A. Q. Samyayev, Q. S. Yarashev, B. B. Eshquvvatov



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/51
tarix13.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#129566
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51
Samyayev

Artezian suvlari — har xil chuqurlikda suv o`tkazmaydigan qatlamlar 
oralig`ida hosil bo`lgan yer osti suvlari. Artezian suvlari bosim ostida bo`ladi, 
shuning uchun burg` qudug`i qazilganda suvli qatlamnnng shipidan yuqori 
ko`tariladi, bosim etarli darajada kuchli bo`lganda esa yer yuziga ko`tariladi yoki 
favvora bo`lib chiqadi. Artezian so`zi Frantsiyadagi Artua viloyati nomidan 
olingan.
Arxipelag, to`da o r o l l a r (italyancha arxi — dastlabki, pelago — dengiz) — 
bir-birlaridan unchalik uzoq bo`lmagan va odatda bir butun deb hisoblanadigan 
orollar to`dasi.
Atmosfera (yunoncha atmos — bug`, spharia — shar)—Yer bilan bir 
butundek birga aylanadigan havo qobig`i. Atmosferaning Yer yuzidan 100—200 
km balandlikkacha bo`lgan qatlami azot (78,1%), kislorod (20,9%), argon (0,9%) 
va karbonat angidrid gazi (0,03%) aralashmasidan iborat. Atmosferada bu 
gazlardan tashqari suv bug`lari, chang va juda kam miqdorda siyrak gazlar bor. 
Amosferada 10 km gacha balandlikda asosan yerda hosil bo`lgan chang bo`ladi. 
Katta balandliklarda esa, meteor jismlar yonishidan hosil bo`lgan kosmik chang 
bo`ladi. Ayniqsa, atmosferaning yerga yaqin qatlamida chang ko`p, bu yerda 1 kub 
sm quruq havoda 100 mingtagacha chang zar-ralari bor. Balandlik ortgan sari 
atmosferaning zichligi, bosimi, harorati va boshqa fizik hamda kimyoviy xossalari 
o`zgaradi. Atmosfera Quyidagi 5 qatlamga bo`linadi: troposfera, stratosfera, 
mezosfera, termosfera yoki ionosfera, ekzosfera. 
Atmosfera frontlari — troposferada turli xil fizik xususiyatlarga ega bo`lgan 
havo massalarini bir-biridan ajratib turuvchi kambar (eni bir necha o`n km), lekin 
uzun cho`zilgan (yuzlab, ba`zan minglab km) oraliq, o`tkinchi zona.
Afeliy (yunoncha aro — dan xelios — Quyosh) —sayyora, asteriod, dumli 
yulduzlar orbitalarining Quyoshdan eng uzoq nuqtasi. 


56 
Baland tog`lar — rel`efning morfogenetik tipi, balandligi 2000 m dan yuqori 
bo`lgan tog`lar. Yuqorida muz bilan qoplanganligi sababli muz hosil qilgan rel`ef 
shakllari keng tarqalgan bo`ladi. Bunday tog`larga Himolay, Tyanshan, Al`p, 
Pomir, Kavkaz, Oltoy tog`lari kiradi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin