O‘g‘it qo‘llash tizimi fanining maqsadi vazifasi va asosiy masalalari



Yüklə 127 Kb.
səhifə1/5
tarix27.09.2023
ölçüsü127 Kb.
#149937
  1   2   3   4   5
1453046116 63592


O‘g‘it qo‘llash tizimi fanining maqsadi vazifasi va asosiy masalalari

Reja:


1. O‘g‘it qo‘llash tizimining tuzilishi va vazifalari.
2. O‘g‘it qo‘llash tizimining asosiy ko‘rsatkichlari.
3.Dehqonchilikda o‘g‘it – hosildorlikni oshiruvchi bosh omil. Mahalliy va mineral o‘g‘itlarni birgalikda qo‘llashning ahamiyati.

Mavzuni o‘rganishda foydalaniladigan
tayanch iboralar.

Almashlab ekish sharoitida o‘g‘itlardan oqilona foydalanish, tashkiliy xo‘jalik, agrokimyoviy va agrotexnikaviy tadbirlar, o‘qt ishlab chiqishda o‘simliklarni biologik xususiyatlari, rejalashtirilgan hosil miqdori, tuproq-iqlim sharoitlari, agrotexnika, o‘g‘it qo‘llash tizimini tuzish bosqichlari, asosiy ko‘rsatkichlari, xo‘jalikda o‘g‘it qo‘llash tizimini, o‘g‘itlarni qo‘llash rejasi, mahalliy mineral o‘g‘itli, faqat mineral o‘g‘itli va faqatgina mahalliy o‘g‘itli tizimlar, mineral va mahalliy o‘g‘itlar, ularni birgalikda qo‘llash samaradorligi.



1. O‘g‘it qo‘llash tizimi – bu, almashlab ekish dalalarida o‘g‘itlardan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan tashkiliy xo‘jalik, agrokimyoviy va agrotexnikaviy tadbirlarni hisobga olgan holda qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish uchun o‘g‘itlarning iqtisodiy samarali meyorlarini, turi va qo‘llash muddatlarini har bir ekin uchun belgilash rejasidir.
O‘g‘it qo‘llash tizimini ishlab chiqishda: ekinlarning biologik xususiyatlari, rejalashtirilgan hosil miqdori, tuproq– iqlim sharoitlari, o‘g‘itlarning keyingi yillardagi qayta ta’siri, almashlab ekish jarayonidagi oziq moddalari balansi, o‘g‘itlarning ekinlarni hosili sifatiga va tuproq unumdorligiga hamda ekologiyaga ko‘rsatadigan ta’siriga alohida ahamiyat beriladi.
Ma’lumki, har bir xo‘jalikda ularning ixtisoslashganligidan kelib chiqqan holda bir nechta almashlab ekish tizimi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham, bunday sharoitda har bir almashlab ekish tizimi uchun alohida – alohida o‘g‘itlash tizimi tuziladi. Bu xo‘jalikda o‘g‘itlarning qo‘llashni umumiy rejasi bilan bog‘liq bo‘lib, - u xo‘jalikda o‘g‘itlash tizimi deyiladi. Demak, xo‘jalikda o‘g‘itlash tizimi – bu katta tushuncha bo‘lib, u har bir almashlab ekish dalasida o‘g‘itlarni qo‘llash tizimidan tubdan farq qiladi.
Shunday qilib, xo‘jalikda o‘g‘itlash tizimi deyilganda – kompleks tashkiliy – xo‘jalik, agrotexnikaviy va agrokimyoviy ishlar, ya’ni ma’lum tuproq– iqlim sharoitida mahalliy va mineral o‘g‘itlarni to‘plash, saqlash va ulardan samarali foydalanib, tuproq unumdorligini oshirish va qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori sifatli hosil yetishtirish tushuniladi. O‘g‘it qo‘llash tizimi xo‘jalikda dehqonchilik tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.


Yüklə 127 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin