A. Q. Samyayev, Q. S. Yarashev, B. B. Eshquvvatov


Briz (frantsuzcha brize — shabada) — dengizlar, katta ko`llar, ba`zi bir yirik  daryolar sohilida esadigan mahalliy shamollar. Buloq



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/51
tarix13.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#129566
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   51
Samyayev

Briz (frantsuzcha brize — shabada) — dengizlar, katta ko`llar, ba`zi bir yirik 
daryolar sohilida esadigan mahalliy shamollar.
Buloq, ch a sh m a — yer ost» suvlarining yer yuzasiga tabiiy» holda chiqishi. 
B. suvli qatlamlar yer yuzasiga chiqib qolgan joylar — vodiylar, soylar jarlar, tog` 
yonbag`irlari, tog` etaklarida bo`ladi. B-lar bosimli va bosimsiz bo`ladi.
Bulut — havodagi juda mayda (kolloid) suv zarrachalari, tomchilari va muz 
zarrachalari to`plami. Ular yiriklashib yog`in bo`lib tushadi. B. havo yuqorilama 
harakat qilganda, yuqoriga ko`tarilganda harorat pasayib, suv bug`lari 
kondensatsiyalanib hosil bo`ladi.
Bulutlilik—osmonning bulut bilan qoplanganlik darajasi. Osmonni bulut tekis 
qoplagan bo`lsa B. 10 ballga, agar osmonni yarim qoplagan bo`lsa 5 ballga, havo 
ochiq bo`lsa 0 ballga teng deb qabul qilinadi. 


57 
Burmalanish — Yer po`stida yon tomondan bo`ladigan kuchli tektonik bosim 
ta`sirida qatlamlarning bukilib, burmalar hosil qilishi. B. natijasida burmali tog`lar, 
ular orasida botiqlar — tektonik vodiylar paydo bo`ladi.
Burmali tog`lar — tektonik harakatlar ta`sirida tog` jinslari qatlamlari 
burmalangan va tevarak atrofdan baland ko`tarilib qolgan tog`lar. Masalan, 
Kavkaz, Himolay, And, Kordil`era tog`lari va boshqalar. 
Burun (tumshuq)—quruqlikning okean, dengiz, ko`llarga eng ko`p turtib 
chiqqan uchlik qismi, qirg`oqning qanday tog` jinslaridan tashkil topganiga qarab, 
burunlar suv yuzasidan tik ko`tarilgan (Dejnyov burni, Ayiqtog` burni) past tekis 
bo`ladi 
Vodiy— relefning uzun cho`zilgan botiq shakli. Hosil bo`lishiga ko`ra, 
erozion va tektonik bo`ladi. Har ikkala sababning birgalikda ta`siridan ham vujudga 
keladi.
Voha — chalacho`l va cho`llarda o`simlik bilan qoplangan, aholi yashaydigan 
obod joy.
Vulkan — (lotincha vulkanus — olov xud osi), yonartog` — Yer po`stida ro`y 
beradigan tektonik harakatlar natijasida hosil bo`lgan yoriqlar, teshiklardan lava, 
qaynoq gaz, suv bug`lari, toshlar, kul chiqarib turadigan hodisa.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin