TATU SAMARQAND FILIALI DIREKTORI F.N.USMONOV A.S.KURBANIYAZOV A.R.AXMEDJONOV X.R.BOBOBEKOVA O'rnatilgan tartibda ijrosi ta'minlansin hamda Filial ichki buyruq loyihasi ishlab chiqilsin. Muddat: 12 Oktabr 2023
Z.A.KARSHIYEV Директор №10-07/890 10 Oktabr 2023
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRINING
BUYRUG*! 2023 - yil «22» sentabr 432 -son Toshkent shahri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni ijrosini ta’minlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston - 2030 strategiyasi to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida BUYURAMAN: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston - 2030 strategiyasi to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “O‘zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlaming samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha nazorat reja ilovagamuvofiq tasdiqlansin.
Vazir o‘rinbosarlari, vazirlikning tarkibiy bo‘linmalari, tizim tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini amalga oshirilishi yuzasidan:
har oyda Bosh vazir o‘rinbosarlari huzurida tanqidiy ko‘rib chiqilishi; har chorakda Hukumat majlislarida muhokama qilib borilishi; har yarim yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hisobot taqdim qilinishini inobatga olgan holda, mazkur Farmonda belgilangan tegishli topshiriqlaming ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlasin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari boshliqlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga “O‘zbekiston - 2030” strategiyasining hududlar kesimida ijro etilishi bo‘yicha har chorakda axborot berilishi yuzasidan shaxsan javobgar ekanliklari kobrsatib outilsin.
Axborot xizmatlari bo'iimi (N.Abduqunduzova) mazkur Farmonda belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan tadbirlami ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borilishini ta’minlasin.
Strategik rejalashtirish va metodologiya bo‘limi (G.Ayubov) mazkur Farmon ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni umumlashtirib borsin.
Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari K.Karimov va Vazir kotibiyati boshlig‘i Sh.Ergashev zimmasiga yuklatilsin.