Исследование в XXI веке февраль, 2023 г 212 turli yosh davrlarida shaxsning psixologik xususiyatlari



Yüklə 55,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix13.12.2023
ölçüsü55,71 Kb.
#175583
növüИсследование
  1   2   3   4
Absoatova Zuhra Eshmo`min qizi (1)



Международный
научный
журнал

7
(100), 
часть
1
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
февраль
, 2023 
г
212 
TURLI YOSH DAVRLARIDA SHAXSNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI 
Absoatova Zuhra Eshmo`min qizi 
Samarqand davlat tibbiyot universiteti 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada shaxsning turli yosh davrlarida o`zgarishi va 
rivojlanish, shaxsning psixologik xususiyatlari kabi tushunchalarga ta’rif berilgan. 
Shuningdek, turli yosh davrlarida rivojlanish jarayonining psixologiya va pedagogika uchun 
zarur bo‘lgan xususiyatlari ajratib ko‘rsatilgan. Bolaning individual rivojlanishi va yosh 
xususiyatlariga bog’liq o’zgarishlari keltirilgan.
Kalit so'zlar:
Xulq-atvor, xarakter, biogenik nazariya, ijtimoiy status, ontogenetik 
qonuniyatlar, shaxslararo munosabatlar,shaxs,individuallik, yetuklik, yetilish,ontogenez, 
ijtimoiylashuv. 
 
Shaxs ma`lum ijtimoiy munosabatlar sistemasida shakllangan ijtimoiy mavjudotdir. 
Har bir tarixiy davrda shaxsning o`ziga xos xususiyatlari shu davrning ijtimoiy-iqtisodiy tipi 
va tarbiya tizimiga bog`liq holda tashkil topadi va shakllanadi. Bolaning psixik rivojlanishi 
masalasi yosh va pedagogik psixologiyaning asosiy muammosi hisoblanadi. Bu muammoni 
to`g`ri hal etish yosh va pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida ham, yosh 
avlodni zamon ruhida tarbiyalashda ham ahamiyati kattadir. Xulq-atvor shakllanishida 
tarbiyaning roli katta. Ya`ni bunda tarbiya orqali bolada turli harakatlar, xarakter 
ko`rinishlari, o`ziga xos munosabatlar va shaxslararo munosabatlarda o`ziga xos 
yondashishlar shakllanadi. Bu ularning oilada olgan tarbiyasi bilan jamiyatdagi ijtimoiy 
munosabatlar ta`sirida o`z aksini topadi. Bu bir tomondan bolaning o`z ota-onalaridan 
meros sifatida o`zlashtirgan sifatlari, ikkinchi tomondan, tashqi muhit ta`siri yaqqol ko`zga 
tashlanadi. Bu muammolar ustida izlanishlar olib borgan olimlar L.Vigotskiy, J.Piaje, 
S.Rubishteyn, A.Leontiv ikkala omil rolini ham inkor qilmagan holda ijtimoiy muhitning 
yetakchi ta`siri haqidagi fikrni baravar yoqlaganlar. Chunki to`g`ri tashkil etilgan talim 
shaxsning rivojlanishi, uning o`z-o`zini anglash va o`zgalarga munosabati, bilish 
jarayonlarini hamda intellektual taraqqiyotida katta ahamiyatga ega. Har bir odam shaxs 
sifatida turlicha namoyon boladi. U o`zining xarakteri, qiziqishi va qobiliyati, aqliy 
rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji va mehnat faoliyatiga munosabati bilan farqlanadi. Bular 
shaxsning o`ziga xos xususiyatlar rivojlanib malumot bir bosqichga yetsagina mukammal, 
kamol topgan inson deyiladi.
Shaxsning ijtimoiy voqelikka, mehnatga, kishilarga, jamiyatga bo`lgan munosabati 
turlicha. Uning faollik darajasi va odob-axloq borasidagi yetukligi turlichadir. Psixologiya 
fanida yosh davrlarini tabaqalash bo`yicha qator mustaqil nazariyalar mavjud. Ular inson 
shaxsini tadqiq qilishga har xil nuqtai nazardan yondashadi va muammoning mohiyatini 
turlicha yoritadi. Ularga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalitik, 
bixevioristik nazariyalarni kiritish mumkin. Biogenetik nazariyada insonning biologik 


Международный
научный
журнал

7
(100), 

Yüklə 55,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin