часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
февраль
, 2023
г
215
Umuman psixologlar tomonidan yosh davrlarini tabaqalashtirishning puxta metologik
negizga ega bo`lgan qator nazariyalari ishlab chiqilgan. Ular
ontogenetik qonuniyatlarni
yoritishga katta hissa bo`lib qo`shildi, amaliy va nazariy muammolarni hal qilishda
qo`llanilmoqda. Shaxs xulq – atvoridagi o`zgarishlar va ularning o`ziga xos jihatlarini
shakllantirishda bolaning qiziqishlariga e`tibor berish,
mutaxassis va maslahatchi
psixologlar hamkorligi, hamda ota-ona oila a`zolarining o`zaro munosabatlarini ta`siri bilan
belgilanadi. Ayrim ota-onalar turli sabablarga ko`ra boladagi xulqni o`zgarishini va buzilishi
darajasini oshirib yuboradilar, muammolarni juda og`ir va qiyin qabul qiladilar. Ba`zi bir
ota-onalar psixologotibbiy – pedagogik maslahatga shifokor,
pedagog yoki qarindoshlari
ta`siri natijasida kelgan bo`lsalarda, o`z farzandining muammosini tan olishni istamaydilar.
Bu esa bolaning shaxs sifatida namoyon bo`lishida, xulqini boshqarishida ayrim
muammolarni yuzaga keltiradi. Shunda ulardagi qaysarlik, o`jarlik yoki bo`lmasa passiv xulq
ko`rinishlari shakllanib qoladi. Shuning uchun boladagi ijobiy xulq-atvorni shakllantirishda,
odatlarning bola faolligini taminlovchi vosita sifatida tarkib topishi uchun tarbiyani to`g`ri
tashkil etish muhimdir. Pedagogik innovatsiyalar asosida faoliyatni tashkil etish individual
va ijodiy xususiyatga ega. Shu bilan birga ta`lim va tarbiya jarayonini yo`lga qo`yishda yangi
pedagogik texnologiyadan foydalanish xulq- atvor xususiyatlardagi
ijobiy sifatlarni
shakllanishiga, umumiy va emotsional namoyon bo`luvchi odatlarni rivojlanishiga ijobiy
ta`sir ko`rsatuvchi omil bola oladi. Demak, talim-tarbiya jarayonida xulq-atvor
shakllanishining dinamikasini taminlovchi omillar intellektual
faoliyat usullarini yangi
sharoitga ko`chirish, ular o`z-o`zini boshqarish, shaxsiy o`quv motivlarini idora qilish, ichki
imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish singari holatlarga refleksiv yondashish zamiridagina
namoyon bo`ladi.
Xulosa: Turli yosh davrlarida shaxs rivojlanishida uning psixologik xususiyatlariga va
rivojlanayotgan sharoitiga alohida e`tibor qaratish kerak. Ma`lumki,
muayyan yoshdagi
bolalarning psixologik xususiyatlarini bilmay turib, ularga maqsadga muvofiq ravishda
ta`lim va tarbiya berib bo`lmaydi. Bolaning har bir yoshi o`z qiyinchiliklariga ega bo`ladi va
o`ziga nisbatan maxsus munosabatda bo`lishni talab qiladi. Ta`lim
va tarbiya jarayonida
individual munosabatda bo`lishning sharti o`quvchining psixologik xususiyatlarini har
tomonlama va chuqur bilishdan iborat. Bunda esa yosh davrlariga xos bo`lgan psixik
dunyosidan yaxshi xabardor bo`lishni, psixologik jihatdan kuzatishni to`g`ri
tashkil qila
olishni va tabiiy eksprement uyushtirishni bilishni taqozo qiladi.
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:
1. M.G.Davletshin, S.M.To`ychiyeva. Umumiy psixologiya, -T.:2002.
2. N.V.Bordovskaya, S.I.Rozum. Psixologiya va pedagogika, 2016.
3. R.Verderber, K.Verderber. Umumiy psixologiya, 2003.