Mavzu:Rudani skvajinalar orqali qazib olish.
Ishdan maqsad: talabalarga konchilik korxonalarida foydali qazilmalarni massivdan ajratib olish usullaridan skvajinalar orqali ajratib olishni o’rgatish
Ruda tanasi qalin bo‘lgan konlarni yer osti usulida qazib olishda skvajinalarni portlatib rudani qulatish usuli amaliyotda keng tarqalgan. Ular burg‘ilovchi ishchilarning mehnat unumdorligining yuqori bo‘lishini taminlaydi, ularga xavfsizroq, sog‘lom mehnat sharoitini yaratish imkonini beradi. Chunki skvajinalarni burg‘ilash geometrik. o‘lchamlari katta bo‘lmagan lahimda turib amalga oshiriladi va burg‘ilash jarayonida perforatorda burg‘ilanganiga nisbatan kam miqdorda chang ajraladi. Chuqur skvajinalar qo‘llanish tayyorlovchi- kesuvchi lahimlar o‘tish hajmini kamaytirib, rudani qazib olish tannarxini arzonlashtiradi.
Uning asosiy kamchiligi: ruda bir tekis maydalanmasdan nogabarit bo‘laklarining chiqish darajasini yuqoriligi, seysmik tasiri yuqori bo‘lishi, rudani miqdor yo‘qotilish va sifatsizlanish darajasini ko‘pligidir.
Rudani o‘pirib qulatish uchun burg‘ilanadigan skvajinalar 5-6 metrdan 50-60 metrgacha, diametri esa 30-40 mm dan 150-250 mm gacha bo‘lgan o‘lchamda burg‘ilanadi.
Skvajinalar massivga vertikal, qiya, gorizantal holatda o‘zaro parallel yoki yelpig‘ichsimon ko‘rinishda burg‘ilanadi. Burg‘ilanadigan qatlamning o‘lchamlari qazib olinadigan blokni loyihada qabul qilingan o‘lchamiga, burg‘ilovchi stanokning burg‘ilash chuqurligiga va ruda tanasini kontaktlarining xarakteriga bog‘liq.
8.1 rasm skvajinalarni massivga yelpig‘ichsimon joylashtirish sxemasi.
|
8.2 rasm a-skvajinalarni ochiq muhitda
portlatish, b- skvajinalarni siqilgan muhitda portlatish.
|
Siqilgan muhitda portlatish yo‘li bilan rudani maydalaganda uning hajmining ko‘payishi avval qulatib (qisman tushirilgan) ruda yoki puch jinslarni zichlanishi
hisobiga erishiladi. Bir vaqtning o‘zida 4-5 qator zaryadni portlatganda siquvchi materiallarning eng ko‘p siljishi 3 metrga yetadi. Siqilgan muhitda portlatilganda portlovchi moddaning sarflanishi yuqori bo‘ladi, lekin rudaning maydalanish darajasi bo‘yicha yaxshi ko‘rsatkichlarga erishiladi. Bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli skvajinalar komplektini portlatish uchun kompensatsiyalovchi ochiq kamera hosil qilinadi.
Qatlamda skvajinalar yelpig‘ichsimon joylashtirilganda qatlamni konturlash uchun uning qarama-qarshi tomonida ham burg‘i lahimi o‘tiladi.
Burg‘ilash lahimlarining soni ularning o‘zaro joylashishi, ruda va uning atrofidagi jinslarning fizik-mexanik xususiyatlariga, ruda tanasi kontaktlarining xarakteriga qarab aniqlanadi. To‘g‘ri shaklga ega bo‘lmagan ruda tanasida burg‘ilash lahimlarining soni ko‘proq joylashtiriladi, skvajinalarning chuqurligini esa cheklab, kamaytirilgan bo‘ladi.
Foydali qazilmalarni skvajina zaryadlarini portlatib olishni loyihalaganda, skvajina diametriga, ularning joylashishini (bitta blokdagi skvajinalarning joylashishi turli xil bo‘lishi mumkin) hisobga olinishi kerak.
Bugungi kunda konchilik korxonalarida ko‘p qatorli (2-6 qator) skvajinalar to‘plamini qisqa fursat intervalida qatorlarni portlatish usuli bilan tog‘ jinsini massivdan ajratib olish usuli eng ko‘p qo‘llaniladi.
Skvajinalar parallel holatda joylashganda burg‘ilash kamerasida 4-6 𝑚2 yuzaga bitta skvajina burg‘ilanadi va bu orqali kov joydagi skvajinalar sonini hisoblashimiz mumkin. Odatda skvajinalarning birinchi qatori va burg‘ilash kamerasi yon devori yoki yondosh tog‘ jinslari chegarasigacha 0,4-0,5 m oraliq masofa bo‘ladi.
Qatlamdan qulatib ajratilgan ruda miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi.
𝐷𝑠𝑙 =
Bunda;𝐵– qatlamning eni, m; h– qatlamning balandligi, m;
(𝐵 ∙ ℎ − 𝑆𝑏) ∙ 𝜔 ∙ 𝛾 ∙ 𝑘𝑞.𝑜 1 − 𝜌
𝑆 𝑏– burg‘ilash lahimining ko‘ndalang kesim yuzasi, m2.
𝑘 𝑞.𝑜 – foydali qazilmani qazib olish koeffitsienti ;
𝜌 – foydali qazilmani sifatsizlanish koeffitsienti ;
𝛾 – foydali qazilmaning hajmiy og‘irligi, t/m3 ;
𝜔 – skvajinalar orasidagi eng qisqa qarshilik chizig‘i (e q q ch)
Foydali qazilmalarni skvajina zaryadlarini portlatib ajratib olishda skvajinalar orasidagi eng qisqa qarshilik chizig‘i (e q q ch) quyidagi formula bilan aniqlanadi.
𝜔 = 𝑘𝑛 ∙ 𝐶0 ∙ 𝑑 ∙ √ 𝛿0 ∙ 𝜃
Bunda; 𝑘 𝑛– tog‘ jinslarining mexanik xususiyatlarini hisobga oluvchi
koeffitsienti 𝑘𝑛 = 0,9 ÷ 1;
𝐶0 – tog‘ jinslarining portlovchanlik xususiyatlari;
𝑑 – skvajina diametri, m;
𝛿0– skvajinani zaryadlashning nisbiy zichligi;
𝜃 – qo‘llanilayotgan portlovchi moddaning ammonit № 6 jv ga nisbatan ish qobiliyatini o‘tkazish koeffitsienti;
Eng qisqa qarshilik chizig‘i (e q q ch) ni hisoblashda tog‘ jinslarining portlovchanlik xususiyatlari 𝐶0 quyidagicha aniqlanadi.
𝐶0 = 20 + 56 ∙ 𝑒−0,2∙𝑓
Bunda; 𝑓 – tog‘ jinsining mustahkamlik koeffitsienti;
𝑓…………....4
|
6
|
8
|
10
|
12
|
14
|
16
|
18
|
20
|
𝑒−0,2∙𝑓……0,45
|
0,3
|
0,2
|
0,14
|
0,09
|
0,06
|
0.04
|
0,03
|
0,02
|
jadval.
Portovchi modda turi
|
Zaryadlashning nisbiy zichligi, 𝛿0.
|
O‘tkazish
koeffitsienti, 𝜃.
|
Ammonit № 6 jv. Zyernogranulit. Granulit AS-8.
Granulit AS-4.
Manfo - 8
|
1-1,2
1,1-1,2
1-1,2
1,1-1,2
0,9-1
|
1
1
1,15
1,1
0,9
|
Dostları ilə paylaş: |