A. Q. Samyayev, Q. S. Yarashev, B. B. Eshquvvatov


Barometr (yunoncha baros — og`irlik, metr — o`lchayman) — atmosfera  bosimini o`lchaydigan asbob. Barxan



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/51
tarix13.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#129566
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   51
Samyayev

Barometr (yunoncha baros — og`irlik, metr — o`lchayman) — atmosfera 
bosimini o`lchaydigan asbob.
Barxan — o`simlik bilan qoplanmagan ko`chma qum do`ngi. SHamol 
ta`sirida bir joydan ikkinchi joyga ko`chib yuradi. Yillik ko`chish tezligi bir necha 
sm dan yuzlab m ga etadi.
Biosfera (yunoncha bio — hayot, sfera — shar)—Yerning hayotga makon 
bo`lgan, tirik organizmlar tarqalgan joyi qobig`i. B. atmosferaning pastki qismi 
(troposfera)ni okean, dengiz, ko`l va daryo suvlari (gidrosfera) ni hamda Yer 
po`stining ustki qismi (litosfera)ni o`z ichiga oladi. 
Bir butunlik qonuniyati — tabiatda barcha komponentlar va hodisalarning 
o`zaro bir-birlari bilan bog`lanib ketib, bir butun tabiiy muhitni hosil qilganligi. 
Tabiatda uning barcha qismlari, hamma elementlari, hodisalar o`zaro bog`lanib 
ketgan hamda muayyan muvozanatda turadi. Tabiatdagi biror komponent, element 
o`zgarsa, bu o`zgarish boshqa komponentlarga ham ta`sir etib, butun tabiiy muhitni 
o`zgarishga olib keladi. Tabiatga puxta o`ylanmay ko`rsatilgan ta`sir ko`pincha 
salbiy oqibatlarga olib keladi. 
Bora (yunoncha boreas — timol)— qishda tog` yonbag`irlari bo`ylab pastga, 
dengiz, ko`llar»tomonga esadigan kuchli sovuq shamol.  
Botqoqlik— doimo yoki uzoq vaqt zax bo`lib yotadigan joy. Bot-qoqlikda 
ba`zan 0,2—0,3 m qalinlikda torf qatlami bo`ladi. O`simliklarning ildizlari torf 
ostidagi qatlamga etib bormaydi. Torf qatlami yupqa bo`lsa botqoqlashgan yerlar 
deb ataladi. Botqoqlik o`rmoni kesilib ketgan yoki kuyib ketgan joylarda va 
o`tloqlarni uzoq vaqt suv bosishi, shuningdek, sayoz suv havzalarini o`t qoplashi 
natijasida hosil bo`ladi.
Bosh meridian (nolinchi meridian) — geografik uzunliklarni hisoblashda 
shartli ravishda boshlang`ich deb qabul qilingan meridian. Xalqaro kelishuvga 
muvofiq, London yaqinidagi Grinvich rasadxonasidan o`tuvchi meridian B. m. deb 
qabul qilingan. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin