A. Q. Samyayev, Q. S. Yarashev, B. B. Eshquvvatov



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/51
tarix13.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#129566
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51
Samyayev

 Izobara (yunoncha izos — barobar, baryus — og`irlik)—jo`g`rofiy, sinoptik, 
meteorologik xaritalarda Yer yuzasidagi havo bosimi bir xil bo`lgan joylarni 
tutashtiruvchi chiziq. 
 Izobata (yunoncha izos — barobar, batos,— chuqurlik)— geografik 
xaritalarda suv havzalari (okeanlar, dengizlar, ko`llar, daryolar, suv omborlari)ning 
chuqurliklari bir xil bo`lgan joylarini tutashtiruvchi chiziqlar.
Izogieta — iqlim xaritalarida bir xil miqdorda yog`in yog`adigan joylarni 
tutashtiruvchi chiziqlar. Ko`zga aniq tashlanishi uchun izogietalar oralig`i turlicha 
to`qlikdagi ranglarda bo`yaladi. 
Izotaxa — tezlik (suv, shamol va h. k. tezligi) bir xil bo`lgan nuqtalarni 
birlashtiruvchi chiziqlar. Sokin ob-havoda daryo suvining tezligi ko`ndalang kesim 
(daryo) chuqurligining 1/16 5, qismidan atrofga, chuqurga va yuqoriga tomon 
kamaya boradi. 
Izoterma (yunoncha izos — barobar, terme — issiqlik)—jo`g`rofiy, sinoptik 
va 
meteorologik 
xaritalarda 
ma`lum 
vaqtda 
havo 
harorati teng joylarni tutashtiruvchi chiziqlar. Har xil haroratli joylar xaritalarda 
ba`zan har xil ranglar bilan ham ifodalanadi. 
Ionosfera — Er havo qobig`ining 50—80 km dan yuqorida joy-lashgan 
ionlashgan qatlami. Qalinligi 2000 km dan ortiq. Quyoshning ultrabinafsha nurlari 
ta`sirida kislorod va azot molekulalarining parchalanishi hisobiga ionlar hosil 
bo`lib turadi. I. da zarrachalar juda siyrak va yuqori darajada elektrlashgan. I. da 
qutb shafaqlari. I. magnit bo`ronlari kuzatiladi. 
Iqlim — Yer yuzasi biror joyi ob-havosining ko`p yillik rejimi. Iqlim Quyosh 
radiatsiyasi, yer yuzasining holati va atmosferadagi havo harakatlari hosilasidir. 
Qarang. Iqlim hosil qiluvchi omillar. Iqlim ob-havodan farq qilib, barqaror bo`ladi. 
U yillar, asrlar mobaynida o`zgaradi. 
Kaynozoy erasi (yunoncha kaynos — yangi, zoe — hayot)— Er geologik 
tarixining eng yangi erasi. 67 mln. yil davom etayapti. Uchta davrga bo`linadi: 
paleogen, neogen va antropogen. SHu erada paydo bo`lgan tog` jinslari kaynazoy 


60 
tog` jinslari (yotqiziqlari) deyiladi. Erning hozirgi zamon tabiati K.e. da tarkib 
topgan. 
Kamposlar (portugalcha kampo dala, tekislik)—Braziliyada yassi tog`lardagi 
savannalar nomi. Qizil tuproqlarda qattiq bargli chimli g`allagulli o`tlar, kichik 
daraxt va butalar o`sadi. 
Kamsuvlik 
— daryolarda suv oqimining eng kamaygan davri. 
O`zbekistondagi katta daryolarda K. kuz oylariga to`g`ri keladi, past tog`lardan 
boshlanuvchi daryolar bahorda qor erib, yomg`ir ko`proq yog`adigan davrdan 
boshqa hamma vaqt K. bo`ladi. 
Karst, karst hodisasi (YUgoslaviyadagi karst platosi nomidan olingan)—
suvda yaxshi eriydigan tog` jinslari (ohaktosh, bo`r, dolomit, gips, tuzlar) ni yer osti 
suvlari eritib olib ketishi natijasida ro`y beradigan jarayonlar. Natijada tog` jinslari 
orasida bo`shliqlar — g`orlar, yo`laklar hosil bo`ladi. O`pirilmalar ro`y berib, yer 
yuzasida voronkasimon chuqurliklar, yoriqlar vujudga keladi. Yer yuzidagi oqar 
suvlar yer ostiga tushib ketib, yer osti daryolari, ko`llari hosil bo`ladi. Qrimda, 
Kavkaz, Uralda ko`p uchraydi. O`zbekistonda Hisor, CHotqol, Nurota tog`larida, 
Ustyurtda ro`y beradi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin