Materik orollari — bir zamonlar materiklarning tarkibiy, qismi bo`lib,
keyinchalik quruqlikning cho`kishi, tektonik yoriqlar natijasida ulardan uzilib
qolgan quruqliklar. Bunday orollar geologik va tektonik tuzilishiga ko`ra
materiklarga o`xshagan bo`ladi. Materik orollarining ba`zi birlari juda katta. Mas.,
Grenlandiya, YAngi, Gvineya, YAngi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Novaya
Zemlya, Madagaskar.
Materik sayozligi, shelf—1 materiklarning dengiz va okeanlar qirg`oqlari
bo`ylab cho`zigan suv osti davomi. Eni bir necha km dan 1200—1500 km gacha
etadi. M. s. dengiz cho`kindilari (shag`al, qum, qumoq, loyqa) ko`p to`planadigan
joy, yorug` va iliq bo`lganidan organizmlar, jumladan baliq ko`p. Materik
sayozligida ko`plab neft, gaz konlari va boshqa foydali qazilmalar topilmoqda.
Musson iqlimi — musson shamollari ta`sirida tarkib topadigan iqlim. Yil
odatda ikki faslga bo`linadi: Sernam issiq yoz, quruq salqin qish. Iqlim yozda
dengizdan keladigan sernam havo, qishda quruqlikdan esadigan quruq havo
ta`sirida hosil bo`ladi. Janubiy, janubi-sharqiy Osiyo iqlimlari M. i. ga eng yaxshi
misol bo`ladi.
Musson shamollari (arabcha mavsum so`zidan)— fasldan-faslga o`z
yo`nalishini o`zgartiradigan shamollar. Qarang. Marsumiy shamollar.
Mutloq balandlik — yer yuzasidagi muayyan nuqtaning dunyo okeani
o`rtacha sathidan tik balandligi yoki pastligi. Okean sathidan baland nuqtalar
musbat ishorasi ( + ), past nuqtalar manfiy ishorasi (—) bilan belgilanadi. Musbat
ishorasi ko`pincha qo`yilmaydi. Mas., Jomolungga cho`qqisining M. b. 8848 m,
To`rfon botig`iniki — 154 m.
Mutlaq namlik — 1 m
3
havodagi suv bug`i mikdori. O`lchov birligi g/m
3
,
ya`ni 1 m
3
havoda necha gramm suv bug`i borligi bilan belgilanadi.
Mo``tadil iqlim — mo``tadil mintaqalar iqlimi. Mo``tadil mintaqalarda
Quyosh hech qachon qoq tepaga kelmaydi va uning ufqdan balandligi katta farq
qiladi. SHu sababli iqlim ham juda har xil. YAnvar oyining o`rtacha harorati
shimoliy qismida—20°, —25° bo`lsa, janubiy qismida 0° atrofida, shimolda
iyulning o`rtacha harorati 10° atrofida bo`lsa, janubida 27°. YOg`in ham turli
miqdorda yog`adi. M. i. asosan 3 xilga bo`linadi: 1) mo``tadil dengiz iqlimi, 2)
mo``tadil kontinental iqlimi va 3) mo``tadil musson iqlimi.