55
Antekliza (yunoncha
anti — qarshi va
klisis— og`ish)—platformalarda yer
po`stining salgina ko`tarilgan gumbazsimon shakllari, gumbazsimon qirlar.
Kengligi bir necha yuz km ga etishi mumkin. Yer po`stining uzoq vaqt davomida
asta-sekin ko`tarilishi natijasida hosil bo`ladi.
Antitsiklon (yunoncha
anti - qarshi,
syklon - aylanuvchi)— atmosferada ro`y
beradigan katta girdob. Havo bosimidagi farqlar ta`sirida shamollar A. markazdan
chekkaga tomon yo`naladi. Lekin Yerning o`z o`qi atrofida aylanishi ta`sirida
shamol Shimoliy yarimsharda o`z yo`nalishini o`zgartirib,
soat mili xarakati
yo`nalishida, Janubiy yarimsharda teskari yo`nalishda esadi. A. soatiga o`rtacha 30
km –tezlikda siljiydi. O`rta Osiyoda tezroq — yozda soatiga 49 km, qishda 60— 65
km tezlikda g`arbdan sharqqa tomon siljib boradi. A-da ko`pincha havo ochiq,
kechasi salqin, kunduzi iliq bo`ladi.
Ariq — daryo, soy, kanal va boshqalardan sug`orish, suv bilan ta`minlash va
boshqa maqsadlarda inson kuchi bilan chiqarilgan shoxobcha. Ba`zi
qadimgi
kanallar hozir ham A. deyiladi. Chunonchi, Zaxariq, Jilvonariq, Kaykovus arig`i,
Damariq va hokazo. Ekinlarni sug`orish uchun tortilgan jo`yaklar ham ba`zan A.
deyiladi.
Dostları ilə paylaş: