A. Q. Samyayev, Q. S. Yarashev, B. B. Eshquvvatov



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/51
tarix13.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#129566
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51
Samyayev

Lab — daryo, ko`l, jar va boshqa suv havzalari sohilining qirg`oq bo`yi qismi. 
Joy nomlari tarkibida ham bor. Mas., Buxorodagi Labihovuz. 
Landshaft (nemischa land— er va shaft — manzara)— tabiiy komplekslarni 
umumlashtiruvchi tushuncha: geologik zamini, relefi, iqlimi, tuproqlari, o`simlik 
turkumi, hayvonot dunyosi, er osti va yer usti suvlari rejimining bir xilligi bilan 
ajralib turadigan va tabiiy chegaralarga ega bo`lgan hudud. Landshaftshunoslikda 
landshaftning uch xil tushunchasi mavjud: 1) regional tushuncha. Bunda landshaft 
yer yuzasining tabiiy chegaralangan uncha katta bo`lmagan qismi tushuniladi; 2) 
tipologik, umumlashtiruvchi tushuncha. Mas., tog`-o`rmon qo`ng`ir tuproqlaridagi 
butazor-siyrak o`rmonlar landshafti; 3) landshaft umumiy tushuncha. Mas., o`rmon 
landshafti, cho`l landshafti, botqoq landshafti. 
Landshaft komponentlari - har bir joydagi tog` jinslari, relef, iqlim, yer usti 
va er osti suvlari, o`simliklar, hayvonot dunyosi, tuproqlar.
Landshaftlar rekultivatsiyasi — inson faoliyati ta`sirida muvozanati 
buzilgan yoki ishdan chiqqan tabiiy va antropogen landshaftlarni tiklash, qayta 
ishga solish yoki uyar o`rnida yangi landshaftlar bunyod etish. 
Landshaft qobig`i — geografik qobiqning litosfera (Er po`sti) gidrosfera (suv 
qobig`i) va troposfera bevosita tutashib turgan nisbatan yupqa markaziy qismi. L. q. 
hozirgi nurash po`stini, tuproq-o`simlik qoplamini, barcha tirik organizmlarni va 
havoning erga tutashib turgan quyi qismini o`z ichiga oladi. L. q.-ning qalinligi 
qutbiy o`lkalarda 10 m dan ekvatorial o`monlarda 100—150 m gacha etadi.
Litosfera plitalari — Er po`sti (litosfera) ning yirik (bo`yi va eni minglab km 
ga etadigan), qattiq bo`laklari. L. p. atrofdan seysmik va tektonnk jihatdan juda faol 
yorilshilar mintaqalari bilan o`ralgan bo`ladi. Eng yangi tasavvurlarga ko`ra L. p. 
mantiya ustida doim siljib yuradi. Harakat yo`nalishi okeanlar o`rtalig`idagi 
tog`lardan siqilish (to`qnashish) mintaqasiga tomon bo`ladi. L. p. bir-birlariga 
nisbatan ham va yorilish mintaqalari bo`ylab ham siljiydi. To`qnashish mintaqasida 
burmali tog`lar, siljiqlar, bukilmalar vujudga keladi. 
Mantiya, Er mantiyasi (yunoncha mantion — ko`rpa, yopinchiq)— Er po`sti 
bilan o`zagi (yadrosi) yurasida joylashgan qatlam, Quyi chegarasi yer yuzasidan 
taxminan 2900 km chuqurlikda joylashgan. Mantiyada moddaning zichligi 3,3 
g/sm
3
dan (yuqori qatlamlarda) 5,7 g/sm
3
gacha (yadro bilan chegaradosh qismida). 
M. aftidan asosan magniy va temirdan iborat og`ir minerallardan tashkil toptan. Er 
po`stida ro`y beradigan tektonik harakatlar, vulkan jarayonlari va boshqalar M. 
bilan bog`liq. 
Materiklar — hamma tomondan yoki deyarli hamma tomondan okean va 
dengiz suvlari bilan o`ralgan eng qatta quruqlik. Materiklar er po`stining tuzilishiga 
va qalinligiga ko`ra okean osti er po`stidan farq qiladi. Materik Yer po`stida 


62 
qalin—40— 50 km (70 km gacha) va unda granit qatlami bo`ladi. YOr yuzida 6 ta 
materik bor: Evrosiyo, Afrika, SHimoliy Amerika, Janubiy. Amerika, Antarktida, 
Avstraliya.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin