A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


II Bob Biologiya fanidan umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti



Yüklə 41,37 Kb.
səhifə6/12
tarix18.05.2022
ölçüsü41,37 Kb.
#58479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2 5465166861333174847

II Bob Biologiya fanidan umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti
1997-1998 yillarda umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o’quv dasturlari ishlab chiqilib, respublikaning barcha viloyatlardagi maktablarning tajriba sinov maydonchalarida sinovdan o’tkazildi. O’qituvchilar, metodistlar, xalq ta’limi xodimlarining keng muhokamasidan o’tgandan so’ng umumiy o’rta ta’lim, davlat ta’lim standari hamda barcha o’quv fanlar bo’yicha o’quv dasturlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16 avgust qarori bilan tasdiqlandi. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va biologyaya o’quv dasturi «Ta’lim taraqqiyoti» jurnalining 1999 yil 3 mart sonida ko’p nusxada nashr qilinib, Respublikaning barcha maktablari, xalq ta’limi bo’limlariga yuborildi va u keng jamoatchilikka, ota-onalarga, o’quvchilarga ma’lum qilindi.
Standart so’z inglizcha bo’lib, nusxa, o’lcham, me’yor degan ma’nolarni anglatadi.
"Davlat ta’lim standartlarini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir» deb belgilab qo’yilgan.
Davlat ta'lim standartlari umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim mazmuniga hamda sifatiga qo`yiladigan talablarni belgilaydigan me’yoriy xujjatdir.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining biologiyadan DTS o’quv fani bo’yi-cha o’quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, ular egallaydigan ko’nikma va malakalarning hajmini (BKM-bilim, ko’nikma va malaka) ko’rsatuvchi me’yor bo’lib, u umumiy o’rta ta’lim maktablarida biologiya ta’limi mazmunining negizini belgilovchi ko’rsatkichlar hamda o’quvchilarning biologik tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasidan iborat bo’lgan rasmiy hujjat bo’lib hisoblanadi.
Biologiya ta’limi standartidagi «O’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga ko’yiladigan minimal talablar» o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi shart bo’lgan ko’rsatkichlarni ifodalaydi. Bunda o’quvchilarning bilishi, anglashi, amaliy ishlarni bajara oladigan ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlarini ta’minlash va ularning sifatini aniqlashga imkon beradi.

Yüklə 41,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin