharda butun maydonning 61%ini, janubiy 
yarimsharda esa 81%ini D. o. egallagan. O`rtacha chuqurligi 3800 m, eng chuqur 
joyi Mariana botig`ida 11022 m.
Yoyilma konusi — doimiy yoki vaqtincha oqar suvlar tor va qirlar orasidan 
tekislikka yoki vodiylarning kengroq qismiga chiqqan joyda suv keltirgan 
jinslarning to`planishidan hosil bo`lgan yarim konus ko`rinishdagi salgina qabariq 
relef shakli YO. k-lari har-xil kattalikdagi chaqiq va uvoq tor
jinslari to`plamidan 
iborat.
Yomg`ir — bulutdan tomchi holda yog`adigan va tomchisining diametri 0,5 
mm hamda undan katta bo`lgan suyuq yog`ik. YO. yomrirli qatlam-qatlam bulutdan 
yog`adigan shivalama yomg`ir va yomg`irli to`p bulutdan yog`adigan jala 
yomg`irga bo`linadi. 


59 
Yonbag`ir — bo`rtma, baland relef shakllarining (tog`lar, tepalar, do`nglar) 
atrofdagi pastliklar bilan tutashgan yon qismlari. YOnbag`irlar shakliga ko`ra botiq, 
tekis, qabariq bo`ladi.
Jarlik — tog`li o`lkalardagi tik yonbag`irlar, daryolar baland terrasalarining 
tik kesilgan chekkalari, dengizlarning urilma to`lqinlari hosil qilgan baland 
qirg`oqlari. Daryolar qalin lyoss jinslarning ostini yuvishi natijasida ham J. hosil 
bo`ladi. Tektonik yoriqlar bo`ylab uzilmalar ro`y berishidan ham J. vujudga keladi. 
J-larni odatda yon jarlar kesib tushgan bo`ladi. 
Jilg`a — qor, muz va yomg`ir suvlaridan hosil bo`luvchi hamda buloqlardan 
oqib chiquvchi oqar suvlar, kichik soylar. O`rta va Markaziy Osiyoda jilg`alar 
ko`pincha yozda qurib qoladi. Eski o`zbek tilida vodiy, soylik ham jilg`a, julg`a 
deb atalgan. 
Zonallik—Yer jo`g`rofiy qobig`ining Yer yuzida Quyosh issiqligining 
jo`g`rofiy kengliklar bo`yicha notekis taqsimlanishi va yog`in miqdorining har 
xilligi natijasida tabiiy holda turli tabiatli qismlarga bo`linishi qonuniyati.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin