O‘g‘it qo‘llash tizimi fanining maqsadi vazifasi va asosiy masalalari


- Ekinlar hosildorligini oshirish va hosil sifatini yaxshilash



Yüklə 127 Kb.
səhifə3/5
tarix27.09.2023
ölçüsü127 Kb.
#149937
1   2   3   4   5
1453046116 63592

- Ekinlar hosildorligini oshirish va hosil sifatini yaxshilash;
- Tuproqlar unumdorligini doimo oshirib borish va ularni unumdorlik bo‘yicha bir xilda bo‘lishiga erishish;
- O‘g‘itlardan samarali foydalanish, jadal dehqonchilik yuritish va atrof – muhit muhofazasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish;
- O‘g‘itlarni qo‘llash hisobiga olinadigan sof daromad miqdorini oshirish.

Ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni amalga oshirish uchun: o‘g‘it turlarini, meyorlarini, qo‘llash muddati, usullari va texnikasini har bir ekin uchun tanlaganda: o‘tmishdosh ekin turini, oxirgi 3 yilda qo‘llanilgan o‘g‘itlarning qayta ta’sirini bilish zarar. O‘g‘itlash tizimini to‘g‘ri joriy qilish, qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini o‘rtacha 30-40 foizga oshirishni ta’minlaydi. Buning uchun xo‘jaliklar ixtisoslashganligi va almashlab ekish dalalarining chorvachilik fermalaridan qanday masofada joylashganligiga qarab, qo‘yidagi o‘g‘it qo‘llash tizimlaridan bittasini qo‘llashlari mumkin:


Mahalliy – mineral o‘g‘itli tizim. Bunday tizimda mahalliy o‘g‘itlar (go‘ng, kompostlar, ko‘kat o‘g‘itlar) mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda qo‘llaniladi;
Faqat mineral o‘g‘itlarni qo‘llashga asoslangan tizim;
Faqatgina mahalliy o‘g‘itlarni qo‘llashga asoslangan (sanoat – chorvachilik yo‘nalishidagi ayrim xo‘jaliklarda qo‘llaniladi) tizim.
2. Xo‘jaliklarda o‘g‘it qo‘llash tizimini ishlab chiqishda o‘g‘itlarning samaradorligiga ta’sir etadigan barcha tabiiy, agrotexnika, tashkiliy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni hisobga olish bilan bir vaqtda qo‘yidagi ko‘rsatkichlarni ham hisobga olish juda zarur.
Rejalashtirilgan hosil miqdori – almashlab ekish dalasida o‘g‘itlash tizimini tuzishda rejalashtirilgan hosil miqdorini, ana shu hosilni yetishtirish uchun kerak bo‘ladigan oziq moddalar miqdorini o‘simlikni turli rivojlanish davrlarida oziqlanish asoslari bo‘yicha bilish kerak. O‘simliklarni oziq moddalarga bo‘lgan talabini aniqlashda ularning kimyoviy tarkibi (asosiy hosil: don, tola, ildizmeva va qo‘shimcha hosil: poxol, poya) hisobga olinadi.
Chunki, bir botanik turga kiradigan o‘simliklarning kimyoviy tarkibi bir-biridan keskin farq qiladi. Bunday farq nav xususiyatiga, tuproq va iqlim sharoitiga, agrotexnikaga, qo‘llaniladigan o‘g‘it meyoriga bog‘liq bo‘ladi.
Qishloq xo‘jalik ekinlari unib chiqqandan boshlab oziq moddalarni o‘zlashtira boshlaydi. O‘simliklarni oziqlanishida tanglik (kritik) va eng ko‘p (maksimal) o‘zlashtirish davrlari farqlanadi. O‘simlik rivojlanish davrining boshida oziq moddalarni kam o‘zlashtiradi, lekin, shu davrda oziq moddalarning yetishmasligi o‘simlikni keyingi rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib uning hosildorligini kamaytirib yuboradi. Maysa unib chiqqan davrda yetishmagan oziq elementlarini keyinchalik ko‘p miqdorda o‘g‘itlar qo‘llash hisobiga ham qoplab bo‘lmaydi.
Ko‘pchilik qishloq xo‘jalik ekinlari uchun oziq moddalarning tanglik davri maysa unib chiqqanda kuzatilsa, eng yuqori miqdorda o‘zlashtirish o‘simlikni keyingi rivojlanish fazalariga to‘g‘ri keladi. Masalan, bahori bug‘doy uchun maysa hosil qilgandan keyin 10-15 kunda fosfor yetishmasligini eng tanglik (kritik) davri bo‘lsa, naychalash – boshoqlanish davrlarida juda ko‘plab o‘zlashtirish davri boshlanadi.
Shuning uchun ham, o‘g‘itlash tizimining asosiy vazifasi – o‘simliklarni butun rivojlanish davrlarida oziq moddalarga bo‘lgan talabini qondirishdir. Ilg‘or xo‘jaliklarda ekinlarni turli rivojlanish davrlarida oziq moddalarga bo‘lgan talabi aniqlanilib yuqori hosil yetishtirishga erishilmoqda.

Yüklə 127 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin