A. T. G 'o fu ro V, S. S. F a y z u lla y e V, A. K. R a X im o V, B. Z o X id o V a, F. I. M a tk a r im o V


Odamsimon ajdodlarning odamga aylanishidagi jara-



Yüklə 5,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/86
tarix16.09.2023
ölçüsü5,57 Mb.
#144404
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   86
G`ofurova A.T. Antropologiya.

8. Odamsimon ajdodlarning odamga aylanishidagi jara-
yonlarning asosiy omillari quyidagilar: 1) qoTning mehnat
qurollarini yaratadigan a’zoga aylanishi; 2) ma’noli nutqning
rivojlanishi; 3) oliy nerv faoliyatining yuksak darajada rivoj­
lanishi; 4) jamiyatning vujudga kelishi; 5) ikki tomonlama
simmetriyaning vujudga kelishi; 6) tabiiy tanlanish; 7) irsiyat;
8) o‘zgaruvchanlik.
A) 1,2, 7 ,8
B) 1,2, 3 ,4
C) 4, 5, 6, 8
D) 5, 6, 7, 8
Odamzodning paydo boTishi haqidagi nazariya va tabiiy-
ilmiy dunyoqarashlar
Odam paydo boTishi nihoyatda murakkab muammolardan 
biri hisoblanib, uni organik olam evolyutsiyasidan ajralgan holda
119


tushunish mumkin emas. Bu muammo uzoq davrlardan beri turli 
xil munozaralarga, bahslarga sabab boMib kelmoqda. Turli dinlar 
odamni Xudo yaratganligi to‘g‘risida muqaddas kitoblar Tavrot, 
Injil, Qur’oni Karimdan qayd etilgan fikrlarini da’vat qilib, ilohiy 
kuch tomonidan yaratilganligini ta'kidlaydilar. Musulmonlaming 
muqaddas kitobi hisoblangan Qur’oni Karimning yettita surasida 
odamning loydan, tuproqdan, suvdan, nutfa, maniydan, bir 
parcha go'shtdan. qondan yaratilganligi haqida ta’kid lab o‘tiladi. 
Jonsiz tuproq, loy, suvdan yaratilgan odamga Xudoning inoyati 
bilan jon kiritilgan deyiladi. llm-fan esa odamning Yer yuzida 
paydo bo'lganligim ashyoviy dalillar asosida yechishga harakat 
qiladi. Biologiyaning alohida sohasi boMmish antropologiya 
inson tanasining tuzilishi, uning qanday qilib paydo boTganligi, 
takomillashib borganligi, odam gavda tuzilishining qaysi jihatlari 
bilan hayvonot dunyosiga yaqinligini aniq dalillar - faktlar 
yordamida tushuntiradi,
Odatda odamning hayvonot olamidan kelib chiqqanligi uning, 
ayniqsa odamsimon maymunlar to‘g‘risida gap ketgandako'pchilik 
ingliz tabiatshunosi, hozirgi zamon ilmiy biologiyasiga asos solgan 
olim Ch. Darvinni aybiaydilar. Shuni ta’kidlash kerakki, odamning 
hayvonot dunyosidan kelib chiqqanligi to‘g'risida likr-mulohazalar 
Darvindan ancha ilgari yashagan olimlar tomonidan ta’kidlab 
o‘tilgan.
Odamning tabiiy ravishda paydo bo‘lganligi haqidagi g‘oya 
aslida antik dunyoda yaratilgan. Chunonchi, eramizgacha VI asrda 
yashagan Anaksimandr «barcha tirik mavjudotlar dastlab quyosh 
nurlari isitgan loydan kelib chiqqan, so'ngra ularning ba’zilari 
quruqlikka tarqalib,- o‘zgargan. Odam ham shu yo‘1 bilan paydo 
boTgan» degan edi. Qadimgi yunonlaming odam paydo boTishi 
haqidagi fikrlari tub mohiyati bilan to‘g‘ri boTsa ham, ular 
hech qanday dalillarga asoslanmagan edi. Biroq tabiatshunoslar 
qadimgi vaqtlardayoq odam bilan odamsimon maymunlar orasida 
o‘xshashlik borligini e’tirof etdilar va odamsimon maymunlami 
«o‘nnon odamlari» deb atadilar.
120


IX-X asrlarda yashab ijod qilgan vatandoshimiz buyuk olim 
Abu Nasr Farobiy odam zotini aqlli jonivor deb atagan. Hayvon 
turlari o'rtasida va bir tur ichida kurash qonuniyati borligini bizning 
bobokalonimiz Ch. Darvindan qariyb 1000 yil oldin anglagan. 
Hay vonot olamida amal qiiinadigan bu qonun odamlarda vaxshiyl ik 
sifatlarini tug'dirib, turganiga e’tibomi qaratgan.
Odamning hayvonot dunyosidan kelib chiqqanligini faqat 
tabiatshunos olimlarginaemas, balki XII—
XIII asrlarda yashab Shayx 
Najmiddin Kubro va Ibn al-Arabiy ta’limotlarini o‘zaro bog‘lagan 
kubroviya mashovixlari va islom dini peshvolaridan biri bo‘lgan 
tasavvuf falsafasining yirik vakili Aziziddin Nasafiy ham o‘zining 
«Zubdat ul haqoyiq - haqiqatlar qavmog‘i» nomli risolasida tirik 
tabiat o‘lik tabiatdan paydo bo‘lganligini, o‘simliklar, hayvonlar, 
odamlar bir tarmoqdan rivojlanganligini qayd etadi va ochiqdan- 
ochiq «inson hayvon turlaridan biridir. Aynan hayvon ruhi tarbiya 
topib ta’lim va tahsil ко4rib, bilish, takrorlash, taqvo va zikr 
tu fay li 
darajalar bo‘ylab rivojlanadi va har bir daraja - martabada yangi 
ismga rnolik boiadi» deydi.
XVIII asrga kelib, maymunlarning to4liq anatomik tuzilishiga 
oid m a’lumotlar e’lon qilindi. Shunga o'xsbash fikr keyinchalik 
boshqa tabiatshunos olimlar, ayniqsa, J.B. Lamarkda ham uchraydi.
Tabiatda turlarning m aium davr ichida rivojlanishi, kelib 
chiqishini isbotlashda paleoantropologik qazilmalar va zamonaviy 
molekulyar genetik uslublar nihoyatda muhim o‘rin tutadi. 
Odamning ajdodlarini aniqlashda, albatta, ma’lum paleontologik 
va antropologik dalillarga asoslaniladi. Shunday dalillardan biri 
Janubiy Afrikadagi (Yoxannesburg) Vitvatersrand universiteti
44Odani evolyutsiyasi instituti” (Institute for Human Evolution) 
bo‘limining xodimi paleoantropolog olim Li Bergerning ko4p 
yillik ilmiy tadqiqotlari natijasi asosida varatgan "Pochti 
chelovek” (“Qariyb odam”) nomli kitobida Afrikaning janubiy 
sharqida joylashgan g‘orlar Afrikaning fenomeni, ya’ni barcha 
ajdodlarimizga hos suyak qoldiqlari aynan mana shu yerda topil- 
ganligini, odam evolyutsiyasining tarixi (3 mln yillik) mazkur g‘or-
121


larda sodir bo‘lganligini bay on etadi. Miya hajmining kattalishi 
bilan olovni 
b o ‘y s i n d i r i s h ,
ish qurollarini tayyorlashgacha bo‘lgan 
davr bu odamning evolyutsiyasidir. Bunday noyob guvoh joy faqat 
janubiy Afrikadagina uchraydi. Ming yillar ichida bu yerda 10 
minglab suyak qoldiqlari to‘plangan va eng qadimgi odamsimon 
maymun va dastlabki odamlarga oid bo‘lgan 3 ta tur aniqlangan. 
Bulardan birinchisi - Avstralopiteklar bo‘lib, ularning gavdasi, 
jag ‘i, miyasi kichik (miya qutusi hajmi ~ 380-430 sm3), qoziq 
tishlari, tirnoqlari o‘tkir bo‘lmagan, tik tura olgan va ikki oyog‘ida 
yura boshlagan, ammo tez yugura olmagan, ular taxminan 4 million 
yil ilgari yashagan va 2,5-3,5 million yil ilgari qirilib ketgan, ular 
tabiatda tur sifatida million yil hayot kechirgan xalos [4].
Eng qadimgi odamsimon maymun ilk bor amerikalik pale- 
oantropolog Donald Yoxanson tomonidan 1974-yilda aniqlangan 
bo‘lib, 
bu topilmani (kalla, jag‘, chanoq suyaklari, tishlari) 
“Avstralopitekus afarensis” (Australopithecus afarensis) va yan­
gi tumi “Lyusi” deb nomladi. Bu haqiqiy yangilik edi. Avstro- 
lopiteklaming ko‘p xususiyatlari maymunlamikiga o‘xshash, 
shuningdek ular singari hulq atvorga ega bo‘lganlari bilan ikki 
oyoqlab yurishlari natijasida, ularning oldingi oyoqiari yoki qo‘llari 
ozod bo‘lgan. Buning natijasida narsa va buyumlarni ushlashga 
hamda yaxshi ozuqalarni topishga imkon tugMlgan.
Bu haqda yirik genetik va evolyutsionist olim F.X. Ayala 
shunday fikr bildiradi: ikki oyoqlab yurish juda muhim, chunki 
bu odamga aylanishdagi birinchi qadamdir. Odam ajdodlarining 
maymunlardan farqlanadigan xususiyati ham ikki oyoqlab yurishi- 
dadir. Afarensisning miyasi, odamnikiga o‘xshash darajada rivojla- 
nishga ulgurmagan, miya qobiliyati mehnat qurollarini yasashga 
yetarlicha emas edi, ammo toshni olib u yordamida biron-bir narsani 
parchalay olgan. Bu jarayonda tabiiy tanlanish muhim ahamiyat 
kasb etgan. Uning xulq-atvorlari maymunlarnikiga o‘xshash, gapira 
olmagan, shuning uchun u hozirgi kunda faqat maymun sifatida 
qabul qilinadi.
122


Ikkinchisi hay rati i qazilma dastlabki odam Homo erectus 
skeleti boiib, u 1984-yilda Sharqiy Afrikaning Keniya davlati 
hududidagi Turkan (Rudolf) orollarining sohilidan topilgan. Uning 
o ‘ziga xos xususiyati ulkan kalla suyagidir, bu suyak Afarensis 
kalla suyagiga nisbatan ikki hissa katta boigan. Uning miyasi 
odam miyasining 2/3 qismiga teng. U bundan 1,5 million yil ilgari 
paydo boigan. Uning miyasi odamning miyasiga nisbatan 3 hissa 
kichik, lekin u anjomlarni tayyorlash va olovdan foydalanishga 
o ‘rgangan. Tabiatda mavjud turli buyumlami ishlatishdan ongli 
qurol tayyorlashga o‘tish bu rivojlanishning maymun darajasidan 
odam darajasiga о‘tish demakdir.
Homo erectus (tik yuruvchi odam) tabiatda eng kamida
2 million yil yashagan va shu vaqt ichida uning miyasi 20% ga 
oshganligi bilan o‘z ifodasini topdi. Lekin shunday katta miya va 
mehnat kurollariga ega b o ia turib, yashash uchun kurashda mag‘lub 
bo‘ldi. Afrika tekisliklarida daslabki odam yiitqich hayvonlarning 
tajovuzidan va dah shall i chaqmoqlar chaqib yong'inlar (to‘xtatib 
bo‘lmaydigan)ning tez-tez yuzaga keJishidan doimiy qo‘rquvda 
yashagan, uning asosiy dushmani leopard boigan. Shuningdek, 
tik yuruvchi odamlar davrida kuchli sbamol va yomg‘irlar ham 
juda ko'p kuzatilgan. Tabiiy tanlanish oqibatida bu tur qirilib 
ketgan. Lekin Homo erectusda haqiqiy odam uchun xos qirralar 
vo‘q edi. Katta miya, is’tedod va masala yecha olish qobiliyatlari 
mavjud emas edi. Bularning hammasi aqilli odam dastlabki Homo 
sapiensda mujassamlashgan.
Va nihoyat, uchinchi tur bizning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajdodimiz 
dastlabki Homo sapiens hisoblanib, Afrika tekisliklari bo‘ylab 200 
ming yil ilgari yashagan va yurgan. U miyasining o‘lchamiga ko'ra 
haqiqiy odamga o‘xshash xulq-atvorga ega boTmagan va hozirgi 
odam qiyofasini namoyish etmagan. Lekin bundan 60 ming yil 
ilgari Homo sapiens keskin o'zgara boshladi. Ularda gaplashish 
ya’ni nutq, atrof-muhitni o‘zgartirish va ijodkorlik qobiliyati, 
tasviriy sa’nat rivojlana boshladi.
123


Antropologlar bunday holatni katta sakrash deb nomladilar. 
Buni oddiy odamning zamonaviy odamga aylanishidagi o‘tmish 
davri deb ham atash mumkin. Lekin Homo sapiensni nima majbur 
qildi bunday o‘tmishga? Bizni nima majbur qildi ekan, oddiy g‘or 
odamlaridan zamonaviy eng rivoj langan odamlaxga aylanishimizga?
Balki kuchli halokat yuz berib, buning natijasida aqilliroq eng 
kuchli baqquwat atrof-muhitga tez moslasha oladigan odamlargina 
yashab qolgandir. Buni tushinish uchun yana o‘tmishga yo‘l 
olamiz. Balki qadimgi odamlaming hozirgi odamlarga aylanishiga 
vulqonning otilishi sabab bo‘lgandir?
74 ming yil ilgari ulkan dahshatli vulqonning otilishi 
Indoneziyada ro‘y bergan. U halokatli oqibatlarga sababchi 
bo‘lgan. Yer yuzida iqlim tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan harorat 
pasaya boshlagan. Yevropa va Xitoyning muayyan qismlari kashf 
etilmagan holatga keladi. Biroz vaqt o‘tgach tosh davri boshlanadi. 
Afrikada esa havo deyarli sovimadi, issiq va undan-da qurg‘oqchil 
holatga keldi. Shunday dalillar borki, odamlar yashaydigan 
ko‘pchilik savannalar quriy boshlab, cho‘llarga aylangan. Suv va 
ozuqa tobora kamaya boshlagan.
Olimlaming fikriga ko‘ra, Homo sapiensning miqdori xatarli 
darajada kamaygan. Ularning soni yo‘qolib borayotgan turlaming 
soni singari kamaya boshlagan. Hisob kitoblarga ko‘ra, ularning 
soni bir necha mingdan iborat bo‘lib qolgan, ehtimol 1-2 ming 
kishidan oshmagan.
Olimlar buni “populyatsiya inqirozi” kishilik irqining kama- 
yishi va qisqarishi deb nomladilar. Iqlimning o‘zgarishi odamlami 
o ‘ldirishi mumkin edi, lekin u odamning shakillanishiga imkon 
yaratdi. Yashab qolgan odamlarda ko‘p narsa o‘zgara boshladi. 
Ular mehnat qurollarini yangidan yasay boshladilar, tasviriy sa'nat 
yuzaga kela boshladi. Balki, haqiqiy sintaksis so‘zlashuv ham, 
zamonaviy odam ham aynan shu davrga kelib shakllana boshlagan 
faqat aqillilargina yashab qolgan.
Dastlabki tasviriy sa’nat vulqon otilishidan so‘ng yuzaga 
kelgan. Bu sa’nat asarlaridan bilish mumkinki, odamlar nafaqat
124


chizganlar, o‘ylaganlar, balki o‘z fikrlarini bildirishga ham harakat 
qilganlar, ma’lumki sa’natimizning yoshi 40 ming yilga teng.
Olim laming fikricha, ular tildan foydalanganlar, aynan 
“populyatsion inqirozgina” odam uchun xos xususiyatlami yuzaga 
chikishiga imkon bergan.
Zamonaviy odamlar bundan 50-60 ming yil ilgari paydo bo‘la 
boshladilar. Bu muliim voqea edi. Ular kelajak haqida o‘ylashar, 
rejalashtirar, o‘zaro muloqotda bo‘lib Yer yuzidagi boshqa jon- 
zotlarga nisbatan yuqori pog‘onaga ko‘tarila oldilar.
Bu qachon va qaysi vaqtda ro‘y berdi? Buni bilish uchun dok- 
tor Spenser Uells (Spencer Wells) genetik tadqiqotlar natijalariga 
va tarixiy manbalarga murojat etib, bulaming siri odam xromosoma 
(gen)larida saqlanganligini aniqladi.
Doktor S.Uells o‘tmishni izlash maqsadida Yer yuzini ay- 
lanib chiqdi. U о 4a izolyatsiyalashgan jamoalami izladi va 
qon namunalarini yig‘di, ularning DNK strukturasini o‘rgandi. 
U genetik kodning mikroskopik o‘zgarishlarini qidirib, ya’ni 
mutatsiyalar (DNK)ni nusxalashtirish (kopiya) jarayonidagi kel- 
gusi avlodga berilayotganda yig‘ilgan mutatsiyalami o‘rganadi. 
Qon namunalarini doktor S.Uells va uning kasbdoshlari tahlil 
qilishlari natijasida olamshumul yangilik qildilar. U dalillarga 
asoslanib, odamlarning umumiy ajdodi mavjud ya’ni “populyatsiya 
inqirozini” boshidan kechirgan odamlar bir joy da yashagan bir 
ajdoddan kelib chiqqan, degan likmi bildiradi [21, 40].
Ushbu sayyoramizdagi eng qadimgi qabilani topish uchun S. 
Uells va uning kasbdoshlari yana irisoniyatning beshigi bo‘lgan 
Afrika qit’asiga safarga chiqadilar. Ular Kalaxari cho‘lida yashovchi 
San aholisi haqida shunday asosli fikmi aytadiki, ular evolyutsion 
inqirozni boshidan kechirgan bir necha ming vakilning to‘g‘ridan- 
to‘g‘ri avlodlaridir.
Doktor Uells: har birimizning qonimizda o‘ziga xos sir bor va 
uning asosida bizning shajaramiz shakillanadi. Bu yerda o‘zimning 
uzoq qarindoshlarim bilan uchrashayotganimdan, men juda ham 
hursandman deydi.
125


San aholisi vakillari qiyofasining o‘zigina, ulami dastlabki 
ajdodlarimiz belgilarini takrorlaganidan dalolat berardi. Ularning 
qiyofasida Yer yuzidagi ko’plab irqlaming belgilari ifodalanishini 
tasvirlab shunday yozadi: Mongoloidlar yonoqlarining yon to- 
monga bo‘rtib chiqqanligi sababli valpaqroq, ko‘z shakli janubi- 
sharqiy osiyo xalqlarinikiga o‘xshash epikantus tipga yaqinroq, 
terisining ranggi qoramtirroq. Lekin eng muhimi ularning qiyofasi 
“populyatsiya inqirozi”ni boshidan kechirgan dastlabki zamonaviy 
odamlarnikiga juda o‘xshash. Aynan mana shu genetik to‘plam 
asosida inson uchun xos ijodkorlik darajasiga коЧагШЬ butun 
dunyoni o‘zgartira oldi. Olimlar populyatsion inqirozni boshidan 
kechirgan ikki ming nafar odam Yer yuzidan butunlay yo‘qolib 
ketishi mumkin edi, lekin ular tabiatning murakkab sharoitlariga 
bardosh berib moslasha olganliklari sababli birinchilardan bo"lib 
zamonaviy odamlarga aylandilar deb ta’kidlaydilar. Ularning 
avlodlari esa butun Yer yuziga tarqalib ketdi.
Bugungi Yer yuzidagi 7,8 milliarddan ortiq aholining dastlabki 
ajdodi aynan mana shular hisoblanadi.
Odamga xos xususiyatlarning rivojlanishi uchun 4 million 
yil kerak bo‘ldi. U bu vaqt mobaynida ikki oyoqlab yurishga, ish 
qurollarni yaratishga, yirtqichlar bilan olishishga, inqirozlardan 
saqlanib qolib, atrof muhitga moslasha oldi.
Qadimgi vulqonning otilishi Homo sapiens tunning deyarli 
yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelgan edi, ammo u o‘z-o‘zini qaytadan 
shakllantirdi.
Odamlardagi ijodkorlik qobiliyati ularning hayvonot dunyo- 
sidan ajralib chiqisbida asosiy turtki bo‘lgan.
Geologik nuqtai nazardan odamzodning shakllanishi to ‘rt- 
lamchi davr bilan bevosita bog'liq bo‘lgan. Ko'pchilik olimlarning 
fikricha, odamzod yerda sun’iy ravishda tayyorlangan mehnat 
quroli bilan birga paydo bo‘lgan emish. Mehnat qurollarining 
ibtidoiy odamlar tomonidan doimiy ravishda turmushda qo‘llanishi 
tabiat resurslaridan foydalanishni ularning asta-sekinlik bilan 
faollashishiga olib kelgan. Mehnat doirasi doim kengavib borgan.
126


Keyinchalik odamlar tabiat resurslaridan turmushda foydalanish 
maqsadida birlashadilar, jamoaviy ovchilik vujudga keladi. Mehnat 
qurollarini ishlab chiqish jarayoni ijtimoiy hayotga katta ta’sir 
o‘tkazadi va ijtimoiy turmush ham asta-sekin murakkablashib 
boradi.
Fanda antropogenez haqidagi barcha nazariyalardan F. Engels 
tomonidan yaratilgan jamoa bo‘lib yashash, birlashib mehnat 
qilish, ibtidoiy tuzumning ijtimoiy asoslari yuzaga keldi va uning 
fikricha, jamoasiz odamzod ham, uning aql-zakovati ham, nutqi 
ham paydo bo‘lmas edi. Faqat ijtimoiy mehnat tufayli aql-idrok, 
aql-zakovat va ular bilan bog‘liq nutq ham rivojlanib borgan. 
F.Engels bu hodisaning biologik tomoniga muayyan e’tibor ber- 
gan. U tik yurishning boshlanishi, go‘shtli ovqatning iste’mol qili- 
nishi odamzod jismining biokimyoviy jihatdan o‘zgarishiga olib 
kelganligini aytib o‘tadi. Uning bu nazariyasidan shuni tushunish 
mumkinki, yuqoridagi o‘zgarishlar odamzodning sotsial va biolo­
gik qonuniyati sintezi sanalib, shu asosda odamzod shakllangan.

Yüklə 5,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin