Mavzuga oid tuchuncha va atamalar: Hayvonlar hujayrsi va to`qimasi, organlar va organlar sitеmasi, tana simmеtriyasi, radial nurli – tеng o`qli simmеtriya, radial o`qli simmеtriya, bilatеrial – ikki yonlama simmеtriya, anobolitik rеaktsiyalar, katobolitik rеaktsiyalar, diffo`ziya, fitofag, yirtqichlar, parazitlar, jinssiz ko`payish, jinsiy ko`payish, gamеtalar. Gonadaalar, spеrmatazoidlar, mikragamеtalar, makrogamеtalar, zigota, gеrmofrodit, tashqi urug`lanish, ichki urug`lanish, partonogеnеz, embrional, ontogеnеz, postembrional, bеvosita riojlanish, bilvosita rivojlanish, mеtomorfoz, sistеmatika.
Mavzuning maqsadi va vazifasi: Hayvonlarning xilma-xilligi va ular orasidagi o`xshashlik va farq. Bir hujayrali hayvonlar. Ko`p hujayrali hayvonlar
Hayvonlarning yashash muhitiga moslashish belgilari. Hayvonlarning yer yo`zida tarqalishi.Tabiatda hayvonlarning hayotini yashil o’simliklar va boshqa organizmlar bog’liqligi. Hayvonlarning o’simliklarga o’xshashligi va farqi. Hayvonlarning hujayra va to’qimasi. Inson hayotini hayvonlar bilan bevosita bog’liqligi. Hayvonlarning organ va organlar sistemasi. Hayvonlarning klassifikatsiyasi. Zoologiya fani haqida umumiy tafsif. Uning asosiy bo’limlari
Zoologiya fanini ilk rivojlanish tarixi. Zoologiya fanining rivojlanishida vatanimiz olimlarining qo’shgan hissasi.
Vatanimizninг tabiati nihoyatda jozibali, uning haynovot dunyosi esa juda xilma-xildir. Hayvonlarni inson qadami yetgan hamma joyda: gullab turgan vodiylardan tortib baland qorli cho`qqilargacha, suvliklardan tortib jazirama qumli cho`llargacha uchratish mumkin. Ular orasida yirik va murakkab tuzilgan ko`p hujayralilardan to ko`z ilg`amas sodda tuzilgan bir hujayradan iborat turlari ham ko`p uchraydi.
Mamlakatimiz daryo va ko`llarida baliqlarning 70 ga yaqin turi, suvda va quruqlikda yashovchilarning 3 turi, bepoyon cho`llar, daryo vodiylari, ulkan tog` tizmalari va vohalarda sudralib yuruvchilarning 60 ga yaqin turi, so`t emizuvchilarning 100 ga yaqin turi, qushlarning 400 dan ortiq turi, hasharotlarning 11 000 dan ortiq turlari mavjud.
Vatanimiz hayvonot dunyosi, butun O`rta Osiyo hayvonot dunyosi kabi juda qadimdan shakllanib kelan. Bir qancha turlari shu yerning o`zida paydo bo`lgan bo`lsa, boshqalari esa qo`shni hududlardan kelib qolgan. Orol baqra balig`i, soxta kurak burun baliq, turkiston agamasi, turkiston gekqoni, qum bug`ma iloni, ingichka barmoqli qo`shoyoq, ko`k sug`ur va boshqa ko`pgina turlar O`zbekiston hududida tarqalgan bo`lib, boshqa joylarda deyarli uchramaydi.
Hayvonlar tabiatda va inson hayotida katta ahamiyatga ega.
Jumladan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, parfyumeriya sanoatida, qurilish materiallari sifatida, zararkunandalarni qirishda, o`simliklarni changlatib, hosildorlikni oshirishda, tabiatni tozalovchi (sanitarlik), tuproq hosil qilishda, shuningdek o`zining ko`rki bilan insonlarga zavq berishda, ya`ni estetik va boshqa ahamiyatlari mavjud.
Hayvonlarning orasida, ekin va omborxonalarga zarar yetkazadigan zararkunanda va kasallik tarqatuvchi turlari ham bor.
Noyob va qirilib borayotgan hayvonlarni muhofaza qilish maqsadida 1983-yilda O`zbekiston “Qizil kitobi” ta`sis qilingan bo`ib, umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish, turlarni saqlab qolish va ko’paytirish uchun Respublikamizda bir qancha qo’riqxonalar, milliy bog’ va pitomniklar tashkil etilgan. Lekin, bu chora tadbirlarning o’zi kamlik qiladi. Bu ishga umumxalq e’tiborini qaratish lozim.
Eramizdan 1 milliard yilcha muqaddam eng sodda shaklda paydo bo'lgan va o`zoq davrlar mobaynida murakkab tajribiy takomillanish jarayonlari asosida rivojlanib hozirgi davda yer yo`zining deyarli hamma qismini egallagan.Hayvonlar dunyosi nihoyatda xilma –xildir. Hozirgi paytda hayvonot dunyosi 2,5 mln ga yetdi. Hayvonlar ham boshqa tirik organizmlar singari oziqlanadi, nafasoladi, o’sadi, ko’payadi. Ularning hayot uchun ham oziq moddalar, havo, harorat va namlik zarur. Hayvonlarning er yo`zida notekis tarqalishiga sabab, yuqorida keltirilgan omillarning yer yo`zida bir xilda bo’masligidir.
Hayvonlar hayot kechiradigan joyning tuprog’i, namligi, harorati, yorug’ligi o’simlik va hayvonlari, ya’ni tirik va notirik tabiatning barcha tarkibiy qismlari yashash muhitini hosil qiladi. Hayvonlarning to`zilishi, hatti-harakatlari va hayot kechirish xususyatlari tashqi muhitning muayyan sharoitiga moslashgan. Masalan, suvda hayot kechiruvchi so`t emizuvchi hayvonlarning tanasi suyri shaklda bo’lishi, oyoqlarning eshkakka aylanganligi, terisidagi yo`nglarning kalta va siniq bo’lishi bilan quruqlikda yashovchi hayvonlardan farq qiladi. Bundan tashhari, suvda yashovchi, baliqlarning tanasi ustma-ust tangachalar bilan qoplanganligi va silliq bo’lishi, yelka tomoni qoramtir va qorin tomoni oqish rangda bo’lishi yashash muhitiga moslashgan belgilardir. Hayvonlarning yashash muhiti sharoitning muayyan chegarada o’zgarishiga moslashgan. Masalan, oq ayiq shimoliy kengliklardagi qadimiy mo`zliklarda yashab, dengiz hayvonlarini ovlaydi. Qo’ng’ir ayiq esa o’rta kengliklardag o’rmonlarda o’simliklar bilan oziqlanadi. Baqa suvda yoki suv bo’yida; qurbaqa esa suvdan o`zoqroqda, salqin joylarda hayot kechiradi. Sharoit qulay bo’lgan joylarda hayvonlar ham ko’proq uchraydi, aksincha sharoit noqulay bo’lganda ular kam uchraydi yoki uchramaydi. Shunday qilib, quruqlikda, suv havzalarida va boshqa joylarda muhit sharoitining bir xilda bo'lmasligi tufayli hayvonlar ham bir tekis tarqalmaydi.
3. Tabiatda hayvonlarning hayoti yashil o'simliklar va boshqa organizmlar bilan bog'liq. O'txo'r hayvonlar yashil o'simliklar bilan oziqlanadi. O'txo'r hayvonlar esa yirtqichlar uchun yem bo'ladi. Hayvonlarning murdalari va axlati (ekskrimenti) turli xil boshqa hayvonlar, bakteriya va zamburug'lar uchun oziq bo'ladi.
Hayvonlar o'simliklar hayotida ham muhim o'rinni egallaydi. Tuproq hosil bo'lishi va uning hosildorligini oshirishda mikroorganizmlar bilan bir qatorda hayvonlar ham ishtirok etadi. Har yili kuz kirganida daraxtlardan to'kilgan barglar, xazon bo'lgan o'simliklar, bakteriyalar, zamburug'lar, mikroorganizmlar, chuvalchanglar, hasharotlar va boshqa organizmlar uchun oziq bo'ladi. Hayvonlar o'simlik qoldiqlarini maydalab, ularning chirishini tezlatadi. Chiriyotgan o'simlik qoldiqlaridagi organik moddalar parchalanishi tufayli, tuproqda o'simliklarning o'sishi uchun zarur bo'lgan moddalar to'planadi, tuproqning hosildorligi oshadi. Yomg'ir chuvalchanglari, zaxkashlar, hasharotlar va ayrim umurtqali hayvonlar tuproqni kovlab in qazishi tufayli uni aralashtirib yumshatadi, o`nga havo kirishi va suv shimilishini yaxshilaydi. Nektar (asal) yig'uvchi hasharotlar gullarni changlantirib o'simliklarning hosildorligini oshirishga yordam beradi. Shunday qilib, hayvonlar bilan o'simliklarning hayoti o'zaro chambarchas bog'langan bo'lib, ulardan biri ikkinchisiz yashay olmaydi.
Hayvonlar tabiiy sanitarlar vazifasini ham bajaradi. Bir qancha hayvonlar o'simlik qoldiqlari, to'kilgan barglar, o'lgan hayvonlarning murdalari va turli chiqindilar bilan oziqlanishi tufayli yer yo`zining ifloslanishiga yo'l qo'ymaydi. Suv hayvonlari suvdagi mayda organizmlar va organik moddalar bilan oziqlanib suvni ifloslanishdan saqlaydi.
Odamzod hayotining dastlabki rivojlanishi, hayvonot dunyosi bilan mustahkam boglangan holda borgan. Turli arxeologik qazilmalar odamning rivojlanishi va hayotida turli xil hayvonlar katta o'rin to`tganligidan dalolat beradi. Odamzod ibtidoiy rivojlanishi davrlarida turli xil umurtqasizlar, baliqlar va sut emizuvchi hayvonlarni ovlab hayot kechirgan bo'lsa, keyinchalik ba'zi sut emizuvchi hayvonlarni o'ziga o'rgatib, xonakilashtira borgan. F. Engelsning ko'rsatishicha mazkur hodisa, ya'ni hayvonot mahsuloti (go'sht, hayvon oqsili) dan foydalanish insonning shakllanishida katta ahamiyatga ega bo'lgan. Shuning uchun ham qadimgi davr odamlarida bir qancha hayvonlarning to`zilishi, hayoti, hatto ularning o'zaro munosabatlari va hulq-atvori to'g'risidagi ma'lumotlar to'plana borganligi aniqlangan. Yovvoyi hayvonlarning hayoti va fe'l atvori to'g'risida ma'lumot to'plana borishi ularni qo'lga o'rgatishga imqon bergan. Odamlar dastlab itlarni qo'lga o'rgatishgan. Itlar yovvoyi hayvonlarni ov qilishda odamlarga ko`maklashgan, ularning turar joylarini qo`riqlagan. Hayvonlardan ko`proq mahsulot olish uchun odamlar cho`chqa, qora mol va parrandalarni; yo`k tashish maqsadida ot, eshak, tuya va boshqa sut emizuvchilarni qo`lga o`rgatishgan.
Fan va texnika kuchli taraqqiy etgan hozirgi davrda ham odamzod hayoti hayvonot dunyosi bilan mustahkam bog`langan. Chunki, hayvonlardan oqsil, yog`, sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari: mo`yna, jun, ipak tolasi, teri kabi qimmatli xom-ashyo va hatto bir necha xil dori-darmon olinadi. Bir qancha hayvonlar (jumladan hasharotlar) o`rmon, bog` va qishloq xo`jaligi ekinlariga katta zarar yetkazadi, bir qanchalari insonda yoki xonaki hayvonlarda parazitlik qilib, ularning salomatligiga zarar yetkazadi. Qon so`ruvchi hasharotlar, kanalar odam hayvonlarga tinchlik bermaydi. Burga, bit va chivin kabi hasharotlar o`lat, terlama, bezgak kabi kasalliklarni odamlarda o`rtasida tarqatadi. Parazit hayvonlar odamlarga qadimdan ma`lum bo`lgan. Atoqli vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino (980 – 1037) o`zining “Tib qonunlari” asarida kasallik paydo qiladigan hayvonlardan saqlanish to`g`risida yozib qoldirgan.
Xonaki hayvonlar insonlar uchun go`sht va sut, sanoat uchun jun, teri va pilla beradi. Yovvoyi hayvonlar terisi va go`shti uchun ham ovlanadi. Qushlarning pati, so`t emizuvchilarning suyagi va shoxi yengil sanoat uchun xom ashyo hisoblanadi. Yovvoyi qushlar zararkunanda hasharotlar, sichqonlar, kalamushlarni qirib insonga foyda keltiradi. Asalarilar qimmatli asal berishi bilan birga ekinlarni changlantirib, hosildorlikni oshiradi. Yirtqich va parazit hasharotlar qishloq xo`jaligi zararkunandalarini qirib, ularning sonini cheklab turishga yordam beradi.
Keyingi yillarda qishloq xo`jaligi mahsulotlar yetishtirishni ko`paytirish uchun tabiiy o`tloqlar va o`rmonzorlar buzilib ekinzorlarga aylantirildi, ko`plab sug`orish inshootlari va gidrostansiyalar qurildi. Bu ishlar hayvonlarning yashash muhitini yomonlashuviga yoki butunlay bo`zilishiga sabab bo`ldi. Inson faoliyati tufayli yovvoyi hayvonlar soni keskin kamayib, ayrim turlari esa butunlay yo`qolib ketmoqda. Bir qancha hayvonlar qimmatli terisi yoki mazzali go`shti uchun vahshiyona qirib yuborildi. Bu hol hayvonlar va ular yashaydigan muhitni muhofaza qilishni talab etadi. Bunday tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun hayvonlarning to`zilishi, tarqalishi va hayoti to`g`risida bilimlarga ega bo`lish zarur.
4. Hayvonlarning o'simliklarga umumiy o'xshashlik jihatlari – hujayralardan tashkil topgan, hujayralar to'qimalarni, to'qimalar organlarni, organlar sistemasini, organlar sistemasi organizmni hosil qiladi. (Hujayra – to'qima – organ – organlar sistemasi – organizm).
Hujayralar organoidlardan tashkil topgan bo`lib, kimyoviy tarkibi suv, oqsil, uglevod, yog` va boshqalardan tashkil topgan. Hujayralardagi ko`pgina hayotiy jarayonlar ham o`xshash bo`ladi.
Hayvonlarning o`simliklardan farqi esa: hujayra qobig`i sellyulozadan emas, yupqa plastik oqsilli pardadan iborat. Hujayrada xloroplastlar (yashil tanacha) va vakuolaalr bo`lmaydi. Oziqlanish usuli esa avtotrof emas, geterotrofdir. Bundan tashhari hayotning harakatsiz (o`simliklar) formasi emas, balki harakatli formasidir.
Barcha hayvon va o`simliklarning tanasi hujayralardan tashkil topgan. Hujayralar nihoyatda mayda bo`lganligi uchun ularning to`zilishi to`g`isidagi dastlabki ma`lumotlar faqat maxsus asbob mikroskop ixtiro etilgandan keyingina (XVII-XVIII asrlarda) vujudga keldi.
XVIII asr oxirlarida hayvonlarning embrion hujayralarini tekshirgan olimlar Kaspar Volf va Karl Ber, shuningdek, XIX asr boshlarida hujayra yadrosi (mag`zi) to`zilishini o`rgangan chexoslovakiyalik olim Purkenye hujayra nazariyasi va ta`limotining vujudga kelishga katta hissa qo`shdilar.
Turli xil mikroskopik metodlar bilan tekshirilishi asosida hujayra quyidagi: sitoplazma, yadro, qobiq, hujayra markazi-sentrisoma, golji apparati va boshqa xil bir qancha organoidlardan tuzilganligi aniqlandi. Shu bilan birga hujayrada bir qancha organik va anorganik moddalar: oqsillar, uglevodlar, yog`, suv va mineral to`zlar ham borligi isbotlandi.
So`nggi yillarda elektron mikroskoplar vositasida hujayralarning to`zilishi va undagi muhim organoidlar va hayotiy yo`nalishlar tomoman yangi bioximiyaviy, biofizikaviy yo`llar va boshqa murakkab metodlar asosida o`rganila boshlandi.
Bir-biriga o`xshash tuzilgan va bir xil vazifani bajaradigan hujayralar to`qimalarni hosil qiladi. Hayvon organizmi epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv to`qimalardan tashkil topgan.
Epiteliy to`qimasi – zich joylashgan yassi kubsimon yoki silindrsimon hujayralardan iborat bo`lib, organizmni noqulay sharoit ta`siridan himoya qiladi. Terining ustki qavati va ichak devorining ichki yo`zasi ana shunday to`qimadan iborat.