A. Q. Samyayev, Q. S. Yarashev, B. B. Eshquvvatov



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/51
tarix13.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#129566
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   51
Samyayev

Garmsel (tojikcha garm — issiq, sel— oqim) — O`rta Osiyo va Janubiy 
Qozog`istonda yilning iliq davrida esadigan issiq, quruq shamol.
Geyzer (islandcha geyzir — otilmoq) — yer osti bo`shliq va yoriqlaridan 
vaqt-vaqti bilan issiq suv va bug` otib turuvchi buloq. Vulkan harakatlari 
so`nayotgan o`lkalarda bo`ladi.
Geografik qobiq (landshaft qobig`i)—Yerning litosfera, gidrosfera, 
atmosferalar tutashib va bir-biriga ta`sir etib hosil qilgan bir butun qobig`i, inson 
yashaydigan va faoliyat ko`rsatadigan muhit.
Geotektonika (geo — Yer, tektonika — qurilish) (Yerning qurilishi) 
geologiyaning Yer po`sti (tuzilishi), harakati, o`zgarishi va rivojlanishini 
o`rganuvchi tarmog`i. 
Geofizika (yunoncha geo — Yer, fyuzis — tabiatshunoslik asosi) — Yerning 
ichki tuzilishini, geografik qobiqlarda (atmosfera, gidrosfera, Yer po`sti, mantiya, 
Yer mag`zida) ro`y beradigan jarayonlarni o`rganuvchi fanlar turkumi.
Geoekologiya — ekologiyaning yuqori bosqichdagi ekosistemalarni
(geosistemalarni) shu jumladan biosferani ham tadqiq etuvchi bo`limi. G-ni 
landshaft ekologiyasi, biogeotsenologiya deb ham yuritiladi. 
Gertsin burmalanishi — paleozoy, erasining devon davri o`rtalaridan 
mezozoy erasining trias davri o`rtalarigacha, davom etgan tog` hosil bo`lish 
bosqichi.
Gidrosfera (yunoncha gidro — suv, sfera — shar)—Yer sharining okean va 
dengizlar, daryo va ko`llar, qor va muzliklar, atmosferadagi suvlar va yer osti 
suvlaridan iborat suv qobig`i. Gidrosferaning 96,5% i okean va dengizlarga, 17% i 
yer osti suvlariga, 1,7%.i muz va qor suvlariga to`g`ri keladi. Bundan tashqari
atmosfera va tirik organizmlar tarkibida oz miqdorda suv bor. Gidrosferaning 
umumiy hajmi 1386 mln. kub km. 


58 
Globus (lotincha globus — shar)—Yer sharining modeli, kichik nusxasi. 
Globus butun Yer yuzasini, uning geometrik shakllari o`xshashligini va 
maydonlar nisbatini saqlagan holda tasvirlaydi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin