13 Amaliy mashg’ulot



Yüklə 124,58 Kb.
səhifə1/5
tarix19.04.2022
ölçüsü124,58 Kb.
#55731
  1   2   3   4   5
13 - Amaliy mashg’ulot. Ipak qurtlarini kichik yoshlarda boqish agrotexnikasi (1)


13 - Amaliy mashg’ulot. Ipak qurtlarini kichik yoshlarda boqish agrotexnikasi

Mashg’ulotning maqsadi: Kichik yoshdagi qurtlar agrotexnika qoidalari bilan tanishish, oziq tayyorlash va oziqni saqlash talablari o’rganish.

Topshiriqlar:

  1. Kichik yoshdagi qurtlarni boqish agrotexnikasi bilan tanishish.

  2. Qurtlarning po’st tashlash davrini aniqlash va shu davrda bajariladigan tadbirlarni o’rganish.

  3. Qurtlarni parvarishlash xususiyatlarini o’rganish.

Kerakli materiallar va jihozlar: Uslubiy qo’llanmalar, kichik va katta yoshdagi qurtlarni boqish uchun agrotexnika qoidalari, qurt boqish maydoni, qurtlarni oziqlantirish, sarflanadigan barg miqdori, qurtlik davrining yoshlari bo’yicha davom etishi kabi jarayonlar aks ettirilgan jadvallar

Asosiy tushunchalar: Ipak qurtlaridan mo’l va sifatli pilla hosili olish yuqorida qayd etilgan tashqi omillami o‘rganish bilan bir qatorda ulami qurt boqishda qoilashga ham bogiiq. Shuning uchun ham ipak qurtlarini parvarish qilishda har bir yoshi uchun talab etiladigan agrotexnika qoidalariga toUq rioya qilish talab etiladi.

Ipak qurtlari o‘zining 23-25 kundan iborat qurtlik davrida pilla o‘ragunga qadar 4 marotaba po‘st tashlab, 5 yoshdan iborat davmi o‘tadi. Shundan ipak qurtining 1-, 2-, 3-yoshi kichik yoshi, 4-5-yoshi esa katta yoshi deb ataladi.

Qurt boqish - ipakchilikning bir boiimidir. Qurt boqish deganda, urug‘dan jonlanib chiqqan qurtlarni to ular pilla o‘rab boiguncha parvarish qilish ishiari tushuniladi. Qishloq xo‘jalik nuqtayi nazaridan olganimizda, qurt boqish - tut bargini qurt organizmi yordami bilan ipakka aylantirish demakdir. Bir gektar serhosil tutzordan 10 tonna va undan oshiqroq tut bargi olinadi. O‘zbekiston Ipakchilik ilmiy tekshirish instituti (O‘zIITI) maiumotlariga ko‘ra, bir gektar yerga navli tut ko‘chati oiqazilganda to‘rtinchi yiliga borib bu tutzordan 13,6 tonna barg hosili olinadi. Boqiladigan qurtlaming zotiga qarab, bir quti umg‘dan chiqqan qurtlarni amaldagi me’yorlar bilan boqish uchun 0,9 dan 1,0 tonnagacha barg kerak. Demak, bir gektar tutzordan olinadigan barg hosili 10-15 quti umg‘dan chiqqan qurtlarni boqish uchun kifoya qilishi mvimkin. Shu 10-15 quti urug‘dan chiqqan qurtlardan taxminan bir tonnagacha xom pilla yoki 80-85 kg gacha ipak olish mumkin. Boshqacha aytganda, ipak qurti bir gektar tutzordan olingan barg hosili badaliga 1200-1500 m ipak gazlama tayyorlash uchun yetadigan miqdorda xomashyo berishi mumkin. Qurt boqish natijasi 1 kg pilla yetishtirish uchun sarflanadigan bargning miqdoriga qarab baholanadi. O‘rta hisobda 1 kg pilla yetishtirish uchun kamida 12 kg barg sarf qilinadi. 1 kg xom pilla olish uchun sarflanadigan barg miqdori oziq randemani deyiladi.

Shu oziq randemani sarflab, bir quti qurt urug‘idan 80 kg pilla olish uchun 960 kg barg kerak bo‘ladi. Haqiqatda esa barg 1,5-2 hissa ko‘p sarflanadi. Ipakchilik ilg‘orlarining tajribalariga ko‘ra, qurtni to‘g‘ri boqish va barg sifatini tobora yaxshilash yo‘li bilan barg sarfini ancha kamaytirib, qurt boqishni borgan sari kengaytirish va pilla hosilini oshirish mumkin ekanligi turgan gap.

Ipak qurtining mahsuldorligi muayyan sondagi qurtlardan olingan pillaning miqdori va sifatiga qarab baholanadi. Bunda qurt boqish hajmini ko‘rsatish uchun o‘lchov birligi sifatida g (1 quti qurt) yoki tegishli sondagi qurtlar olinadi. Agar bir quti urug‘dan qurtlarning hammasi jonlanib chiqsa, ulaming umumiy vazni 21- 22 g keladi. Katta-kichikligiga qarab, 1 qutidagi urug‘laming soni har xil bo‘ladi. Qurt zotiga qarab bitta urug‘ning vazni 0,5-0,7 mg kelganida, bir qutida taxminan 35000-45000 dona urug‘ bo‘ladi. Monovoltin zotidan kichikroq va har birining og‘irligi 0,5 mg keladigan Bivoltin zotlarining urag‘i bir qutida 49000 ga yaqin bo‘ladi. Shu munosabat bilan pillaning o‘rtacha og‘irligi ham har xil bo‘ladi. Har xil zotli urug‘lardan chiqqan qurtlarning yashash qobiliyati bir xil bo‘Isa ham, boqilayotgan qurtlarning soniga qarab, ulardan olinadigan pilla miqdori har xil bo‘ladi.

Pilla hosilini ko‘paytiradigan yoki ozaytiradigan sabablardan biri asosiy qurt boqish davrida qurtlarning nobud bo‘lishidir. Masalan, qvirtlaming mexanik yo‘qolishi, har xil zararkunandalar tomonidan tashib ketilishi va kasalliklardan halok bo‘lishi natijasida pilla hosili ancha kamayadi. Qurtxonalarda yo‘qolgan qurtning miqdorini olingan pilla hosiliga qarab aniqlash mumkin. Masalan, pillaning o‘rtacha vazni 2,46 mg bo‘lganida, bir quti urug‘dan 85 kg ho‘l pilla hosili olinishi kerak. Haqiqatda esa O’zbekiston bo‘yicha bir necha yillardan beri olinishi mumkin bo‘lgan hosilining 60-70 foiz olinib kelmoqda. Chunonchi, 1933yilda31 kg; 1936-yilda42,7kg; 1939-yilda 40,4 kg; 1942-yilda 42,5 kg; 1945-yilda 41,4 kg pilla olindi.

Ammo’llg‘or pillakorlar pillaning vaznini birmuncha oshirish yo‘li bilangina emas, balki boqish vaqtida qurtlaming yo‘qolishini kamaytirish yo‘li bilan ham pilla hosilini muttasil oshirib bormoqdalar.

Pilladan olinadigan ipak miqdori pillaning sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Ilmiy tekshirish muassasalarining ma’lumotiga qaraganda, pilla sifatini yaxshilash uchun juda katta imkoniyatlar bor. Yaroqsiz va nuqsonli pillalar foizi hali ham ancha ko‘p. Bu kamchiliklaming yuz berishiga qurt boqish ishi qoniqarsiz yo‘lga qo‘yilishi sabab bo‘lib kelmoqda.

Qurtlarning yupqa qobiqli va yengil (oq pachoq) pillalar o‘rashiga ulami beshinchi yoshida chala boqish sabab bo‘ladi. Atlas pillalar esa o‘rash vaqtida yomon dastalardan foydalanish va dastalarni noto‘g‘ri qo‘yishdan kelib chiqadi. Go‘ng-gluxar va dog‘li (qora pachoq) pillalaming vujudga kelishiga va bakterial kasalliklaming ko‘plab tarqalishi hamda qurtlami yomon parvarish qilish sabab bo‘ladi. Pillalaming o‘tkir uchli va qobig‘ida nuqsonlari bo‘lishi, asosan, nasl va zot materiallaridagi kamchiliklardan kelib chiqadi. Respublikada ipakchilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha 2015-yilga borib pilla hosilining I va II navlarini 90 foizgacha yetkazish ko‘zda tutilgan.

Pillani tortganda chiqqan ipak miqdori bug‘langan va quritligan pilla og‘irligiga nisbatan 30,0-36,0 foizni tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, bir kg ipak olish uchun 3,05-3,5 kg gacha quritligan pilla kerak bo‘ladi. Pilladagi xom ipakning chiqish miqdori pilla qobig‘ining tortilish sifati va undan chiqadigan los miqdoriga qarab aniqlanadi. Xom ipak yig‘ib olingan pilla hosilining sifatigagina bog‘liq bo‘lmay, balki pillalarni keyinchalik bug‘lash, quritish va saqlash sharoitlariga ham aloqadordir.

Pillani dastlabki ishlash vaqtida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar pilladan chiqadigan ipak miqdori kamayishiga sabab bo‘ladi.

Xom ipakning sifatiga - uning turi, tekisligi va pishiqligiga qurtning zotidan tashqari, qurtni boqish sifati va pilla o‘rash vaqtidagi sharoitlar ham katta ta’sir etadi.

Yuqoridagi maiumotlardan xulosa qilganimizda, ipakchilik sohasidagi juda katta imkoniyatlardan to haligacha foydalanilmaganligini ko‘rishimiz mumkin.

Qurtlami parvarish qilish usulini yaxshilash va to‘g‘ri boqish yo ii bilan pilla hosilini ancha oshirish mumkin.

Qurt boqish bilan yuzaki tanish boigan kishilarda bu ishni bajarish uchun xo‘jalik faoliyati asosida to‘plangan bilimlari kifoya qiladi va bu ishni yanada takomillashtirishda fanning ishtiroki ortiqcha degan fikr tugilishi mumkin. Qurt boqishdagi amaliy ishlarni bajarishda ipakchilikning ilmiy asoslarini yaxshilab ishlab chiqish va ishlab chiqarishga tavsiya etish hamda qurt boqishda yangi texnologiyalarni qoilash moi va sifatli pilla yetishtirishning samarali yoiidir.

O‘zbekistonda ipakchilikni ilmiy asoslarda tobora rivojlantirish uchun bitmas-tuganmas iqtisodiy va tashkiliy sharoitlar yaratildi. Ipakchilik ishini yaxshi biladigan minglab agronomlar,’agrotexniklar va boshqa mutaxassislar tayyorlandi. Ipakchilik ilmiy tekshirish institutlari, stansiyalari, shaxobchalari tashkil qilindi.

Qurt boqish va tutchilik ishiari qishloq xo‘jaligining umumlashtirilgan qismiga aylantirilganidan so‘ng, ipakchilikni texnik jihatidan qayta qurish uchun katta imkoniyatlar vujudga keltirildi. Davlat tomonidan qoilanilayotgan agronomiya tadbirlariga suyangan xo‘jaliklar ipakchilikni texnik va iqtisodiy jihatlardan tobora rivojlantirish uchun zarur sharoitlarga ega boidilar.


Yüklə 124,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin