Muhtasar qilib aytganda, geografik alohidalanish inson guruh-
lari differensiyalani shiga sababchi bo‘lib, irqiy belgilami taraqqiy
qilishga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Eng qadimgi, qadimgi odamlar
evolyutsiyasida tabiiy tan-
lanishning shakllantiruvchi ta’siri bir mnncha davom etgan. Ana
shu vaqtdan boshlab irqlaming paydo bo‘lishiga asos solingan.
Irqlar orasida chatishuv uzoq vaqtdan beri davom etib kel-
moqda. Biologiya fanlari doktori, antropolog M.F.Nesturx ma’lum
qilishicha Meksika aholisining 60 %, Kolumbiya aholisining 11
%
iga yaqin indeitslar bilan yevropaliklar o‘rtasidagi
nikohdan
tug‘ilgan metislardir (22, 23, 24-rasmlar). Irqlar chatishganda irqiy
belgilarning ko‘pchiligi oraliq xarakterga ega bo‘ladi.
Yuqori paleolitdan boshlanib tobora kuchayib borayotgan
irqlar orasidagi chatishuvni so‘nggi
ming yilliklarda kuchayib
borishi oraliq holdagi guruhlar sonini muttasil ortib borishiga,
har bir irqqa xos belgilami kamayib ketishiga olib kelmoqda. Shu
ma’noda toza irq tushunchasi afsona bo‘lib qolmoqda.
23-rasm. Yevropeoid va
m ongoloidlar orasidagi
kontakt tipi
24-rasm. Yevropeoid va
mongoloidlar orasidagi
kontakt tipi
140