Gorizont (ufq tekisligi) — (yunoncha gorizon — cheklayman) — Yer
yuzasining ochiq, tekis yerda atrofimizda ko`rinadigan qismi.
Daryo- o`zi hosil qilgan tabiiy o`zandan oqadigan suv. D. lar bir-birlaridan
uzunligi, kengligi xavzasining maydoni, chuqurligi, nishabi, tezligi, oqiziqlari,
to`yinish turi, suvning kimyoviy tarkibi bilan farq qiladi. O`z irmoqlari va
tarmoqlari bilan daryolar sistemasini hosil qiladi.
Daryo vodiysi - yer yuzasida uzunasiga cho`zilgan qiyosan kambar soylik. D
V-lari oqar suvlarning ishi natijasida vujudga kelgan bo`lib, daryo oqadigan
tomonga qiya va ko`pincha egri-bugri bo`ladi. Daryo mansabi (quyar joyi) -daryoning dengiz, okean, ko`lga yoki boshqa
daryoga qo`shiladigai joyi. Daryolar mansabida ko`rfaz yoki delta xosil qiladi.
Daryo nishabi- daryo biror qismning yoki butun daryoning yuqori nuqtasi
bilan quyi nuqtasi orasidagi tik balandlikning uning uzunligiga nisbati. Daryo oqimi- suvning tabiatda aylanib yurish jarayonida daryo o`zanida oqadigan suv.
Daryo sistemasi - biror daryo havzasiga kiruvchi barcha daryo irmoq, tarmoq,
jilg`alar. Ular bir-birlari bilan qo`shilib, suvi to`planib, bosh daryo, dengiz yoki
ko`lga quyiladi. Masalan Volga sistemasi, Sirdaryo sistemasi, Amur sistemasi.
Daryo havzasi - biron-bir daryo sistemasiga suv keladigan maydon, hudud. D.
h-ni ko`pincha daryoning, suv yig`adigan havzasi deyiladi.
Delta - daryoning dengizga yoki ko`lga quyilish joyida suvda oqib kelgan
jinslarning cho`kib to`planishidan hosil bo`lgan tekislik.
Dengiz — okeanning bir qismi; D. okeandan quruqlik yoki
orollar, yarim orollar va suv
osti rel`efining ko`tarilgan joylari bilan ajralib
turadi. O`zining geografik o`rni va havzalarining hususiyatiga qarab 3 turga
bo`linadi: 1) materiklar orasidagi dengizlar; 2) materik ichkarisidagi dengizlar; 3)
chekka dengizlar.