A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika


Qushlarning kelib chiqishi va sistematikasi



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə21/60
tarix12.12.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#74210
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60
Um-lilar.MAJ-19-20 (1)

Qushlarning kelib chiqishi va sistematikasi
Reja
1.Qushlarning kelib chiqishi va evolyusiyasi.
2.Qushlarning sistematikasi.
A) Suzuvchilar katta turkumi.
B) Ko`krak tojsizlar katta turkumi.
V) Ko`krak tojlilar katta turkumi.

Qushlarning qadimgi sudralib yuruvchi hayvonlardan kelib chiqqanligi xech ham shubxasizdir. Qushlarning bevosita ajdodlari bo`lib dinozavrlarni, timsoxlarni va boshqa sudralib yuruvchini bergan psevzuxiylar xisoblanadi.


O`tgan asrda yuza qatlamlarida yashagan hayvon qoldiqlari topildi. Bu hayvonlar o`z tuzilishlariga ko’ra sudralib yuruvchilar bilan qushlar o’rtasidagi oraliq o’rnini egallagan. Bularga arxeopteriks deb nom beriladi. Arxeopteriksning patlar bilan qoplangan oldingi oyoqlari- qanotga aylangan, kurak suyagi qilichsimon, umrov suyaklari qo`shilib ayri suyak xosil qilgan, chanogi va ayniqsa orqа oyoqlari qushlarnikiga o’xshash bo`lib, sevkasi tutashib ketgan va to’rt barmoqli bo`lgan. Gavdasi pat bilan qoplanganligi gavda temperaturasini doimiy bo`lganligini ko’rsatadi. Shu bilan birga, arxeopterislarda sudralib yuruvchi hayvonlarga xos belgilari ham saqlangan, ya’ni shox tumshuqlari bo’lmagan jag`larida tishlari bo`lgan, uzun dum umurtqalari bo`lib, ko`krak toji suyagi taraqqiy yetmagan, oldingi oyoqning barmoqlari yaxshi rivojlanmagan, murakkab dumg’oza xosil bo’lmagan.
Arxeopteriksning tuzilishi shuni ko’rsatadiki, bular daraxtda yashovchi hayvonlar bo`lib, shoxdan–shoxga pattilab uchib o`tgan va parvoz qilgan. Arxeopterikslarning xozirgi zamon qushlari bilan bog’lovchi gruppasi topilmagan.
Bur davrda o`ziga xos ikkita qushlar gruppasi yashaganligi ma’lum, ixtiornislar va gesperornislar. Bular tipik qushlar xisoblanadi. Shunday bo’lsa-da, bu qushlarning jag`larida tishlari bo`lgan. Ixtiornis yaxshi uchadigan qush bo`lgan, chunki uzun qanotlari va baland toj suyagi yaxshi rivojlangan, gesperornisda esa toj suyagi va qanot yo`q, qanotdan faqat yelka suyagining rudimenti saqlanib qolgan, suvda suzib xayot kechirgan.
Uchlamchi davra tipik qushlar paydo bo`ladi va bular hozirgi zamon qushlariga juda yaqin bo`lgan. Chunki bu davrda yopiq urug’li o’simliklar va xasharotlar juda ko`payadi, bu esa xashoratxo’r mevaxo’r va donxo’r qushlarning nixoyatda ko`payishiga sabab bo`lgan.


Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin