Sifatli ta’lim-taraqqiyotimiz garovi



Yüklə 28,88 Kb.
səhifə1/2
tarix29.04.2023
ölçüsü28,88 Kb.
#104547
  1   2
Maqola Sifatli ta\'lim


SIFATLI TA’LIM-TARAQQIYOTIMIZ GAROVI
Ochilov Ulug‘bek Tolibjon o‘g‘li
Chirchiq davlat pedagogika universiteti 3-bosqich talabasi
ANNOTASIYA
Ushbu maqolada bugungi kunda yurtimizda sifatli ta’lim darajasini oshirish hamda amalga oshirilayotgan ta’lim tizmidagi islohatlar va ularning samarasi ustida mulohaza qilamiz.
KALIT SO‘ZLAR:
Xalq ta’limi, Oliy ta’lim, ta’lim konsepsiyasi, PISA, nodavlat ta’lim muassasalari, pedagogik mahorat.
ANNOTATION
In this article, we will reflect on the improvement of the quality of education in our country and the reforms in the educational system and their effectiveness.
KEY WORDS:
Public education, higher education, concept of education, PISA, non-state educational institutions, pedagogical skills.
АННОТАЦИЯ
В этой статье мы поразмышляем о повышении качества образования в нашей стране и реформах в системе образования и их эффективности.
КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА:
Народное образование, высшее образование, концепция образования, PISA, негосударственные образовательные учреждения, педагогическое мастерство.

KIRISH:
Bugungi jadal rivojlanib borayotgan davrda rivojlangan davlatlar o‘zlarning har-bir rivojlanish bosqichlarini bevosita ta’lim tizimiga uning imkoniyatlariga bag‘ishlaydi, xususan Yaponiya, AQSH, Germaniya, Angliya va boshqalar.
Biz aynan bugungi kunda yurtimizda ta’lim sifatini oshirishda aynan nimalarga e’tibor berishimiz kerakligi ustida fikr yurutamiz.
“Ta‘lim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo‘q. Qanchalik murakkab bo‘lmasin, maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qo‘yishimiz kerak.
Chunki biz ko‘p vaqt yo‘qotganmiz. Agar kimda-kim maktab bu faqat Xalq ta’limi vazirligining ishi, deb o‘ylasa, mutlaqo yanglishadi. Maktab ta’limi sohasidagi islohotlar vazirlik va idoralar, tarmoq rahbarlari, barcha darajadagi hokimlar, ilmiy tashkilotlar, ziyolilar, keng jamoatchilikning vazifasi bo‘lishi shart va zarur. Shundagina kutilgan natijaga erishish mumkin”, - dedi davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev.1
Yurtboshimiz aytganlaridek hozirgi kunda faqat Xalq ta’limi tizmiga bor ma’suliyatni yuklab boshqa jamoatchlik tashkilotlarni o‘zlarini olib qochish holatlari bu e’tiborsizlik va loqaydlik bo‘ladi, zero xalq ta’limi tizmida jamiyat uchun ilk kerakli kadrlar xalq ta’lim tizmida tayorlanib ularni Oliy ta’lim tizmiga yoki Professional ta’lim tizmini to‘g‘ri tanlash imkoniyati uchun tarbiyalanadi.
Yurtimizda sifatli ta’lim tizmini ta’minlash maqsadida hozirgi kunda “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim tizmini 2030-yillgacha rivojlantirish konsepsiyasi”2[1] va ”O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizmini 2030-yillgacha rivojlantirish konsepsiyasi”3 to‘g‘risdagi prezident farmoni qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim tizmini 2030-yillgacha rivojlantirish konsepsiyasi ma’zmunan ummumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tizmini rivojlantirish uning talab jihatidan jahonda rivojlangan davlatlar amaliyotiga muvofiq yangi zamonaviy, ilg‘or va modiy texnik bazasi yaxshi ta’minlangan ta’lim tizmini joriy qilishdan iborat.
Asosiy ko‘zda tutilayotgan natijalar birinchi navbatda 2030-yillgacha PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirish, xalq ta’lim tizimida xizmat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi pedagog hodimlarning mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantrish va ijtimoiy himoya masalasini bosqichma-bosqich oshirib borish, kelgusida o‘qituvchi faoliyati jozibadorligni oshirishdan iborat. Ummumiy o‘rta ta‘lim tizimda yoshlarni milliy qadriyatlarga xos qillib tarbiyalash va ularning bandligni ta’minlashda zamonaviy usullardan foydalanish bevosita o‘qituvchi pedagogdan kerakli malaka, bilim va ko‘nikmalarni talab etadi.
Sifatli ta’lim tizmi aynan nimaga bog‘liq islohatlar va imkoniyatlargami yoki pedagog mahorati yoki o‘qituvchining bilim salohiyatigami degan savol tug‘ilishi tabiy, zero anglashimiz keraki bu ikki holat doim bir-birini taqazo etmog‘i lozim, davlat tomonidan o‘qituvchiga keng imkoniyatlar berish va kerakli natijani olish uchun avvalo islohatlar ko‘lami oshirilib borilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bugungi kunda sifat tushunchasini avvalo ijobiy tomonga o‘zgarishga qiyoslashimiz mumk[1]. Zamonaviy o‘qituvchi qanday sifatlarga ega bo‘lishi uning ta’lim tizmida o‘zgarishlar va ijobiy natijalar ko‘lamini oshirish uchun qanday harakat qilishi kerak deganda anglashimiz keraki o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida ham tarbiyachi ham psixolog bo‘lishi, o‘zning dars jarayonidagi axborot bazasini shakilantirishi, yangi zamonaviy moddiy texnik baza bilan ishlay olish qobilyati va dars jarayonidagi pedagogik mahoratni mavzu doirasida to‘g‘ri tanlay olish qobilyati bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizmini 2030-yillgacha rivojlantirish konsepsiyasi mazmunan oliy ta’lim tizimida ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar hamda mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishdan iborat.
Barchamizga ma’lumki sof raqobat bor joyda rivojlanish eng yuqori natijaga chiqadi, shuning uchun ham bugungi kunda yurtimizda davlat va xususiy sherikchlik asosida tashkil etilgan oliy ta’lim muasasalari o‘rtasida raqobat yuzaga kelmoqda. Har bir davlat yoki nodavlat ta’lim muasasasi bo‘ladimi uning uchun talaba soni va uning qamrovi muhim ahamiyatga ega, birgina oliy ta’lim muasasasi o‘zning qamrov ko‘lamini oshirish maqsadida bor moddiy texnik bazasi, ta’lim tizmidagi o‘qtuvchilar salohiyati, chet el hamkor oliy ta’lim muasasalari bilan a‘loqalar, zamonaviy bilimlar asosida dars berish salohiyati, bitruvchilarni ish bilan ta’minlash qobilyati, yoki dual ta’lim ko‘rinishdagi ta’lim tizmi bilan o‘z talabalar auditoriyasini oshirishi mumkin. Bundan ko‘zlangan maqsad ham jamiyat uchun qulay salohiyatli kadrlar tayorlash bilan bir qatorda o‘z daromadini oshirish imkoniyatiga ham ega bo‘lishi alohida o‘rinli.
Bugungi kunda “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori tasdiqlangan bo‘lib,4 bundan asosiy maqsad avvalo oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga, respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi yangilanishlarda oliy ta’lim muassasalarning faol ishtirokini ta’minlashga to‘siq bo‘layotgan bir qator muammolarni oldini olish bo‘yicha chora tadbirlar mazmunini bayon qilishdan iborat. Xususan “YO‘L XARITASI” doirasida:

  • Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

  • Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar;

  • Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda oliy ta’lim muassasalarining ishtiroki hamda tashabbuskorligini oshirish;

  • Davlat va jamiyat hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar va sohalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmuni va mohiyatini oliy ta’lim muassasalari tomonidan televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali keng aholi e’tiboriga yetkazish;

  • Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar va talabalarning ilmiy-tadqiqot natijalari va innovatsion ishlanmalarini amaliyotga joriy etish tizimini samarali tashkil etish;

  • Oliy ta’lim muassasalari rahbariyatining mamlakatni isloh qilish jarayonida faol ishtirok etish borasidagi mas’uliyatini oshirish.

Ta’lim sifatini oshirishda bugungi kunda chet tillini bilish muhim ahamiyatga ega shuni inobatga olib “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezidentning qorori qabul qilingan.5
Chet tillarni o’rganish bo‘yicha chora tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad pedagog faoliyati doirasida axborot olish manbayini oshirishda hamda ilmiy izlanishlar ko‘lami doirasida jahon manbalarida to‘g‘ri foydalanish, yangi bilimlarni egalashdan iborat hisoblanadi.

XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytish keraki bugungi kunda ta’lim tizmida amalga oshirilayotgan islohatlarni amalga oshirish uchun har bir jamiyatimiz pedagog hodimlaridan ma’suliyat va kasbga yondashuvni yangi bosqichga olib chiqish kerakligi anglanmog‘i lozim. Xitoy, Singapur, Germaniya davlatlarida hozirgi kunda ummumiy o‘rta ta’limni bitruvchilarning 90 foizi B2,C1, darajadagi sertifikatlar bilan tamomlar ekan. Yurtimiz aholisning xalq ta’lim tizmidagi bitruvchilarning 10 foizi B2,C1, yoki IELTS sertifikatni olishga muvofiq bo‘lishadi. Bundan ko‘rinib turibdiki birinchi navbatda xalq ta’lim tizmida chet tillarini bilish yosh avlod uchun sifatli ta’lim tizmiga o‘tishning eng asosiy tamoyili hisoblanadi. Ummumiy o‘rta ta’lim tizmida chet tilli o‘qituvchilarning o‘rni oshmoqda lekin maktab tizmida kerakli natijani qo‘lga kirtish imkoniyati biz kutgan 90 foizlik natijaga chiqishimiz uchun yetarli emas deb hisoblayman.
Xususan Xindiston ta’lim tizmida maktabgacha ta’lim doirasi 4-5 yosh oralig‘ida faqat ingiliz tilli gramatikasi o‘rgatiladi. Bizning ta’lim tizmimizga ham boshlang‘ich sinif doirasida qo‘shimcha ingiliz tilli darslarini sifatini oshirish va ulardan qo‘shimcha darslar tizmini ko‘paytrish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.


Yüklə 28,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin