1. Chaqiq tosh ishlab chiqarish texnologiyasi Ishlab chiqarish va boyitish



Yüklə 325,37 Kb.
səhifə1/4
tarix10.02.2023
ölçüsü325,37 Kb.
#83762
  1   2   3   4
1. Chaqiq tosh ishlab chiqarish texnologiyasi Ishlab chiqarish v


13-Ma'ruza. Chaqiq tosh ishlab chiqarish texnologiyasi. Ishlab chiqarish va boyitish. Chaqiq tosh uchun texnik talablar.


Reja:
1. Chaqiq tosh ishlab chiqarish texnologiyasi
2. Ishlab chiqarish va boyitish.
3.Chaqiq tosh uchun texnik talablar.


Chaqiq tosh ishlab chiqarish texnologiyasi
Chaqiq tosh tog‘ jinslarini maydalash asosida olinadi. Chaqiq tosh yuqori mustahkamlikdagi betonlar uchun sifatli yirik to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. U shag‘aldan qimmat, biroq O‘zbekistonda chaqiq tosh ishlab chiqarish
hajmi shag‘aldan bir necha bor ortadi. Bu shu bilan tushuntiriladi: shag‘al Respublikamizning barcha tumanlarida ham uchramaydi va yuqori mustahkamlikdagi beton olish uchun ishlatib bo‘lmaydi. Chaqiq tosh olishda asosiy xomashyo sifatida otqindi tog‘ jinslari-
granit, gabro, diabaz, bazalt va karbonat cho‘kindi jinslari ohaktosh va dolomitlar ishlatiladi. Sanoatda qumtosh va metamorfik tog‘ jinslari kam ishlatiladi. Keltirilgan talablar zichligi-1800 kg/m3 dan katta tog‘ jinslarini maydalashda olingan shag‘alga mos keladi.


Ishlab chiqarish va boyitish.
Chaqiq tosh ishlab chiqarish quyidagi texnologik jarayonlarni qamrab oladi: toshni qazib olish, maydalash va navlarga ajratish (elash). Toshlarni qazib olish asosan konlarda bajariladi.
Tog‘ jinslari konlarini qayta ishlash ochish ishlaridan boshlanadi, bunda o‘simlik qavati va qum – gilli jinslarni texnik vositalar bilan olib tashlanadi. Ochish ishlari tarkibiga yuqori zonalardagi yaroqsiz toshlarni olib tashlash ham kiradi. Bu ishlar portlatish bilan bajarilib toshlar maxsus chuqurlarga to‘kiladi.
Tosh massivini olib tashlab va tog‘ yonbag‘irlariga keng maydon ochilgandan so‘ng maxsus parmalovchi mashinalar va stanoklarda tog‘ massivida diametri 250 mm gacha, chuqurligi 10-20 m gacha bo‘lgan, bir qator yoki shaxmat tartibida 2-3 qator qilib har 4-7 m da skvajinalar ochiladi, ularga portlovchi moddalar (ammonit, trotil va boshqa) joylashtiriladi va bir vaqtning o‘zida portlatish ishlari bajariladi(xavfli xududdan odamlar va texnika vositalari chiqariladi).
Portlatish natijasida tog‘ yonbag‘ridagi ochilgan maydon turli yiriklikdagi toshlar, bo‘laklar bilan to‘ladi. Yirik bo‘laklar ikkinchi marta qayta portlatiladi va jinslar cho‘mich sig‘imi 2-4 m3 bo‘lgan ekskavatorda qayta ishlanadi.
Toshning ruxsat etilgan eng katta o‘lchami ekskavator cho‘michi sig‘imi –ye ga bog‘liq:
a ≤ 0,8 3 ye
Masalan, ekskavator cho‘michi sig‘imi -4 m3 bo‘lsa, u holda karerdagi toshning o‘lchami-1,27 m ga yetishi mumkin. Toshlar ekskavator yordamida transport vositalariga (katta yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega avtosamosvallarda) yuklanadi va maydalash-navlarga ajratish korxonalariga yetkaziladi.
Ko‘p holllarda toshni dastlabki maydalash konlarda bajariladi va maydalash – navlarga ajratish korxonalariga yirik holda emas, balki kerakli o‘lchamda keltiriladi.
Maydalash – navlarga ajratish korxonalarining asosiy uskunalari bu maydalagichlar, katta ko‘zli g‘alvirlar, lentali konveyrlar, ta'minlovchilar, transportyorlar hisoblanadi. Asosan titratuvchi va giratsion katta ko‘zli g‘alvirlar ishlatiladi. Yirik toshlar uchun qo‘zg‘almas kolosnikli g‘alvirlar ham qo‘llaniladi.
Maydalagichlar konstruksiyasi va maydalash prinsipiga ko‘ra jag‘li, konusli, valkli, bolg‘ali va boshqa turlarga bo‘linadi. Toshlarni yirik va o‘rtacha maydalashda jag‘li maydalagichlar keng ishlatiladi (6.2-rasm,a). Qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas jag‘lar orasiga tushuvchi toshlar, jag‘larni yopilishida maydalanadi.




Yüklə 325,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin