13 Amaliy mashg’ulot


Kichik yoshdagi qurtlarni parvarish qilish



Yüklə 124,58 Kb.
səhifə2/5
tarix19.04.2022
ölçüsü124,58 Kb.
#55731
1   2   3   4   5
13 - Amaliy mashg’ulot. Ipak qurtlarini kichik yoshlarda boqish agrotexnikasi (1)

Kichik yoshdagi qurtlarni parvarish qilish. Ipak qurtlari kichik yoshda juda nozik boiib, avaylab parvarish qilishni talab etadi. Ularni boqish uchun moijallangan qurtxonalar inkubatoriyadan qurt olib keiishdan 5-6 kun oldin isitilib, havo namhgi me’yoriga keltirilgan boiishi kerak.

Inkubatoriyada yangi jonlangan qurtlarni tezda qurt boquvchilarga tarqatish lozim. Qurt boquvchilar ayrim sabablarga ko‘ra ciurtlarni shu kuni olib ketolmasalar, ular vaqtinchalik inkubatoriyada boqib turiladi.

Tuxumdan jonlanib chiqqan qurtlar birinchi yosh hisoblanib, bosh qismi qora yaltiroq, tanasi to‘q jigarrang va mayda tukchalar bilan qoplangan, keyingi yoshdagi qurtlarga qaraganda yanada issiqsevar va yorug‘likka talabchan bo‘ladi. Shuni e’tiborga oigan holda xona harorati 27°C, havo namligini esa 65-75 foizda ushlab turiladi.

Birinchi yoshda qurtlarning tishlari kichik. va nozik bo‘lganligi uchun ularga sersuv va mayin tut barglari 5-6 mm kenglikda qirqib (to‘g‘rab) beriladi. Tayyorlangan barg so‘lib qolmasligi uchun 3-4 marta boqishga yetadigan qilib tayyorlanib, salqin joyda saqlanadi va ustiga ho‘llangan mato yopib qo‘yiladi yoki plyonka xaltachalarga solib qo‘yiladi. Har safar qurtlarga barg berishda ulardan kerakli miqdorda olinib, peshma-pesh tayyorlanadi. Qurtlar agrotexnika qoidalari bo‘yicha yaxshi parvarish qilinsa, birinchi yoshi 3 kun davom etib, jami 6-7 kg barg sarflanadi. Ularga bir kunda 10 marotaba (shimdan ikki marotabasi kechasi) barg beriladi.Birinchi yoshdagi qurtlarga juda ehtiyotkorlik bilan bir tekis barg solinadi. Agarda barg qalinroq solinsa, qurtlar bargni to‘liq yeya olmaydi va so‘lib, qovjirab qolgan barglar orasida qolib ketadi. Oqibatda eski barglar orasidan chiqolmagan qurtlar g‘ana bilan birga tashqariga chiqarib tashlanishi mumkin.




Yüklə 124,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin