A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar


 Investitsion loyihalarni baholash muammolari



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/115
tarix16.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#182629
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

10.3. Investitsion loyihalarni baholash muammolari
Hozirda Uzbekiston Respublikasi hududida ishlab turgan chet ellik tashkilotlar
vakolatxonalarining biznesga texnikaviy yordam berish va qo’llab-quvvatlash
salohiyatidan tuliqrok foydalanish imkoniyatla ri mavjud. Masalan, nemis iqtisodiyoti
vakolatxonasida zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari, uskunalar ishlab
chikaradigan firmalar rekvizitlari buyicha axborotlar olish mumkin. Bundan tashqari,
katta ekspertlar jamiyati marketing sohasi, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi ishlab
chiqarish menejmenti buyicha nemis mutaxassislarining bepul maslahatlarini tashkil
etadi. GTZ, ICE, TIKA, JICA va xokazolardagi xuddi shunga uxshash
mutaxassislarning moliyaviy va tashkiliy yordamlaridan foydalangan holda chet elda
eksport mahsulotini reklama qilish va olg’a siljitish buyicha ko’rgazmalar,
shuningdek o’quv seminarlari tashkil etish mumkin.
Hozir O’zbekistonda moliya bozori etarlicha rivojlanmaganligi sa babli,
loyihaviy moliyalash ko’pchilik hollarda bank kreditlashi shaklida amalga
120


oshirilmokda. Bunda jahonda keng yoyilgan boshqa usullar - qimmatli qog’ozlar
chiqarish (o’z kapitali), investitsiya fondlari, bank konsortsiumlari, nafaqa
jamg’armalari, lizing kompaniyalari va boshqalardan etarlicha foydalanilmayapti.
Qator afzalliklarga, shu jumladan, soliq sohasida imtiyozlarga ega bo’lgan lizing
investtsiya loyihalarini moliyalashning keng tarqalgan usullaridan biridir, lekin u hali
etarlicha rivojlangani yo’q. O’zbekistonda loyihaviy moliyalash korxonalarning,
ayniqsa, kichik biznes korxonalarining o’z mablag’lari etishmasli gi, shuningdek
tijorat banklari beradi gan kreditning narxi amalda barcha tur dagi mahsulotlar ishlab
chiqarishdagi uning moliyaviy samarasidan yuqoriroq ekanligi tufayli muammolar
paydo bo’lmoqda. Hozirgi paytda investitsiya loyihasi qarz mablag’lari
qaytarilishining o’rtacha muddati 5-8 yildir. Eksportga yo’naltirilgan loyihalar
ustuvor deb topilganligi sababli, loyihalarning katta qismi raqobatbardosh mah
sulotlar chiqarish imkonini beradigan zamonaviy yuqori unumli texnologiyalar va
uskunalarni joriy etish yo’li bilan amalga oshirilmokda. O’zbekistonda yangi
loyihalarni amalga oshirish uchun asosan tijorat banklarining kreditlari jalb
etilmokda. Bunda uskunaning pirovard qiymati uskunaning hisoblab chiqilgan narxi
(etkazib berish va montaj qilishni ham hisobga olgan holda), kredit liniyalari eksport
sug’urta mukofotining qiymati, kredit uchun to’lanadigan foizlar, mahsulot etkazib
beruvchi firmalar xizmatlarining qiymati, investitsiya davridagi foizlar va bank
komissiyalari, shuningdek uskunalarni sug’urtalash qiymatidan tarkib topadi.
Loyihani
baholashda
ushbu
loyihani
taklif
etuvchi
kompaniyaning
moliyaviy-iqtisodiy tahlili zaruriy komponent bo’ladi. Kompaniyaning layoqati va
barqarorligiga ishonch hosil qilgandan keyingina loyihaning o’zini tahlil qilish va
uning moliyalash to’g’risida qaror qabul qilish mumkin bo’ladi.
Investitsiya kiritish asosida kelajakda foyda olish ko’zda tutiladi. Buning uchun
albatta, puxta o’ylab ish tutish lozim. Dastlab investitsiya kiritish loyihasi tuzib
olinishi shart. Har qanday loyiha tuzish asosida albatta, bir qancha fikrlar majmuasi,
nazariy yoki amaliy tadqiqotlar asosida malakali konstruktorlarni yangi mahsulot va
texnologiyalarni yaratishga undaydi. Bunday fikrlarni albatta, mutaxassislar, olimlar
va malakali ishchi xizmatchilar bildirishadi. Fikrlar marketing tadqiqotlarida unumli
samara berishi mumkin. Shulardan real fikrlarga ko’prok e’tibor berish lozimki, bu
fikrlar quyidagi ko’rsatkichlar bilan baholanadi:
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshligi;
- foydaning o’sish darajasi;
- mahsulot hajmining ortishi;
- mahsulotni boshqa bozorlarga chiqish imkoniyati;
- mahsulotni turib qolishini kamayishi;
- foydalanilayotgan kapitalning samaradorligi;
- firma imidjining o’sishi.
Bundan ko’rinadiki, har qanday firma yoki korxonaning samaradorligini
yuqoridagi faktorlar yordamida aniqlash mumkin. Har qanday loyihalar ma’lum bir
muddatga tuzilib, vaqt o’tishi bilan o’z samarasini yo’qotadi. Investitsiya loyihalarini
baholashda yana bir doimiy asosiy o’rinda turadigan vaqtlilik omili mavjuddir. Bu
omil investitsiya jarayonining lokomotivi bo’lib hisoblanadi.
121


Shuni alohida ta’kidlash mumkinki, investitsiyalashtirish va uni moliyalashtirish
investorning talabiga muvofik o’zgarib turishi mumkin.
Investitsiyalashtirishdan oldingi o’rganish jarayonini quyidagilarga ajratiladi:
-imkoniyatlarni o’rganib chiqish;
-tayyorlov yoki loyihalashtirishdan oldingi izlanish;
-iqtisodiy-texnik izlanish.
Investitsiyaviy izlanishning oraliq farq darajalari doim shartli belgilanadi.
Investitsiyalashtirishdan oldingi kuzatish ishlarini olib borish uchun kapital
qo’yilmaning umumiy qiymatidan 0,8%-5% gacha ajratiladi. Investitsiyallashdan
oldingi
bosqichni
muddatini
aniq
belgilash
juda
murakkab
bo’lib
bu
loyihalashtirishga bog’lik bo’ladi.
Loyihalarni investitsiyalash jarayoni davomida korxona aktivlari ya’ni, o’z
mablag’lari shakllanib boradi. Shu bilan birga boshqa korxonalar bilan mahsulotlar
etkazib berish bo’yicha shartnomalar tuzilib boradi, ishchi xizmatchilarni ishga qabul
qilish jarayoni boshlab yuboriladi
Investitsiyadan foydalanish jarayonida loyihaga quyilgan investitsiyadan kelgan
samaradorlik belgilanadi.
Bu jarayonda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
-ishlab chiqarilgan mahsulotni sertifikatsiyalash;
-broker va diller aloqalarini tashkil qilish;
-loyihani iqtisodiy ko’rsatkichlari monitoringini o’tkazish.
Har qanday investitsiyani loyihalashtirish ma’lum bir darajadagi bilim va
ko’nikmalarni talab etadi. Shu o’rinda aytish joizki, har qanday investitsion loyihani
samaradorligini aniqlash uchun bu loyihani qanday fikr asosida tuzilganiga, uning
muddatiga, investitsiya miqdoriga va inflyatsiyaning darajasiga e’tiborni qaratish
lozim. Bu bilan biz investitsiya jarayonida uchraydigan bir qancha muammolarni
oldini olgan bo’lamiz.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin