Irqlarning paydo bo‘lish vaqti va joyi
Keyingi davrda irqlarning o‘zaro yaqinligini isbotlashda
biokimyoviy metoddan foydalanilmoqda. Boshqacha aytganda turli
irqlar oqsili va fermentlarida aminokislotalar takrorlanish darajasi
aniqlandi. Bu tadqiqotl.ami.ng koVrsatishicha, barcha irqlarning
uinumiy ajdodi bundan 90-92 ming yil muqaddam yashagan,
C)‘shanda umumiy ajdod ikki tarmoqga ajralgan
Mongoloid
(bunga amerikaliklar ham kiradi) va yevropeoid — negroid (bunga
avstraloidlar ham kiradi.) Avstraloidlar o‘z qit’alariga bundan 50
ming yil muqaddam kirib borganlar. Ular taxmin qilinishicha,
irqlarning dastlabki ajdod belgilarini o‘zlarida saqlaganlar.
Yevropeoid va negroid irqlarini bir-biridan ajratish bundan 40 ming
yil muqaddam ro‘y bergan. Ular uzoq vaqt Voronej shahriga yaqin
Markio tog‘i atroflarida birga yashashgan. Bu yerda kromanyon
kalla suyagi bilan avstraloidga o’xshash kalla suyagining topilishi
bundan dalolat beradi. Avstraloidlar Avstraliyaga migratsiya qilishi
bilan birga ular Janubiy Hindiston, Shri-Lanka, Seylon, Indoniziya
va Hind okeanining boshqa orollarida o‘zlaridan “iz” qoldirganlar
(vedrlar, veddoidlar populyatsiyasi).
Mongoloid irqi ham uzoq vaqt shakllangan. Hali mongoloid
irq belgilariga toTiq ega boMmagan qadimgi ovchilar Osiyodan
Shimoliy va Janubiy Amerikaga o‘tganlar. Taxmin qilinishicha,
migratsiya Bundan 40-16 ming yillar oldin uch marotaba sodir
bo‘lgan. Oqibatda qadimgi indeyslar paydo boTgan. Bu hodisa 70
ming yil oldin ro‘y bergan degan taxminlar ham bor. “Dene” degan
qabila tili bilan 12-14 ming yil oldin yashagan Sibir aholisining
tilidagi ayrim so‘zlaming o’xshashligi buning dalilidir. Ular
eskimos va aleutlarning ajdodi hisoblanib, 9 ming yil oldin yasha
gan Eskoleutlar bilan o ‘xsbashligidir. Faqat paleotsenda migratsiya
tufayli Janubiy Amerikaga tarqalgan deb taxmin qilinadi.
Ko‘p yillardan beri antropologlar o‘rtasida turli irqlarning ke
lib chiqishini tushunturuvchi yagona fikr yo‘q. Ularning ayrimlari
136
barcha irqlar yagona ajdoddan kelib chiqqan desa, boshqalar har xil
joyda turli ajdoddan kelib ehiqqan degan filcmi himoya qiladilar.
Odam evolyutsiyasi bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar
antrapogenezda tabiiy tanlanish o'z-cf zidan chetga chiqqanligini
qayd etadilar. Lekin hozirgi odamlaming paydo bo Tish vaqtida
tabiiy tanlanish o‘z ta’sirini yo'qolrnagan. Paleolit (tosh davrining)
keyingi bosqichida Homo sapiens yer sharining turli hududlariga
tarqalishi bilan ularda irqiy belgilar tabiiy tanlanish natijasida
paydo boTa boshlagan.
Qadimgi negroid va avstraloid populyatsiyalarining
irq belgilari Afrika va Janubiy Osiyoda shakllangan. Bu yerlar
o‘ta issiq, shu bilan birga nam va quyosh nurlari kuchli bo‘1gan.
Shunga binoan ekvatorda yashagan irqlarda paydo bo‘lgan ko‘p
belgilar muhitga moslashish natijasida paydo bo‘lgan, Negroid
va avstraloidlaming terisida melanin pigmenti ko‘p boiadi. Soch,
ko‘zlari qora rangli, sochning jingalakligi, burun kataklari keng
labining qalin boTishi shular jumlasidandir.
Tabiiy tanlanish natijasida yevropeoidlarda paydo bo‘lgan
irqiy belgilarga teridagi pigmentlar boTmasligini olish mumkin.
Yevropaning shimolida retsessiv genlarga ega irqlar yashab kelib,
ko‘paya boshlaganlar. Bunga muzlik davridan keyingi shimoliy
sovuq, nam havo, quyosh nurlarining kamayishi sabab boTgan.
Shimoliy oTkalarda tarqalgan mongoloid irq vakillarida soch, ko‘z,
ayniqsa, terida melanin pegmenti kamayishi nomoyon boTadi.
Avstraloid irqi Osiyoning Janubiy-Sharqiy qismida shakl
langan. Negroidlar Afrikaning shu hududda, yevropeoidlar esa
Yevropaning 0 ‘rta Yer dengizi, Sharqiy Yevropa, G‘arbiy Osiyo
ning mo‘tadil zonalarida, mongoloid irqi esa, Markaziy Osiyoning
yarim sahro va choTlarida shakllangan. Bu davrda muzliklarning
shimoldan janub tomonga ko‘chishining oxirgi davri boTib, bunda
harorat, kuchli shamollar, chang-bo‘ronlar, dovuilar. kun va fasl
davomida quruq iqlim o‘zgarib turgan. Bu chang-to‘zonlar, qumlar
ko‘chishi ko‘zni doimo yoshlanib turishiga qovoqlari ko‘z ustiga
tushib, ko'zlarini qiyiq boTishiga sababchi boTgan.
137
Tabiiy tanlanish ta’sirining kamayishi, taxmin qilinishicha,
ibtidoiy jamoa tuzuinini paleolitdan mezolitga o‘tish davrda (bun
dan 16—12 ming yil muqaddam) ro‘y bergan.
Dostları ilə paylaş: |