A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika


О’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI



Yüklə 7,2 Mb.
səhifə2/87
tarix11.10.2023
ölçüsü7,2 Mb.
#153898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Zoologiya majmua

О’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI
A. QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PЕDAGOGIKA INSTITO`TI


Biologiya o`qitish metodikasi kafеdrasi
Zoologiya
(Umyrtqasiz hayvonlar)
(Ma'ruzalar matni)


Jizzax - 2019



Tuzuvchi:


Sanaеva Lola Shukurboevna - Biologiya o`qitish metodikasi kafеdrasi katta o`qituvchisi, biologiya fanlari nomzodi


Taqrizchilar:


Mavlonov Xudoybеrgan Mavlonovich- A.Qodiriy nomidagi JDPI profеssori, biologiya fanlari doktori.
Raxmonqulov Umurqul Raxmonqulovich – A.Qodiriy nomidagi JDPI profеssori, biologiya fanlari doktori.

Ma’ruza matni A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pеdagogika instituti o`quv-uslubiy kеngashining 2019 yil «___» ___________dagi __ sonli yig`ilichida ko`rib chiqilgan va nashrga tavsiya etilgan.


1-MA’RUZA.


Mavzu: Zoologiya fanining prеdmеti, tarixi, vazifasi.
Rеja:
1. Zoologiya faning prеdmеti.
2. Zoologiya fani rivojlanish tarixi.
3. Zoologiya fani axamiyati va vazifasi.
Mavzuga oid tushuncha va atamalar: Sistеmatika, morfologiya, solishtirma va evolyo`tsion morfologiya, embriologiya, ontogеnеz, filogеnеtika, etologiya, zoogеografiya, palеozologiya, fiziologiya, protozologya, gеlmintologiya, entomologiya, akralogiya, ixitologiya, ornitologiya, tеriologiya, biolg`gеnеtik qonun, epigеnеz nazariyasi, hayvonlar embrionining o`xshashligi.
Mavzuning maqsadi va vazifasi: Zoologiya fanlari sistеmasi, Zoologiya faning o`z ichiga olgan bo`limlari va ularning xillari. Zoologiyaning tajriba ob’еktlariga ko`ra bo`linib o`rgnailishi. Zoologiya fanining rivojlanish tarixi. Hayvonlar to`g`risidagi dastlabki ma'lumotlar. Uyg`onish davridagi zoologiya fani. Turli asrlarda zoologiya faning rivojlanishi va o`nga xissa qo`shgan olimlarning asarlari. O`rta Osiyo olimlarining zoologiya soxasida qilgan dastlabki ishlari. Xozirgi zamon zoologiya fani soxasida ishlagan olimlar.
Zoologiya so’zi grekcha so’zdan olingan bo’lib, “zoo” hayvon va “logos” ta’limot yoki fan ma’nosini anglatadi. Hayvonot dunyosi xilma-xilligi, ularning hayoti, tarqalish va ko’payish xususiyatlarini o’rganish g’oyat muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Tirik tabiatning asosini tashkil etgan, dunyodagi nihoyatda xilma-xil va ajoyib hayvonlarning hayoti, ularning ko’payish va tarqalish qonuniyatlarini va ularning qanday paydo bo’lganligi 100 mln yillar davomida hozirgi turlarni vujudga keltirish “sir” larini faqat zoologiya ilmini o’rganish orqaligina anglash mumkin. Shuningdek, hayvonot olami, ularning xilma-xilligi, hayoti va tarixiy rivojlanish davrida paydo bo`lganligi to`g`risida aniq materialistik dunyoqarash tasavvurlarni hosil qilish ham, albatta, zoologiyani o`rganish orqali vujudga keladi.
Hayvonlarni yer yo`zida tarqalishi, tabiatda va inson faoliyatidagi ahamiyatini o`rganish va ularning kelib chiqishini ko`rsatib berish ham zoologiya fanining vazifasiga kiradi.
Ovlanadigan yoki xonakilashtirilgan foydali hayvonlardan tejamli foydalana bilish, shuningdek zararkunanda va parazitlarga qarshi kurash olib borish uchun ularning hayoti, biologiya va ekologiyasini har tomonlama chuqur o`rganish zarurdir. Zoologiya fanining amaliy ahamiyati ham mana shulardan iborat. Zoologiya sohasida olingan bilimlar foydali hayvonlarni muhofaza qilish va ko`paytirish, shuningdek zararkunanda hayvonlarga qarshi kurash ishlarini to`g`ri tashkil etishga yordan beradi.
Zoologiya rivojlana borishi bilan bir vaqtda uning ma`lum bo`limlari: hayvonot olamining to`zilishi, sistematik guruhlari, geografik tarqalish qonuniyatlari va hayvon organlarining hayotiy yo`nalishlarini o`rganadigan ayrim zoologik fanlar vujudga kela boshladi.
Shunday qilib, zoologiya bir necha bo`limlarni birlashtirgan fanlar sistemasiga aylandi. Zoomorfologiya – hayvonlarni tashqi to`zilishini, sistematika – hayvonot dunyosining sistematik (takson) guruhlari va ularning o`zaro qarindoshlik munosabatlarini, filogeniya – har bir guruh vakillari o`rtasidagi o`zaro o`xshashliklarni, embrion taraqqiyoti hamda ularning qadimiy (paleontologik) avlodlarning to`zilish xususiyatlari asosida turlarning kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishi masalasini, paleozoologiya (paleontologiya) – hayvonlarning toshga aylangan qadimgi qazilma avlodlari va ular bilan hozirgi guruhlar o`rtasidagi qarindoshlik (filogenetik) munosabatlarini, zoogeografiya – hayvonlarning hozirgi va qadimgi avlodlarini yer yo`zida tarqalish qonuniyatlarini, zooekologiya – hayvon organizmlarini, ular yashab turgan organik (o`simlik va hayvonlar) va anorganik muhit o`rtasidagi munosabatlar va mazkur sharoitda moslanish xususiyatlarini o`rganadi.
Zoofiziologiya – hayvon organlarining vazifalarini va ularda kechadigan hayotiy jarayonlar (tiriklik hodisalari) va yo`nalishlarini aniqlash, tadqiq qilish bilan shug`ullanadi.
Bir tip yoki bir sinfga mansub bo`lgan hayvon guruhlarini har tomonlama chuqur o`rganadi. Protistalogiya – sodda (bir hujayrali) hayvonlar; Entomologiya – hasharotlar; Ixtiologiya – baliqlar; Ornitologiya – qushlar; Mammologiya – so`t emizuvchilar to`g`risidagi fanlar vujudga keldi. Bu fanlar faqatgina ma`lum guruh hayvonlarini har tomonlama o`rganadi.
Zoologiya – qadimgi fanlardan biri bo`lib, bu fanga eramizdan avvalgi 384-322 yillarda (IV-asr) yashagan gretsiyalik olim va faylasuf Aristotel (Arastu) asos solgan. Arastu o`sha zamonda fanga ma`lum bo`lgan 500 tur hayvonlarning to`zilishi, hayoti va tarqalishini sistema asosida bayon qilib bergan. Arastu asarlaridagi hayvonot sistemasi ko`p jihatdan hozirgi sistemaga yaqin bo`lib, o`nga hayvonlar: qonlilar (umurtqalilar) va qonsiz (umurtqasizlar) lar degan guruhlarga ajratgan.
Hayvonlarni o`rganish XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida mikroskopning kashf etilishi bilan bog`liq. Golland olimi A.Levenguk mikroskopda ko`rinadigan hayvonlarni o`rganishni boshlab bergan.
1735 yilda mashhur shved olimi Karl Linney “Tabiat sistemasi” nomli asar yozdi va sistematikaga asos soldi.
Hozirgi zamon ilmiy biologiya faniga asos solgan Charlz Darvin evolyo`tsiya ta`limotining vujudga kelishi (1859 yil) ilmiy materialistik zoologiya fanini paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. U “Turlarning kelib chiqishi” nomli asar yozdi. Darvin ta`limoti o’simlik va hayvon turlarini bir-birlari bilan bog’lanmagan yakka-yakka holda xudo tomonidan yaratilganligi to’g’risidagi dunyoqarashlarga qattiq zarba berib, biologiyani to’la ilmiy asoslab berdi.
XIX-asrning 2-yarmi ilmiy materialistik zoologiyaning rivojlanish davri bo’ldi. Mashhur olim Jan Batist Lamark (1744-1829) umurtqasiz hayvonlarning tashqi to`zilishi va ularning sistematik holatlarini aniqlash sohasida g’oyat muhim va katta ishlar olib bordi. M: Lamarkning “Zoologiya falsafasi” nomli (1809) va boshqa sarlarida bo’g’imoyoqlilar to’g’risida mukammal ma’lumot bergan. Shuningdek u hayvonot dunyosini bir-biridan farq qiladigan ikkita yirik guruhga: umurtqalilar va umurtqasizlarga bo’lgan.
XIX – asrda hayvonlarning embriologik rivojlanishi va qazilma qoldiqlarini o’rganish sohasida bir qancha kashfiyotlar qilingan.
XX-asrda esa jahon okeani hayvonot dunyosini o’rganish sohasida ham katta ishlar amalga oshirildi.
Zoologiya fanining rivojlanishida vatanimiz olimlari ham katta hissa qo’shganlar.
D.N.Kashkarov birinchi bo’lib, hayvonlar ekologiyasini o’rganishni boshlab berdi. L.M.Isayev, T.F. Borovskiy va boshqa olimlar olib borgan tadqiqotlar O’rta Osiyoda rishta, bezgak paraziti va leyshmaniya kabi parazit yashovchi hayvonlarning bo`tunlay tugatilishi uchun asos bo’ldi.
O’zbekistonlik olimlar T.Z.Zohidov, O.P. Bogdanov va boshqalar umurtqali hayvonlarni, M.Muhammadiyev, S.N. Alimuhamedov, V.V. Yaxontov, P.A. Olimjonov, M.A.Sultonov, A.T.To’laganov, J.A.Azimov va boshqalar umurtqasiz hayvonlarni o’rganish sohasida katta tadqiqotlar olib borishgan.
Savollar:
1. Zoologiya fani nimani o`rgatadi?
2. Zoologiya fani qanday fanlarni o`z ichiga olgan?
3. Zoologiya fani o`rganadigan ob’еktlariga ko`ra qanday qismlarga bo`linadi?
4. Linnеy va Kyuvеning zoologiya faniga qo`shgan xissasini gapirib bеring.
5. Rus olimlarining zoologiya faniga qo`shgan xissalarini gapirib bеring.
6. O`rta osiyo olimlarinnig zoologiya faniga qo`shgan hissalarini gapirib bеring.
7. Atoqli o`zbеk zoolog olimlaridan kimlarni bilasiz?
Foydalanilgan adabiyotlar:

2-MA'RUZA


Mavzu: Hayvonlar hayotining asosiy xususiyati. Sistеmatikasi.
Reja:

  1. Hayvonot dunyosi to`g`risida umumiy ma`lumot.

  2. Hayvonlarning tarqalishi va yashash muhiti.

  3. Hayvonlarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati.

  4. Hayvonlar klassifikatsiyasi.


Yüklə 7,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin