O’simliklar seleksiyasi. Urug’chilik.
Qishloq xo‘jaligi ekin navlarining hosildorligi va samarasi yuqori sifatli,
sara urug‘ bilan ekilgandagina to‘liq namoyon bo‘ladi. Shunday urug‘larni
tayyorlash va eng yaxshi navlarni
ishlab chiqarishga joriy qilish
bilan
urug‘chilik
sohasi
shug‘ullanadi. Seleksiya kabi
urug‘chilikning ham nazariy asosi
genetika bo‘lib, undagi irsiyat va
o‘zgaruvchanlik
qonuniyatlari
urug‘chilik ishlarining zaminini
tashkil qiladi.
Urug‘chilik - qishloq xo‘jaligining maxsus tarmog‘i bo‘lib, uning
maqsadi navdorligi, biologik va hosildorlik sifatlari saqlangan holdagi nav
umg‘ligini kerakli miqdorda ommaviy ko‘paytirishdan iborat. Urug‘chilik
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikkita vazifani bajaradi. Ulardan birinchisi - ishlab
chiqarishga joriy qilinayotgan
yangi
navlarining
yuqori
sifatli
navdor
urug'ligini
talabga mos
holda
ommaviy ko‘paytirish. Lekin
ommaviy ko‘paytirish va
uzoq
vaqt
yetishtirish
jarayonida
nav
zaiflashib
uning
hosildorlik
sifati
pasayishi mumkin. Shuning
uchun
urug‘chilikning
ikkinchi
vazifasi
tumanlashtirilgan ekin navlari urug'ligining navdorligini va hosildorlik sifatini
saqlashdan iborat. Mazkur vazifalarga muvofiq ravishda urug‘chilik ishlarida
ikkita asosiy bo‘lgan - nav almashish va nav yangilash jarayonlari amalga
oshiriladi.
Nav almashish - bu
ma’lum mintaqalar ishlab
chiqarishidagi eski navlami
yangi,
rayonlashtirilgan,
hosildorligi va mahsulot sifati
eski navlarga nisbatan yuqori
bo‘lgan
navlar
bilan
almashtirish.
Nav almashish qishloq
xo‘jalik
ekinlarning
hosildorligi
va
sifatini
yuksaltirishning
samarali
vositasidir.
Bu
jarayonning
asosiy
shart-lari
uni
jadal
sur’atlarda o‘tkazish va navlarni
oqilona joylashtirish-dir.
Nav yangilash - navdorligi
va biologik sifatlari zaiflashgan
urug‘lami mazkur navga xos
bo‘lgan navdor va sifatli urugiar
bilan almashtirish.
Urug‘ navdorligi deyilganda, uning nav tozaligi va bir xilliligi tushuniladi. Nav
tozaligi yuqori bo‘lgan urug‘larda navning barcha xususiyat va belgilari to‘liq
irsiylanadi. Yuqori sifatli navdor urug‘lik yuqori nav tozaligi bilan bir qatorda
yuqori darajali ekish sifatlariga ham ega bo‘lishi kerak. Masalan, har qanday
ekin elita urug‘larining nav tozaligi 100% (boshqa nav yoki shakllar
urug‘larining aralashmasi 0,2 foizdan oshmasligi lozim), 1000 dona urug1 vazni
yuqori, kasallik va zararkunandalarga chalinmagan, unuvchanligi 85-95% dan
kam bo‘lmagan va ifloslanmagan bo‘lishi lozim. Ekin hosildorligi va mahsulot
sifati yuqori bo‘lishida yuqon sifatli urug‘likning ahamiyati o‘g‘itlash va yerga
ishlov berish kabi muhim agrotadbirlar ahamiyatidan qolishmaydi.
Urug‘ sifatini belgilovch
ko‘rsatkichlardan mumkin
bo‘lgan
farqlanish
me’yorlari
Davlat
standartlarida
belgilangan.
Bunda
urug'lar
turli
qiymatdagi sifat guruhlariga,
ya’ni unuvchanlik bo‘yicha
sinflarga, navdorlik sifatlari
bo‘yicha
kategoriyalarga
bo‘lingan. Masalan, arpa
urug‘lari ekish sifatlari bo‘yicha kamida quyidagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi
kerak: 1-sinf - tozaligi 99%, unuvchanligi 95%; 2-sinf - 98,5% va 92%; 3-sinf-
97% va 90% muvofiq ravishda; navdorlik bo‘yicha esa: I kategoriya - nav
tozaligi - 99,5%, II kategoriya - 98%, III kategoriya -95%. Ekish sifatlari
bo‘yicha Davlat standard (1, 2, 3-sinflar) talablariga javob beruvchi urug‘ -
kondision urug‘Iik deyiladi. Yana bir misol, g‘o‘za urug‘lari unuvchanlik
ko‘rsatkichlari (kamida): 1-sinf unuvchanligi -95%, 2-sinf - 90%, 3-sinf - 85%;
nav tozaligi bo‘yicha (kamida): elita urug‘lari - 100%, R: - 99%, R2 - 98%, R3
- 96%. Ushbu asosiy ko‘rsatkichlardan tashqari Davlat standartlarida yana bir
qator belgilar bo‘yicha talab me’yorlari belgilangan. Masalan, g‘o‘za
urug‘ligiga unuvchanlik va navdorligi belgilaridan tashqari namligi 8-10%,
chigitdagi tola qoldig‘i 0,4-0,8%, shikastlangan chigit miqdori 5-7% dan
oshmasligi lozim.
Navdor urug‘lik sifati pasayishining sabablari. Amaliyot tajribasi
ko‘rsatadiki, uzoq vaqt ishlab chiqarishda yetishtirilgan va urug‘chilik
me’yorlari buzilganda navlarning sifati pasayib, hosildorligi kamayadi. Bu hoi
urug‘likning mexanik ifloslanishi bilan tashqi muhit ta’sirida ajralish va
mutatsion o'zgarishlar natijasida sodir bo‘ladigan biologik o‘zgarishlar bilan
belgilanadi. Nav zaiflashishining sabablari quyidagi-lardan iborat:
a)
Mexanik ifloslanish. Bu eng
xavfli va asosiy sabablardan biri
bo'lib, bunda boshqa nav (navli)
va boshqa ekin (turli) urug‘lari
ekish, terim, transportirovka va
saqlash paytida aralashib ketadi.
b) Biologik ifloslanish. Bu hoi
navlarni mufassal
muhofaza
qilish me’yorlari saqlanmaganda
ekilgan nav boshqa nav va shakllar bilan changlanish natijasida vujudga
keladi. Bu narsa chetdan changlanuvchi ekinlar uchun juda xavfli, lekin
o‘z-o‘zini changlantiruvchi ekinlar ham ma’lum miqdorda chetdan
changlanib, biologik ifloslanishi mumkin. Chetdan changlanish natijasida
keyingi yil ekinlarida xo‘jalik va biologik belgilar bo‘yicha farq qiluvchi
ko’p miqdordagi duragay o‘simliklar paydo bo‘ladi.
d) Ajralish va mutatsiyalarning paydo bo‘lishi. Duragaylashdan kelib chiqqan
navlar ko‘paytirilganda ajralish yoki har
qanday nav populatsiyalarida mutatsiya
natijasida yangi shakllar paydo bo‘lishi
mumkin.
Buning
hammasi
nav
populatsiyasida o‘xshash bo'lmagan va
begona shakldagi o‘simliklar miqdori
ko'payishiga olib keladi.
e) Urug‘likka
ekilgan
dalalarda
kasallik va zararkunandalarga chalingan
o‘simliklar miqdorining asta-sekin
ko‘payib borishi.
Mamlakatimiz
iqtisodiyotida
alohida ahamiyatga ega bo‘lgan
g‘o‘za urug‘chiligi vazifalarini
amalga oshirishda urug‘chilik
ishlari quyidagi tizimda olib
boriladi:
• yangi navlar Davlat nav sinash
tizimining gruntkontrol (o‘sim-
liklarning
birxilliligini
tekshirish) va 1- yil, 2- yil va 3-yil si-novlarida tekshiriladi hamda shu vaqtning
o‘zida navni me’yoriga yetkazish va urug‘ligini ko'paytirish maqsadida maxsus
ixtisos-lashgan dastlabki elita xo‘jaliklarida urug‘chilik ishlari olib boriladi;
Mamlakatimizning turli tuproq-iqlim sharoitlarida joylashgan Davlat nav
sinash shahobchalarida yangi navlar har tomonlama o‘rganilib, umuraqabul
qilingan standart navlar bilan atroflicha taqqoslanadi.
Afzalliklarini
namoyon qilgan yangi navlar tegishli
mintaqalarga
tumanlashtiriladi,
ya’ni O‘zbekiston hududida ekishga
tavsiya
etiladigan «Qishloq xo‘jaligi
ekinlari reestri»ga kiritilgach, belgilangan
mintaqalarga keng joriy etiladi.
Tumanlashtirilgan
g‘o‘za
navlarining
urug‘ligi esa, o‘z navbatida, quyidagi
tizimda yetishtiriladi:
• elita va birinchi reproduksiya (R,) urug‘ligi nav tuman lashtirilgan viloyat,
tumanlarda mavjud bo'lgan fermer xo‘-jaliklari tarkibidagi maxsus elita
urug‘chilik ho‘jaliklarida etish-tiriladi;
• ikkinchi (R2) va uchinchi (R3) reproduksiyalar urug‘ligi urug‘chilik
xo‘jaliklarida yetishtiriladi. O ‘zbekiston paxtachiligida qabul qilingan
nav yangilashning besh yillik sxemasiga asosan to‘rtinchi (R4) reproduksiya
urugiari ishlab chiqarishda ekilmaydi.
G‘o‘za urug‘chiligi tizimida
birlamchi urug‘chilik, ya’ni elita
urug‘ligini yetishtirish ishlarining
ahamiyati juda
katta. Bunda
o‘ziga xos uslub, yetishtirish va
navlarni yangilash sxemalari ishlab
chiqilgan.
Seleksiyaning genetik asoslarini
o‘rganish o‘simlik, hayvon va
mikroorganizmlar seleksiyasining amaliy usullariga, ya’ni tanlash va
chatishtirishlarning turli an’anaviy metodlarining ahamiyatini tushunishga ilmiy
asos yaratib beradi;
• genetika seleksiyada yangi formalarni yaratish sur’atlarini jadallashtiruvchi
tubdan yangi bo‘lgan metodlarni ishlab chiqadi;
• o‘simlik va hayvonlarda
geterozis
hodisasidan amaliyotda
foydalanish
uchun
liniyalararo duragaylarni yaratish;
• chetdan changlanuvchi (makkajo‘xori, jo‘xori)
va o‘z-o‘zini changlatuvchi
(bug'doy)
ekinlarining liniyalararo duragay urug‘larini
olish uchun yoi ochib bergan sitoplazmatik erkaklik
pushtsizligi hodisasidan foydalanish;
Seleksiya genetik metod va qonuniyatlar hamda
olingan natija-larning amaliyotda to‘liq tatbiq
qilinadigan maydonidir;
• oxirgi paytlarda rivojlanayotgan gen va hujayra
injeneriyasi,
biotexnologiya
yaqin
orada
seleksiyaning genetik asoslarini yangi kashfiyotlar
bilan boyitish borasida bo‘lib, ulaming asosiy
mohiyati seleksiya uchun boshlang‘ich materialni yaratish muddatlarini
qisqartirish hamda gen va xromosomalardagi o‘zgarishlami yo‘naltirishdan
iborat bo‘ladi;
• hayvonlaming har xil turlari orasida genlami ko‘chirish (transgenoz) ishlarida
birinchi ijobiy natijalar mavjud;
• o‘simliklardagi qimmatli xo‘jalik oqsillami belgilaydigan genlami turlar va
turkumlararo
ko‘chirishlar
amalga
oshirilmoqda.
In
vitro
plazmidalari
tarkibidagi genlami
yo‘naltirilgan
o‘zgartirish
sohasidagi
tadqiqotlar
bilan
katta
umid
bog‘lanmoqda. Bu
metod
asosidagi
oqsilli
injeneriya
ishlari
jarayonida
o‘zgartirilishi
mumkin bo‘lgan ma’lum genlar bilan belgilangan fermentlami kerak bo'lgan
yo‘nalishda rivojlantirish mumkin;
qimmatli
moddalar, masalan, jenshen
alkaloidlarini ishlab
chiqarish
uchun yuqori o‘simliklar hujayraviy massasini ko‘-paytirish usullari keng
tarqalmoqda. Yuqori o‘simliklar hujayra seleksiyasi mctodlari ishlab
chiqilmoqda. Bunda, o‘simliklar somatik hujayralardan regeneratsiya
yordamida ko‘payganda yuqori darajadagi irsiy o‘zgaruvchanlik yuzaga keladi.
Ushbu metodlar yaqin orada seleksiyani boyitishi shubhasizdir, Bunda doira
yodda tutish
kerakki,
seleksiya, o‘simlikshunoshlik, chorvachilikdagi
muvaffaqiyatlarning asosiy manbayi evolutsiya jarayoni mexanizmlarini
bilishdadir. Faqat shundagina odamzod tomonidan yaratilgan yangi nav va
zotlar ko‘p sonli tabiiy dushmanlariga bardosh bera oladilar.
Dostları ilə paylaş: |