A. T. G 'o fu ro V, S. S. F a y z u lla y e V, A. K. R a X im o V, B. Z o X id o V a, F. I. M a tk a r im o V


Odamning paydo bo‘lishida mehnatning roli



Yüklə 5,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/86
tarix16.09.2023
ölçüsü5,57 Mb.
#144404
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   86
G`ofurova A.T. Antropologiya.

Odamning paydo bo‘lishida mehnatning roli
Odamni antropom orf hayvonlar bilan solishtirilsa, odam har 
qanday odamsimon maymundan sifat jihatdan tubdan farq qilishi 
ayon boTadi. Anatomik nuqtai nazardan tananing vertikal holatda 
boTishi, oyoqlarda yurishga moslashishi, bosh miya va kalla 
suyagining o‘ziga xos tarzda rivojlanganligi, qo‘1 tuzilishining 
o ‘ziga xosligi va boshqa bir qancha belgilar odamni maymunlardan 
ajratib turadi. Fiziologik jihatdan odamda ikkilamchi signal 
sistemasining rivojlanganligi, oliy nerv faoliyatining o ‘ziga xos 
xususiyatlari bilan ham odamlar maymunlardan farqlanadi. Lekin 
faqat anatomik va fiziologik belgilarni tahlil qilish odamning paydo 
boTish mexanizmini tushuntirib bera olmaydi. Odamning paydo 
boTishiga olib kelgan jarayon, u faqat odamga xos boTgan mehnat 
faoliyati odamning tarixiy taraqqiyotida asosiy omil boTganligini 
ko ‘rsatib beradi.
Mehnat odam bilan tabiat o'rtasida yuzaga chiqadigan jaray on 
ekanligini ko‘plab olimlar o‘z asarlarida bayon yetib o ‘tishgan. 
Odam mehnatning o ‘ziga xos xarakterli xususiyati shundaki, odam 
mehnat qurollarini o‘zi yaratadi. Birorta hay von, hattoki, tanasi eng 
murakkab tuzilgan hayvon ham bunga qodir emas. Mehnat butun 
inson hayotining asosiy sharti boTib, m a’lum m a’noda odamni 
mehnat yaratgan deb aytish mumkin. Ch. Darvin konsepsiyasiga 
amal qilib, odamning ajdodlari poda - poda boTib daraxtlarda 
yashagan yuksak darajada tuzilgan maymun vakillari edi, deb
114


e ’tirof qilishimiz lozim. Ana shu ajdodlar yerda yurish uchun 
qoTlar yordamidan voz kephib tik holatda yurishga tobora ko‘p 
o ‘rgana boshlagan paytda maymunning odamga aylanishi uchun 
hal qiluvchi qadam qo‘yiladi.
Tik hoida yurish avval qoida, keyin esa zaruriyat boTib qolgan 
savin qoT erkin qolib uning bajaradigan funksiyalari murakkablasha 
boshlagan.
Maymunlarda ham qo‘l va oyoq funksiyalari bir qadar taqsim- 
lana boshladi. Maymunlar daraxtiarga chiqayotganda oyoqlariga 
qaraganda qoTidan bir niuncha boshqacharoq foydalanadi. Bundan 
tashqari ular uy qurish, narsalami ushlash uchun qoTlarini ishlatadi. 
Shunga qaramay antropomorf maymunlaming takomillashgan 
qoTi bilan necha yuz ming yilgi mehnat tufayli mukammallashib 
borgan odam qoTi o ‘rtasida haddan tashqari katta farq bor. Birorta 
ham maymunning qo‘li eng sodda tosh qurol ham yasagan emas. 
Mehnat faoliyatini vujudga kelish jaray oni juda uzoq muddatga 
cho'zilgan. Dastlabki tosh inson qoTida pichoqqa aylanishidan 
oldin aftidan shu qadar uzoq vaqt o ‘tishi kerak ediki, bizga maTuni 
tarixiy davr buning oldida arzimas boTib qoladi.
QoT erkin boTib mehnat faoliyatining ta ’siri bilan zo‘r berib 
rivojlanayotgan paytda odamning bunyodgakelishi uchun eng katta 
qadam qo'yildi. Shu m a’noda qo‘1 mehnat tufayli tobora murakkab 
ishlarga moslashib borganligi uchun ham san’at asarlarini bunyodga 
keltira oldi. Korrelyativ o ‘zgaruvchanlik tufayli odam qoTining 
asta-sekin mukammallashib borishi va oyogTning shunga yarasha 
tik holatda yurishga moslanishi inson organizmining boshqa ham­
ma qismiga katta ta ’sir ko ‘rsatdi.
Odamsimon ajdodlarimizning birgalashib mehnat qilishi jam oa 
a'zolarining ancham ahkam jipslashuvigaolibkeladi. Maymunning 
odamga aylanish jarayonida jam oa boTib yashash muhim ahamiyat 
kasb etgan. Har qanday qurolga ega boTgan ayrim maymun yirtqich 
hayvonlar hujumiga bardosh bera olmaydi. Shu sababli ham 
maymunlargina emas, balki eng qadim va qadimgi odamlar jam oa 
boTib, yashay boshlaganlar. Shu yo ‘sinda ular yirtqich hayvonlar
115



Yüklə 5,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin