A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


-BOB. O’SIMLIK HAYOTIDA BIOTSENOZDAGI ORGANIZMLAR ORASIDAGI O‘ZARO MUNOSABATLAR O’RNI



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə3/12
tarix08.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#126885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Usanov A

1-BOB. O’SIMLIK HAYOTIDA BIOTSENOZDAGI ORGANIZMLAR ORASIDAGI O‘ZARO MUNOSABATLAR O’RNI.
1.1 Organizmlarning biosenotik zanjirda bir-biriga bog‘liqligi va o‘zaro simbioz munosabatlar.
Qishloq xo‘jalik ekinzorlari va ular atrofidagi o‘simliklarda ko‘plab tirik organizmlar yashaydi, ulardan biz bo‘g‘imoyoqlilar tipiga mansub ba’zilarini, asosan, hasharotlar sinfi vakillarinigina ko‘rib chiqamiz. Agrobiotsenozlardagi organizmlar o‘zaro murakkab va xilma-xil munosabatlarda bo‘ladi. Zararkunandalarga qarshi biologik kurashda ana shu o‘zaro munosabatlarni bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Organizmlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar klassifikatsiyasini X.Suitmen (1964) eng aniq tasavvur qila olgan. Ana shu klassifikatsiyaga muvofiq, simbioz, yirtqichlik, parazitizm va antibioz o‘zaro munosabatlarning asosiy shakllaridir.
SIMBIOZ
Simbioz – har xil turlar zotlarining ma’lum darajada yaqin birgalikda yoki mustahkam ittifoqda yashashi, demakdir. Simbiozning har bir qatnashchisi simbiont deb, ataladi. Munosabatlarning simbiotik shakllari foreziya, mutualizm, kommensalizm, yirtqichlik va parazitizm ko‘rinishlarida mavjuddir.
Foreziya – simbiozning bir shakli bo‘lib, bunda bir simbiont boshqasiga joydan-joyga siljish maqsadida o‘rnashib oladi. Joydanjoyga ko‘chirish vositasi bo‘lib xizmat qiladigan simbiont undan hech qanday zarar ko‘rmaydi.
Masalan, xalsid shizaspida tenuikornisning birinchi yoshdagi lichinkasi chumoli oyoqlariga ilashib olib, uning iniga kiradi va chumoli lichinkalarining ektoparaziti bo‘lib qoladi. Proktotrupid tuxumxo‘rning urg‘ochisi ham shu taxlitda chigirtkalarga ilashib olib, ular ko‘zacha qo‘yishigaqadar yuraveradi. Chigirtkalar tuxum qo‘ygandan so‘ng ularni tark etib, o‘z tuxumlarini zararkunanda ko‘zachasiga qo‘yadi.
Mutualizm – ham simbiozning bir shakli bo‘lib, bunda birgalikda yashash ikkala simbiont uchun ham manfaat keltiradi. Bunday to‘daning har bir a’zosi mutualist deb, ataladi. Chumolilarning o‘simlik bitlari (bitlar) bilan yoki koksidlar bilan munosabatini, mutualistik o‘zaro munosabatlarning yaqqol misoli sifatida ko‘rsatish mumkin. Chumolilar bu hasharotlarning ajratgan shirin suyuqliklari hisobiga oziqlanib, ayni vaqtda ularni yirtqichlar hujumidan himoya qiladi (1-rasm), yoki termitlar bilan ular ichagida yashovchi xivchinli bakteriyalar o‘zaro mutualistik aloqalari ham bunga yorqin misol bo‘la oladi
Кommensalizm– simbiozning bu ko‘rinishida bir ojizroq simbiont ikkinchi kuchliroq simbiontning ozuqa qoldiqlari hisobiga yashaydi, lekin uning o‘ziga zarar yetkazmaydi. Bo‘g‘imoyoqlilarda kommensallar inkvilinlar deb ataladi. Masalan,arilarning bir xil yarqiroq turlari boshqa asalari uyalarida yashaydi va ularning zaxiralari bilan oziqlanadi.

Sotsial simbiozyoki sotsial parazitizm – simbiozning bu shaklida bir tur ikkinchi tur to‘plagan yoki saqlayotgan ozuqa hisobiga oziqlanib, ikkinchisiga bilvosita zarar yetkazadi. Sotsial simbioz qushlar, arilar, asalarilar, chumolilar va termitlar orasida keng tarqalgan.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin