A. Q. Samyayev, Q. S. Yarashev, B. B. Eshquvvatov



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/51
tarix13.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#129566
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   51
Samyayev

Nisbiy balandlik — yer yuzasidagi ikki nuqta orasidagi tik balandlik Mas., 
tog` cho`qqisi bilan vodiy tagi orasidagi tik balandlik, yoki daryo ikki qirg`og`ining 
bir-biridan balandligi va h. k. 
Nurash — Tog` jinslarining havo, suv, muz haroratining o`zgarib turishi, 
organizmlar ta`sirida parchalanib uvoqlashishi hamda kimyoviy tarkibining 
o`zgarishi jarayoni. Fizikaviy va kimyoviy nurashlar bo`ladi. Ba`zan tadqiqotchilar 
organik nurashni ham alohida ajratishadi; Aslida organik N. organizmlar ta`sirida 
ro`y beradigan fizikaviy yoki kimyoviy N. ko`rinishlardan iboratdir. 


63 
Nurash po`sti — Tog` jinslarining havo, suv va organizmlar ta`sirida 
o`zgarishidan hosil bo`lgan g`ozak jinslar qatlami. Tub tog` jinslaridan g`ovakligi 
va kimyoviy tarkibining o`zgarganligi bilan farq qiladi. Tabiiy sharoitga qarab N. p. 
ning qalinligi har xil bo`ladi. Issiq va sernam o`lkalarda qalin (200 m gacha) 
bo`ladi. N. p. ning hosil bo`lishi Erning barcha geologik davrlarida ro`y bergan. 
Ob-havo — atmosfera quyi qismining (havoning) muayyan bir qisqa vaqtdagi 
tabiiy holati. Vaqt va masofada tez o`zgarib turadi. O. ma`lum bir vaqtning o`zida 
bir-biri bilan uyg`un meteorologik elementlar majmui bilan ifodalanadi (havo 
harorati, namligi, shamol, bulutlilik yog`in, havo bosimi, tiniqligi va h. k.). O. 
o`zgarishi deganda mana shu elementlarning o`zgarishi tushuniladi. O. davriy 
(kecha bilan kunduz), fasliy hamda nodavriy (tsiklon o`tishi, turli havo 
massalarining kelishi, antitsiklon turishi) o`zgarishlarga ega. 
Okean— (latincha okean — dunyo daryosi)—Dunyo okeanining bir qismi. 
Dunyoda to`rtta okean — Tinch, Atlantika, Hind, SHimoliy Muz okeanlari mavjud. 
Ba`zi tadqiqotchilar Janubiy Muz (sovuq) okeanini ham alohida okean deb 
ajratishadi. Qarang. Dunyo okeani. 
Pampa (kechua indiyonlari tilida pampa—o`tloq)—1) Janubiy Amerika 
janubida joylashgan subtropik dasht erlar. Turli o`tlar va g`allagullilar o`sadi; 2) 
Argentinadagi dashtning nomi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin